YAF=SST-IT
bunda, YAF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlb chiqarish
tannarxi.
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda - bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr harajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar ko‘rinishida bo‘ladi:
AFF=YAF-DX+BD-BZ
bunda, AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr harajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
- umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda - bu asosiy faolyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus harajatlar ko‘rinishida bo‘ladi:
UF=AFF+MD-MX
bunda, UF - umumxo‘jalik faoliyatdan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat harajatlari.
- soliq to‘langungacha olingan foyda - bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar ko‘rinishida bo‘ladi:
STF= UF+FF-FZ
bunda, STF - soliq to‘langungacha olingan foyda;
FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar
- yilning sof foydasi - bu soliq to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda. U soliq to‘langungacha olingan foydadan foyda (daromad) dan to‘lanadigan soliqni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi:
SF=STF-DS-BS
bunda, SF - sof foyda;
DS - foyda (daromad)dan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar
Demak, foyda korxona xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlarning harajatlardan ortiq bo‘lganligidan, ya’ni ijobiy moliyaviy natijaga erishilganidan darak beradi. Uning miqdori, asosan, ikkita ko‘rsatkichga - mahsulot narxi va uni ishlab chiqarish harajatlariga bog‘liq.
Erkin raqobat sharoitida mahsulotga narx uni ishlab chiqaruvchi yoki uni harid qiluvchining hohishiga qarab past yuqori qo‘yilmaydi. Mahsulot narxi erkin bozorning narxlashtirish qonuniyatlari ta’siri ostida, avtomatik ravishda belgilanadi.
Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori darajadagi narxlarda sotilsa va ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar pasaysa foyda massasi, tabiiy ravishda, salmoqli bo‘ladi. Har bir korxona shunday natijaga erishishga intilishadi. Chunki, foyda korxona moliyaviy resursining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy resurs qanchalik o‘sib borsa korxonaning moliyaviy barqarorligi shunchalik mustahkamlanib boradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxona sof foydasining taqsimoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bunga korxonaning mulk shakli ta’sir etadi.
Sof foyda taqsimoti quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
- aksionerlik jamiyatida dividentlar to‘lashga va rezerv kapitaliga ajratma qilinadi. Uning qolgan qismi taqsimlanmagan foyda ko‘rinishida jamiyat ixtiyorida qoladi va korxona faoliyatini rivojlantirishda (asosiy fondlarni kengaytirishda va aylanma mablag‘larni shakllantirishda) qatnashadi;
- qo‘shma korxonada rezerv kapitaliga ajratma qilinadi, uning ustaviga muvofiq ta’sischilr o‘rtasida taqsimlanadi yoki ta’sischilar qaroriga binoan korxona faoliyatini rivojlantirishga ishlatiladi;
- xususiy korxonalarda rezerv kapitaliga ajratma qilinadi va uning qolgan qismi taqsimlanmagan foyda ko‘rinishida korxona faoliyatini rivojlantirishda ishtirok etadi;
- davlat korxonalarida rezerv fondiga ajratma qilinadi, qolgan qismi esa Ustav fondiga qo‘shiladi. Ma’lumki, korxona Ustav fondi uning asosiy va aylanma fondlarini shakllantirishda muhim manba hisoblanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydaning miqdori ichki va tashqi omillardan bog‘liq.Ichki omillarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, xo‘jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejerlarning bilimdonligi (omilkorligi), mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajasi kiradi. Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarga bozor konyunkturasi, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslarning narxi, amortizatsiya normalari, soliq solish tizimi va boshqalar.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonada foydani ko‘paytirish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish lozim. Umuman olganda bunday tadbirlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
- u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha monopol o‘rinni egallashga (noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga) erishish;
- doimo o‘zgaruvchan konyunkturga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilab turish;
- raqobatbardoshlik sharoitida tovarlarning sotila olishini ta’minlash maqsadida haridorlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, tovarlar sotilgandan keyingi xizmatlar);
- mahsulot ishlab chiqarishni o‘stirish;
- mahsulot sifatini yaxshilash;
- ortiqcha uskunalar va boshqalarni sotish yoki ijaraga berish;
- mavjud moddiy resurslardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va ish maydonlaridan, ishchi kuchi va ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida mahsulotlarning tannarxini pasaytirish;
- ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;
- mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish va boshqalar.
Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun yakuniy natijani (foydani) ishlab chiqarish harajatlari yoki shnday natijaga erishishni ta’minlagan resurslar bilan taqqoslash lozim.
Dostları ilə paylaş: |