U yoki bu shaklni qo‘llaganda ish haqi qanday aniqlanishini ko‘rib chiqamiz.
Bevosita ishbay yoki oddiy ishbay tizimda mehnat ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun hisoblar bo‘yicha to‘lanadi. Mahsulot yoki ish birligi uchun individual ishbay rassenka quyidagicha Ii.h - aniqlanadi:
Is Is Ii.h= ——— yoki ——
Ms tm
Bu yerda: Is - bajariladigan ish razryadiga muvofiq belgi-
lanadigan soatbay tarif stavkasi, so‘m/soat;
Ms - bu mahsulotni ishlab chiqarishning soatbay
normasi;
tm - mahsulot (ish) birligi uchun vaqt me’yori,
soat.
Ishchining umumiy ish haqi miqdori ishbay rassenkani hisob davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ishbay mukofotlash tizimida ishchi ish haqini bevosita ishbay ratsenkalar bo‘yicha oladi va qo‘shimcha ravishda mukofot oladi. Lekin buning uchun mukofotlash ko‘rsatkichlari aniq belgilanishi va ular har bir ijrochiga yetkazilishi lozim. Yangi qabul qilingan ishchilar bu haqda xabardor qilinishlarini nazorat qilish muhim. Bundan tashqari, bu ko‘rsatkichlarni bajarish va ortig‘i bilan bajarish uchun mukofot miqdori belgilanishi lozim. Bular quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘lishi mumkin: ishlab chiqarish unumdorligini o‘sishi; ishlab chiqarish hajmining oshishi; texnik jihatdan asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi va me’yorlangan mehnat sig‘imining kamayishi, ishlab chiqarish topshiriqlari, shaxsiy rejalarning bajarilishi; mahsulot sifati va navini oshirish; mahsulotlarni kamchiliksiz yaratish; yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik; normativ-texnik hujjatlar, standartlarga rioya qilish; xom ashyo, materiallar, instrumentlar, moylash materiallari va boshqa moddiy boyliklarni tejash.
Ko‘rsatkichlar miqdorini ko‘paytirish mumkin, u yoki bu ko‘rsatkichning qo‘llanilishi u yoki bu korxonada vujudga kelgan muayyan ishlab chiqarish shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Lekin bu ko‘rsatkichlar ro‘yxati juda katta bo‘lmasligi lozim, ya’ni besh-yettita ko‘rsatkich, undan ko‘pini ishchi esda saqlay olmaydi.
Bilvosita ishbay tizimda ishchining ish haqi u xizmat ko‘rsatadigan ishchilarga bevosita bog‘liq. Bu tizim asosiy ishchilar uchun emas, balki yordamchi ishchilar uchun qo‘llaniladi.
Bilvosita ishbay rassenka Ib quyidagicha aniqlanadi: