ty.o‘ - ish o‘rniga xizmat qilish vaqti;
tt.v - tayyorgarlik vaqti;
td.o - dam olishga va shaxsiy maqsadlarga sarflangan
vaqt;
tn.t - nazarda tutilmagan tanaffuslar.
9.2. Mehnat unumdorligi konsepsiyasi va uning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Mehnat unumdorligi iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘lib uni oshirishga butun fan-texnika-boshqaruv yutuqlari xizmat qiladi.
Mehnat unumdorligini oshirishda boshqarish tamoyil-larini ishlab chiqilishi o‘ta dolzrab hisoblanadi. Bu masalada ayrim iqtisodchilarning fikrlari mavjud. Jumladan, amerikalik iqtisodchi olim Garrington Emirsonni (1853-1931) 1912 yili chop etgan “Unumdorligini o‘n ikki tamoyili1 asarida mehnat unumdorligini oshirishning bir qator tamoyillari keltirilgan:
1. Boshqaruvning birlamchi vazifasi - aniq, va ravshan maqsadni belgilash.
2. Sog‘lom fikr yuritish, shu jumladan qo‘yilgan xatolarni tan olish va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash.
3. Professionallarning kompetentli islohatlari va takliflari asosida boshqarish jarayonini takomillashtirish.
4. Kishilar faoliyatini aniq tartibga soladigan intizom, uni nazorat qilish va o‘z vaqtida rag‘batlantirish.
5. Xodimlarga nisbatan adolatli bo‘lish.
6. Tezkor, ishonchli, haqqoniy, to‘la va doimiy hisob.
7. “Rejalashtirilgan ishni dispetcherlashtirish, dispetcherlashtirilmagan ishni rejalashtirishga qaraganda yaxshiroqdir” - degan qoidaga asosan ishni dispetcherlashtirish.
8. Mavjud imkoniyatlarni ishlatishga, topishga qaratilgan norma va jadvallar.
9. Mehnat sharoitini normallashtirish.
10. Vaqtni reglamentatsiya qilish va operatsiyalarni bajarilish usullarini standartlashtirish asosida operatsiyalarni normalashtirish.
11. Yozma standart instruksiyalarning mavjudligi.
Mehnatni unumdorligi uchun rag‘batlantirish.
Emirsonning fikricha xodimlarni tanlash asosiy omillardan biri hisoblanadi. U shunday deydi: - “Bir tamondan, intuitsiya, kuzatuvchanlik, tushunuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan, ikkinchi tamondan, fiziologik, pisixologik va antropologik ilmiy bilimga ega bo‘lgan mutaxassislardan hech bo‘lmasa bir-nechtasiga ega bo‘lish kerak. Faqat shunday mutaxassis rahbariyatga qaysi nomzodning ko‘zda tutilgan ishni bajara olishi yoki bajaraolmasligi to‘g‘risida kompetentli maslahat berishi mumkin”2.
Har qanday korxona maqsadini belgilashda, uning faoliyatini rivojlantirishda asosiy omil bo‘lgan mehnat unumdorligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. U uzoq muddatga (5, 10, 20 yilga) mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Konsepsiya lotincha “conceptio” so‘zidan olingan bo‘lib hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi qarashlar, tushunchalar hamda asosiy maqsad degan ma’noni beradi.
Mehnat unumdorligi konsepsiyasi deyilganda uni amalga oshirish maqsadida ko‘zlangan vazifalar va yo‘nalishlar majmuasini, kelajakga mo‘ljallangan gipoteziya, prognozni yoki strategik rejani tushunish mumkin.
Mehnat unumdorligi konsepsiyasi jamiyat, hudud va korxona darajasida, u yerdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni, fan-texnika yutuqlari, shuningdek, mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi boshqa tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda jamiyat har bir hudud va korxona uchun alohida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir etadi. Shu sababli, uning konsepsiyasini ishlab chiqishda bu omillarni e’tiborga olish lozim.
Hisob-kitoblarni qilishda qo‘laylik bo‘lishi uchun ularni bir nechta guruhlarga ajratish zarur bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda:
- ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar. Bunga ayrim turdagi mahsulotlar hissasining umumiy mahsulot ishlab chiqarishning hajmidagi o‘zgarishlar kiradi;
- ishlab chiqarish texnik darajasining o‘sishi. Bunga ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, uskunalarni modernizatsiya qilish, buyumlarning texnologik tavsifini o‘zgartirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom-ashyolarni tejash, yangi turdagi materiallarni va energiyani joriy etish taalluqli;
- ishlab chiqarishni, mehnatni, boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash. Bu guruhga ishlab chiqarishni (yangi texnikani joriy etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda), ixtisoslashtirish, mehnat predmetlarini kooperatsiyalashgan holda yetkazish, ishlab chiqarish boshqaruvni takomillashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtining yo‘qotishni qisqartirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqishga yo‘l qo‘ymaslik, mavsumiy ishlab chiqarishda ish davrini o‘zgartirish tadbirlari va boshqalar kiradi;
- mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi. Bunda shartli-o‘zgarmas xodimlar sonining mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki pasayishi sababli o‘zgarishi hisobga olinadi;
- tabiiy sharoitning va foydali qazilmalarni olish usulining o‘zgarishi. Bunga neft, ko‘mir va boshqa xom-ashyolarning geologik joylashishi, ularni qazib olish usullarining o‘zgarishi kabi omillar kiradi;
- tarmoq va boshqa omillar. Bir guruhga ishlab chiqarishning hududiy o‘zgarishi sababli yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga bo‘ladigan o‘zgarishlar taalluqlidir.