Korxona iqtisodiyoti


Korxonada aylanma fondlar elementlarini tejash



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə56/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
8.3. Korxonada aylanma fondlar elementlarini tejash

Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonalarning muhim vazifalaridan biri moddiy resurslarni tejash hisoblanadi, chunki moddiy harajatlar foydaga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish harajatlarining katta qismini tashkil etadi. Foyda esa bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona hayot ta’minotining asosiy manbalaridan biridir. Moddiy resurslarini tejash manbalari va yo‘llari farqlanadi. Tejash manbalari nima hisobidan tejamga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Tejash yo‘llari (yoki yo‘nalishlari) qanday qilib, yoki qaysi chora-tadbirlar yordamida tejashga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Har bir korxonada moddiy resurslarni tejash zahiralari mavjud. Zahiralar deyilganda moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha vujudga keladigan yoki vujudga kelgan, lekin jami ishlatilmagan imkoniyatlar tushuniladi.


Moddiy resurslarni tejash zahiralarining vujudga kelishi va ishlatilishi sohasi nuqtai nazaridan ular uch guruhga bo‘linishi mumkin:
- xalq xo‘jaligi zahiralari;
- umumsanoat - tarmoqlararo;
- ichki ishlab chiqarish zahiralari (sex, zavod, tarmoq zahiralari).
Xalq xo‘jaligi zahiralariga xalq xo‘jaligi va uning barcha tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zahiralar kiradi. Chunki ular sanoat, qazib olish va tejamkor, sun’iy va sintetik xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishda taraqqiy etgan xalq xo‘jaligi nisbatlarini belgilash, yonilg‘i-energitika majmuasi strukturasini mustahkamlash; bozor munosabatlari sharoitida butun xo‘jalik mexanizmini mukammallashtirishni ta’minlaydi.
Umumsanoat - tarmoqlararo zahiralar bu shunday zahiralarki, ularning to‘planishi yetakchi sanoat tarmoqlari o‘rtasida ratsional ishlab chiqarish - iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga bog‘liq (qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati). Bu zahiralar alohida sanoat tarmoqlari va iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari bilan asoslanadi. Ulardan eng muhimlari xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega. Bu bilan birgalikda ularni amaliy to‘plash miqyoslari cheklangan va asosan o‘zaro bog‘liq sanoat tarmoqlariga yoki yirik sanoat yoki ishlab chiqarish - hududiy majmualariga tarqaladi.
Umumsanoat - tarmoqlararo zahiralariga quyidagilar kiradi: foydali qazilmalar konlari, ularni qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlash yangi samarali usullarini va ishlab chiqish tizimlarini joriy etish; sanoatda ixtisoslashuvni rivojlantirish; turli mulk shaklidagi korxonalarni tuzish va rivojlantirish; xalq xo‘jaligida va iste’molni tarmoqlarda moddiy resurslarni tejash bo‘yicha vazifalarni bajarish maqsadida boshlang‘ich mahsulot va qurilish materiallar sifatini oshirish; eng samarali xom ashyo va materiallar turlarining ishlab chiqarilishini tezkor rivojlantirish.
Ichki ishlab chiqarish zahiralariga bevosita texnika, texnologiyani va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni mukammallashtirish, mukammalroq mahsulot turlarini o‘rganish, muayyan sanoat tarmoqlarida mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatari kiradi.
Fan-texnik taraqqiyot xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Chora-tadbirlar harakteriga bog‘liq holda sanoatda va ishlab chiqarishda resurslarni tejash zahiralarini amalga oshirish asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy-iqtisodiyga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishlarga xom-ashyoni ishlab chiqarish iste’moliga sifatli tayyorlash, mashinalar tuzilishini, uskunalar va buyumlarni mukammalashtirish, tejamkor xom ashyo, yonilg‘ini qo‘llash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarning texnologik chiqindilari va yo‘qotishlarini kamaytirish va ikkilamchi moddiy resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi.
Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda xom ashyoni tejash uchun ishlov berishga u sifatli tayyorlanadi. Xom ashyoni tayyorlash usullari - koks sanoati uchun ko‘mirlarni boyitish; to‘qimachilik sanoatida jun va paxtani tozlash va standartlashtirish, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘ochlarni quritish. Ko‘mir va rudalar boyitilganda yuqori iqtisodiy samara olinadi. Masalan, shixtada temir miqdorining 1%ga oshishi pech unumdorligini 2%ga oshiradi va 20% koksni tejash imkonini beradi.
Xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - mashinasozlikda material sig‘imini kamaytirishda qora metallurgiya katta rol o‘ynaydi. Shu sababli qora metallurgiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatli va samarali metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘lishi lozim.
Mashinasozlik tarmog‘ida moddiy resurslarni tejashning barcha ishlab chiqarish - texnik yo‘nalishlarini quyidagilarga bo‘lish lozim:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar. Bu mashina, mexanizmlar va agregatlar nisbiy metall sig‘imining kamayishi bilan birgalikda ruy beradi. Ma’lumki, zamonaviy mashinasozlikda ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi - mashina va uskunalar quvvati va unumdorligini oshirish bo‘lib, uning natijasida ularning sof va nisbiy og‘irligi kamayadi, tashqi ko‘rinishi yaxshilanadi, sifati oshadi, ekspluatatsiya harajatlari kamayadi, asosiysi - mehnat unumdorligi oshadi.
2. Prokatlarning tejamli tur va shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar. Ularning ishlatilishi natijasida metall 10-20% tejalishi mumkin. Egilgan prokatlar ko‘pgina mashinasozlik tarmoqlarida samarali qo‘llanilmoqda.
3. An’anaviy qurulish materiallari o‘rnini bosadigan (o‘rinbosar) materiallar bilan almashtirish chora-tadbirlari. Mashinasozlikda qora metallar sintetik materiallar - plastik massalar, sintetik tolalar, rangli, yengil metallar bilan almashtirilmoqda. Buning asosiy maqsadi mahsulot metall sig‘imi va mehnat sig‘imini kamaytirish, pirovard mahsulot sifatini oshirish hisoblanadi.
Plastik massalar avtomobilsozlik, aviatsiya sanoatida, elektr va radio-sanoatida, uskunalar yasashda va boshqalarda samarali qo‘llanilmoqda. Qora va rangli metallarga nisbatan yengil bo‘lgan plastmassa mashina va uskunalarning nisbiy og‘irligini kamaytiradi, demak metall tejalishini ta’minlaydi. Plastmassalardan buyumlar yasalganda texnologik jarayonlar miqdori 3 - 8 marta kamayadi.
4. Mashinasozlikning tayyorlov bazasida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, avtomatlashtirilgan uskunalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Sanoatning ishlov beradigan tarmoqlarida va material list shakliga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlarda (to‘qimachilik, oyoq kiyimini tikish, list prokati ishlatiladigan mashinasozlik) bichishning ratsional yo‘llarini qo‘llash orqali materiallar tejaladi. Bu vazifani yechishda iqtisodiy-matematik usullar va elektron-hisoblash mashinalari muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ular yordamida bichishning optimal yo‘llari aniqlanadi.
Mahalliy xom ashyo va yonilg‘i ikkilamchi xom ashyo, moddiy va yonilg‘i resurslardan foydalanish, ilgari foydalanilgan xom ashyolar, asosiy va yordamchi materiallarni tiklash muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy texnik taraqqiyot sharoitida barcha tarmoqlarda mahalliy va ikkilamchi xom ashyo yonilg‘i energetika resurslarining ishlatilishi yuqori iqtisodiy samara beradi. Bu muammo hozirgi sharoitlarda yanada dolzarblashadi. Shu sababli kichik metallurgiya zavodlarini qurish xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega.
Moddiy resurslarni tejashning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: sanoat mahsuloti material sig‘imini normallashtirish va rejalashtirishning ilmiy darajasini oshirish va moddiy resurslar sarflashning texnik asoslangan norma va normativlarini joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar; yangi, samarali xom-ashyo va materiallar yonilg‘i-energetik resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakat yonilg‘i balansini mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan taraqqiy etgan proporsiyalarni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasi.
Har bir korxonada moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‘nalishi - ish joylarda bir miqdordagi xom ashyo va materiallardan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni oshirish. U ishlab chiqarishning texnik jihozlanishiga, xodimlar malakasiga, moddiy-texnik ta’minotni to‘g‘ri tashkil etishga va hokazolarga bog‘liq.
Ishlab chiqrish jarayonida yo‘qotishlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Uning hisobiga moddiy resurslarni tejash mumkin. Buning uchun mahsulotni saqlash va tashish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlash uchun yonilg‘i, xom ashyo, materiallarni maqsadga muvofiq tayyorlash, mehnat jamoasining ish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati masalalariga e’tiborini kuchaytirish lozim. Bu vazifaning yechilishiga aksionerlik xo‘jalik yuritish shakllari va korxonalarni xususiylashtirish yordam beradi.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin