Igr= Igri.bMgr.haq.
Bunda áåëãèëàíèøëàð õóääè èëãàðèãè ôîðìóëàäàãèäåê, i indeksi esa muayyan ish turini va bu ish turining muayyan rassenkasini bildiradi.
Vaqtbay ish haqida ishchi ishlangan ish miqdoriga bog‘liq holda pul mukofotini oladi. Ammo mehant oddiy va murakkab, yuqori va past malakali bo‘lishi mumkinligi sababli mehnatni me’yorlash zarur bo‘lib, u tarif tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimining quyidagi tarkibiy elementlari mavjud:
- tarif stavkasi - vaqti birligi uchun turli xil ishchi guruhlari va toifalarining mutloq ish haqi miqdori. Minimal tarif stavkasi, yoki birinchi razryadli tarif stavkai boshlang‘ich asos hisoblanadi. U oddiy mehnat to‘lovi darajasini belgilaydi. Tarif stavkasi soatbay, kunbay bo‘lishi mumkin;
- tarif setkalari malaka darajasiga bog‘liq holda ish haqidagi nisbatlarni belgilash uchun xizmat qiladi. Bu tarif razryadlari va ularga mos tarif koeffitsiyentlari yig‘indisidir. Quyi razryadli tarif koeffitsiyenti birga teng qilib qabul qilinadi. Keyingi razryadlarning tarif koeffitsiyentlari mos tarif stavkalari birinchi razryadli tarif stavkasidan nisbatan necha marta ko‘pligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 dekabr 590-sonli Qarori bilan tasdiqlangan quyidagi “Mehnatga haq to‘lashni yagona tarif setkasi” amal qilmoqda. Unga ko‘ra
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona
tarif setkasi
Razryad
|
Tarif koeffitsiyenti
|
|
Razryad
|
Tarif koeffitsiyenti
|
0
|
1,000
|
|
12
|
3,012
|
1
|
1,370
|
|
13
|
3,208
|
2
|
1,475
|
|
14
|
3,412
|
3
|
1,590
|
|
15
|
3,623
|
4
|
1,714
|
|
16
|
3,841
|
5
|
1,846
|
|
17
|
4,066
|
6
|
1,988
|
|
18
|
4,297
|
7
|
2,139
|
|
19
|
4,534
|
8
|
2,299
|
|
20
|
4,774
|
9
|
2,466
|
|
21
|
5,017
|
10
|
2,641
|
|
22
|
5,265
|
11
|
2,823
|
|
|
|
Yuqorida keltirilgan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi nodavlat sektoridagi korxonalar uchun tavsiyaviy harakterga ega. Amalda nodavlat korxonalardagi ishchi-xizmatchilarni mehnatiga haq to‘lashni asoslash, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ish haqini rag‘batlantiruvchi omilga aylantirish maqsadida o‘zlari mustaqil ravishda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini ishlab chiqadilar. Masalan, Samarqand tumanidagi Matlubot savdo aksionerlik jamiyatining savdo ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarni ish haqini hisoblashda kundagi mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi ishlab chiqarilgan va qo‘lanilmoqda.
Mehnatga haq to‘lash razryadlari
|
Boshlang‘ich razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari
|
|
Mehnatga haq to‘lash razryadlari
|
Boshlang‘ich razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari
|
0
|
1,00
|
|
12
|
2,32
|
1
|
1,51
|
|
13
|
2,42
|
2
|
1,55
|
|
14
|
2,54
|
3
|
1,60
|
|
15
|
2,66
|
4
|
1,65
|
|
16
|
2,80
|
5
|
1,71
|
|
17
|
2,96
|
6
|
1,78
|
|
18
|
3,13
|
7
|
1,86
|
|
19
|
3,31
|
8
|
1,94
|
|
20
|
3,51
|
9
|
2,03
|
|
21
|
3,73
|
10
|
2,12
|
|
22
|
3,97
|
11
|
2,22
|
|
|
|
Vaqtbay ish haqi ikki tizimga ega: oddiy vaqtbay va vaqtbay mukofotlash.
Oddiy vaqtbay tizimda ishchining ish haqi I mazkur razryadli ishchining soatbay (kunbay) tarif stavkasini Is mazkur davrda ishlangan vaqtga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni I=Istishchi. Oybay mehnat to‘lovida ishchining vaqtbay ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ioh
Ih= ——————
t’ishtish.soat.haq
Bu yerda: Iox - oylik vaqtbay ish haqi, so‘m;
t’ishchi - mazkur oyda grafik bo‘yicha ishchi soatlar
soni;
t i.s.h - ishchi tomonidan haqiqiy ishlangan soatlar
miqdori.
Rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar uchun lavozim okladlari tizimi foydalaniladi. Lavozim okladi - egallangan lavozimga muvofiq belgilangan ish haqining mutloq miqdori. U yoki bu tizimni qo‘llashni samaradorligini oshirish uchun tahliliy hisoblar o‘tkazish zarur.
Tarif va okladlar bo‘yicha ish haqi to‘lash sharoitida tenglashtirishdan voz kechish, alohida ishchi va barcha jamoa manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish murakkabdir. Mehnatni rag‘batlantirish va tashkil etishni mukammallash-tirishning varianti hisoblangan tarifsiz ish haqi tizimini ko‘rib chiqamiz. Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida bu tizim ko‘pgina korxonalarda qo‘llaniladi. Mazkur tizim bo‘yicha direktordan ishchiga barcha xodimlar ish haqi ish haqi fondi (IXF)da ishchi ulushini ifodalaydi. Bu sharoitlarda har bir ishchining haqiqiy ish haqi bir qator omillarga bog‘liq:
- ishchining malaka darajasi;
- mehnatda ishtirok etish koeffitsiyenti (MIK);
- haqiqiy ishlangan vaqt.
Korxona ishchisining malaka darajasi mehnat jamoasining barcha a’zolariga belgilanadi va o‘tgan davr uchun ishchining haqiqiy ish haqining shu davrda korxonada vujudga kelgan minimal ish haqi darajasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalari ko‘pincha boshqa davlatlarda masalan, Rossiya federatsiyasida ishchilarni malaka darajasi (ish haqini aniqlashda) aniqlash va uni rag‘batlantirishga qaratilgan malaka darajasi tizimi keng qo‘llanilmoqda.
Bunda barcha ishchilar ishchining malaka darajasi va turli kasbdagi ishchilarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda o‘nta malakaviy guruhlar bo‘yicha taqsimlanadi (9.4.1-jadval).
Malakali darajalari tizimi malakali mehnatni moddiy rag‘batlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ishchining malaka darajasi uning mehnat faoliyati mobaynida oshishi mumkin. Mutaxassis yoki ishchini mos malakaviy guruhga kiritish to‘g‘risidagi masalani Mehnat jamoasi qo‘mitasi yoki rahbar tamonidan tayinlangan maxsus “Attestatsiya” komissiyasi hal qiladi, ya’ni koeffitsiyent belgilaydi.
9.4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |