Malaka darajalari tizimi
№
|
Malakaviy guruh
|
Malaka bali
|
1.
|
Korxona rahbari
|
4,5
|
2.
|
Bosh muxandis
|
4,0
|
3.
|
Direktor o‘rinbosari
|
3,6
|
4.
|
Bo‘lim boshliqlari
|
3,25
|
5.
|
Bosh mutaxassislar
|
2,65
|
6.
|
Mutaxassislar va yuqori
malakali ishchilar
|
2,5
|
7.
|
Ikkinchi toifali mutaxassis-lar va malakali ishchilar
|
2,1
|
8.
|
Uchinchi toifali mutaxassislar va malakali ishchilar
|
1,7
|
9.
|
Mutaxassislar va ishchilar
|
1,3
|
10.
|
Malakasiz ishchilar
|
1,0
|
Mehnatga ishtirok etish darajasi korxonadagi barcha ishchilarga, shu jumladan direktorga ham belgilaydi. Rahbariyat va mehnat jamoasi qo‘mitasi tamonidan tasdiqlanadi.
Mehnat to‘lovining tarifsiz tizimida ish haqi hisobi quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:
1. har bir xodim (bo‘lim, sex, uchastka, brigada) tomonidan ishlangan ballar miqdori Bi);
Bi=Md NMIK
Bu yerda: Md - malaka darajasi;
N - ishlangan kishi-soat miqdori.
2. bo‘limning barcha ishchilari tomonidan ishlangan balar umumiy summasi Bi:
Bi = Bè
3 bitta ball to‘loviga to‘g‘ri keladigan ish haqi ulushi (so‘m) b1;
IHF
b1 = ————
Á
4. bo‘limlarni alohida ishchilarining ish haqisi IIh.
Misol, sexning bir oylik ish haqi fondi 60000 so‘mni tashkil etdi. Sex ishchilari tamonidan ishlangan ballarniQ Umumiy soni B=720.
Bir ballga to‘g‘ri keladigan IXF ulushi d=60000/720=83,3 so‘m.
Sex ishchilarining haqiqiy ish haqini hisoblash tartibi quyidagicha bo‘ladi (9.4.2-jadval).
9.4.2-jadval
Haqiqiy ish haqi hisobi
Malaka darajasi Md
|
Ishlangan kishi-soat miqdori
I
|
Mehnatga ishtirok etish ko-effitsi-yenti
MIK
|
Ballar miqdori
B
(MdIMIK)
|
Ish haqi fondi ulushi, so‘m.
d
|
Haqiqiy ish haqi
(Bd)
|
1,3
|
180,5
|
1,1
|
285,1
|
83,3
|
23663
|
2,5
|
120,0
|
0,9
|
270
|
83,3
|
22491
|
2,1
|
160
|
1,02
|
342,4
|
83,3
|
28549
|
Bu tizim bir xil malaka darajasida, razryadda IXFni taqsimlash nisbatlarini o‘zgartiradi. Bir ishchilarning ish haqisi oshishi, boshqalarniki esa kamayishi mumkin. Natijada ishchilar o‘rtasida ish haqini taqsimlashda ijtimoiy adolat ta’minlanadi, tarifli tizimda esa bunga erishish mumkin emas.
Aytib o‘tish lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishning muhim ko‘rsatkichi - mahsulot va xizmatlarni sotish hajmidir. Shuning uchun sotish hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, korxona shunchalik samarali ishlaydi va ish haqi sotish hajmiga bog‘liq holda o‘zgartirilishi mumkin. Bu boshqaruv xodimlari va yordamchi ishchilar uchun ayniqsa muhim, chunki bu ikki toifadagi ishchilar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga unchalik uzviy bog‘liq emas.
Boshqaruv xodimlari ish haqini to‘g‘irlashni taxminiy shkalasi quyidagicha bo‘lishi mumkin (9.4.3-jadval).
9.4.3-jadval.
Dostları ilə paylaş: |