Korxona iqtisodiyoti


Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə64/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining

tasnifi va tavsifi

Korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi bilan ifodalanadi. Mehnat unumdorligi korxona faoliyatining natijaviy ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, ular faoliyatning salbiy va ijobiy tomonlarini ifodalaydi.


Mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda mehnat sarfi samaradorligini ifodalaydi va vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori sifatida yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan mehnat sarfi sifatida aniqlanadi. Odatda jonli mehnat unumdorligi va ijtimoiy mehnat unumdorligi farqlanadi tushunchalari.va ko‘rsatkichlari mavjud.
Jonli mehnat unumdorligi muayyan korxonadagi muayyan ishlab chiqarishdagi ish vaqti sarfi sifatida aniqlanadi. ijtimoiy mehnat unumdorligi esa moddiy va jonli mehnat sarfi bilan aniqlanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish takomillashishi bilan ijtimoiy mehnat harajatlarining hissasi ham ortib boradi. Biroq mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat, shuningdek moddiy mehnat harajatlari miqdori pasayib borishi qonuniyatga aylangan. Shuning uchun ijtimoiy mehnat unumdorligi ortib boradi.
Mehnat unumdorligi darajasi ikkita ko‘rsatkich bilan harakterlanadi:

  1. vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish (bevosita ko‘rsatkich);

  2. mahsulot yaratishning mehnat sig‘imi (teskari ko‘rsatkich).

Bu ko‘rsatkichlar quyidagi formulalar bilan ifodalanadi:


v=V/T; t=T/V,

Bunda: v - vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish;


t - mahsulot yaratishning mehnat sig‘imi;
V - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so‘m.;
T - mahsulot ishlab chiqarishga ketgan jonli
mehnat, so‘m.
Mahsulot ishlab chiqarish - mehnat unumdorligining nisbatan keng tarqalgan va universal ko‘rsatkichidir. Mahsulot hajmi qanday birlikda o‘lchanayotganiga bog‘liq holda mahsulot ishlab chiqarishni aniqlashning natural va me’yorlangan ish vaqti shakllari bilan farqlanadi.
Ko‘pincha mehnat unumdorligi mahsulot ishlab chiqarishning natural o‘lchov birliklari yordamida ifodalanadi. Bularga tonna, metr, dona kabi birliklar kiradi. Odatda bunday birliklarda mahsulot ishlab chiqarishni o‘lchami bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga bo‘ladi.
Agar korxona yoki sex bir turdagi tovarlarning bir necha xilini va markalarini ishlab chiqarsa, unda mahsulot ishlab chiqarish shartli birliklarda aniqlanadi.
Turli mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarda mehnat unumdorligini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishni o‘lchamning qiymat shaklidan foydalaniladi.
Me’yorlangan ish vaqtidan foydalanilayotganda ishlab chiqarish me’yor-soatlarda aniqlanadi. Bu asosan natural birliklar bilan ham, pul o‘lchov birligida ham o‘lchab bo‘lmaydigan turli xil mahsulotlar yaratadigan sexlarda, uchastkalarda, guruhlarda va alohida ish o‘rinlarni baholashda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ish vaqti o‘lchov birliklariga bog‘liq holda ham farqlanadi. Ishlab chiqarish soatlik, kunlik, oylik va yillik ishlab chiqarish sifatida aniqlanishi mumkin.
Mahsulotlarning mehnat sig‘imi mahsulot birligini yaratish uchun sarflangan ish vaqtini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich mahsulot natural o‘lchov birligida ifodalangan bo‘lsa mahsulot va xizmatlarning har bir nomenklaturasi bo‘yicha alohida aniqalanadi. Agar korxona keng assortimentda mahsulotlar ishlab chiqaradigan bo‘lsa, mehnat sig‘imi mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha hisoblanadi.
Korxonalardagi mehnat unumdorligi, ya’ni korxona faoliyati bilan bog‘liqlik harajatlari bilan bog‘liq holda aniqlanishi mumkin, bu yerda baho berilganda eng avvalo qamrab olingan mehnat harajatlarining tarkibiga bog‘liq holda quyidagilar farqlanadi:

  1. asosiy ishchilarning mehnat sarflarini o‘z ichiga oladigan texnologik mehnat sig‘imi, ttex;

  2. yordamchi ishchilarning mehnat sarfini o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi mehnat sig‘imi, tyord;

  3. ham asosiy, ham yordamchi ishchilarning mehnat sarflarini o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish mehnat sig‘imi;

  4. ma’muriyat xodimlarining, xizmatchilarning va nazoratchilarning mehnat sarfini o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni boshqarish mehnat sig‘imi, tbosh;

  5. barcha kategoriyadagi sanoat-ishlab chiqarish korxonalarining mehnat sarfini o‘z ichiga oluvchi jami mehnat sig‘imi, tjam;




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin