Kadrlarni qabul qilish koeffitsiyenti (Kq) joriy davr mobaynida ishga qabul qilingan xodimlar sonining (R) shu davrdagi ro‘yxat bo‘yicha jami xodimlarning o‘rtacha soniga (R) nisbati sifatida aniqlanadi.
Kq=(Rš/P)100 (%)
Kadrlarning barqarorlik koeffitsiyenti (Kb) korxona yoki uning alohida bo‘linmalarida ishlab chiqarishni boshqarish qay darajada tashkil etilganligini baholash uchun ishlatiladi, ya’ni;
Kb=1-Rmk/R+Rê
Bunda: Rmk - Hisobot davri mobaynida korxonadan o‘z
hohishiga ko‘ra va mehnat intizomini buzgani
uchun ishdan ketgan xodimlar soni, kishi;
R - Korxonada hisobot davridan keyingi davrdagi
xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat bo‘yicha soni, kishi;
Rê - hisobot davrida yangi ishga qabul qilinganlar
soni, kishi.
Kadrlarning qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (Kq.) korxonadagi joriy davr mobaynida ishdan ketgan va haydalgan xodimlar sonini (Rmk) ro‘yxat bo‘yicha jami xodimlarning o‘rtacha soniga (R) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Kq.=(Rmk/R) 100 (%)
Korxonada mehnatni to‘g‘ri tashkil etish uchun u yoki bu ishni bajarishga qancha mehnat talab etilishini bilish zarur, boshqacha aytganda har bir xodim uchun mehnat me’yorini aniqlash kerak.
Mehnatni me’yorlash deganda hozirgi ishlab chiqarish sharoitida aniq ishni yoki operatsiyani bajarish uchun maksimum qancha vaqt ketishini aniqlash (vaqt birligida minimum qancha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini aniqlash) tushuniladi.
Korxonada mehnatni me’yorlash, mehnat va ish haqini to‘g‘ri tashkil etishning garovidir. Mehnat me’yori mavjud sharoitlarni to‘liq hisobga olgan holda hisoblanishi lozim.
Mehnatni me’yorlashning tajriba-statistik va tahliliy usullari mavjud. Tahliliy usuli nisbatan samaraliroq ya’ni maqsadliroq hisoblanadi. Bu usulda mehnatni me’yorlashga ilmiy nuqtai nazardan yondashiladi. Tajriba-statistik usulda esa murakkab holatlarni me’yorlash oldingi omil natijalari bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Tahlil usulda quyidagi qator operatsiyalar amalga oshi-riladi:
mehnat jarayonini tadqiqod qilish;
mehnat harajatlariga ta’sir qiladigan barcha omillarni o‘rganish;
operatsiya va usullar bajarilishi loyihasini takomil-lashtirish;
ishni bajarishga ketadigan vaqtni aniqlash;
me’yorlarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish.
Me’yorlashning tahlili usuli o‘z navbatida tahlili-hisob va tahlili-tadqiqot turlariga ajraladi. Analitik-hisob turida vaqtning tayyor normativlari qo‘llaniladi. Me’yorlashning analitik-tadqiqot usulida bevosita ish vaqtini o‘rganish - xronometrajdan va ish kuni fotografiyasidan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Xronometraj bu tezkor vaqt sarfining o‘rganish usulidir. Uning asosiy bosqichlari quyidagilar:
kuzatishga tayyorlanish;
kuzatish;
kuzatish natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash;
operatsiyalarning ratsional tarkibini hamda uning alohida elementlarining davomiyligini aniqlashni bildiradi.
Ish kunining fotografiyasi - bu ish vaqtini o‘rganish usuli bo‘lib, bu butun ish kuni mobaynida yoki ish kunining ma’lum qismi mobaynida ish vaqtining davomiyligini kuzatish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish vaqtiga va ishdagi tanaffus vaqtiga qaratiladi.
Shu bilan birga ish kuni fotografiyasi Kishilar soniga bog‘liq holda individual, guruhiy va ommaviy turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi fotografiyalash bosqichlaridan iborat:
kuzatishga tayyorlash - xodimlar, ularning ish o‘rinlari va ishlarning bajarilish shartlari hamda tavsifi bilan tanilishi; ishlarning elementlarini aniqlash;
ish vaqti sarflarini barchasini kuzatish ishning har bir elementining tugash vaqtini sonli va grafik usullarda qayd qilish; ishlarning bajarilgan elementlarini belgilab qo‘yish;
kuzatish natijalarini tahlil qilish - vaqt va indeksatsiyani alohida sarflarining davomiyligini aniqlash; ish vaqti sarfini guruhlash; ish vaqtining haqiqiy balansini tuzish; xodimlarni toifalar bo‘yicha ish vaqti sarfini tahlil qilish;
tadbir va xulosalar - ish vaqtidan foydalanishni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish; ish vaqtining me’yoriy balansi loyihasini ishlab chiqish; mehnat unumdorligini oshirishg imkoniyatlarini aniqlash.
Xronometraj ish kuni fotografiyasi - mahsulot birligini ishlab chiqarishga yoki bir operatsiyani bajarishga ketadigan vaqt me’yorini aniqlashda foydalaniladi. Vaqt me’yori kishi-soat yoki kishi-minutda belgilanadi.
Mahsulot birligi yoki ishni qo‘lda, qo‘l va mashinada, to‘liq mashinada bajarish uchun ketgan vaqt me’yori tarkibi quyidagi sarflarni o‘z ichiga oladi: