Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə74/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Tayanch iboralar: mehnat, mehnat resurslari, mehnat jamoasi, mehnat munosabatlari, insoniy kapital, kadrlar, tadbirkor, kadrlar qo‘nimsizligi, mehnat taqsimoti, mehnat shartnomasi, mutaxassislar, xizmatchilar, xodimlar, mehnat jamoasi, mehnat unumdorligi, ish kuni fotografiyasi, ish vaqtini xronometraji, mehnatni me’yorlash, mehnat samaradorligi, ish haqi, ish haqi shakli, ish haqi tizimi, tarif tizimi, tarif setkasi, tarif stavkasi, tarif koeffitsiyenti.


Takrorlash uchun savollar



  1. Mehnatga ta’rif bering.

  2. Mehnat munosabatlari nimani bildiradiQ

  3. Xodimlar siyosati qanday maqsadlarga yo‘naltiriladiQ

  4. Ishchilarga nimalarga ta’minlanishi shartQ

  5. Mehnat taqsimoti nimaQ

  6. Mehnatni me’yorlash deganda qanday jarayonni tushunasizQ

  7. Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasizQ U qanday aniqlaniladiQ

  8. Mehnat unumdorligi konsepsiyasi nimaQ

  9. Mehnat unumdorligini oshirish tamoyillarini aytib beringQ

  10. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari tasnifini tushuntiring.

  11. Mehnat unumdorligini oshirish yo‘llarini ayting.

  12. Ish haqi nimaQ

  13. Ish haqi shakllari qanaqaQ

  14. Ish haqi tizimi nimalardan iboratQ

  15. Yagona tarif setkasi mohiyatini tushuntirib beringQ.

X-bob. KORXONANINING ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI, HARAJATLARI FOYDASI VA RENTABELLIGI


Reja:

  1. Harajatlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi.

  2. Foyda va uni shakllantirish manbalari, foydani taqsimlash tartibi va uni ko‘paytirish yo‘llari.

  3. Rentabellikning iqtisodiy mazmuni va ko‘rsatkichlari.

  4. Foyda va rentabellikga ta’sir qiluvchi omillar.



10.1. Harajatlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi

Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat harajatlari bilan bog‘liq. Harajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning jami harajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.


Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq harajatlarni ham amlga oshirishadi. Bunday harajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat harajatlari ham deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq korxonalarning harajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar;
- korxona umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha harajatlari;
- favqulodda zararlar.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan harajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan gruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarish moddiy harajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish harajatlarining eng yirik elementi - moddiy harajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy harajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
- mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar;
- normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlr, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi;
- sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar;
- tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog‘och taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash harajatlari;
- texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari;
- korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi harid qilinadigan energiya;
- ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
- korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq harajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish harajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash harajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy harajatlar va boshqalar).
Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslr qiymatiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar harajatlaridan qaytariladign chiqitlar qiymati hamda idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati, ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi.
“Moddiy harajatlar” elementlari bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, tarnsportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarish harajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizatsiya ajratmalari summasiga tengdir. Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasi ham kiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to‘lash bilan bog‘liq harajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:
- korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay rassenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar;
- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar (texnologik jarayon jadvalida nzarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga ustamalar va qo‘shimcha haq, ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushb sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va h.k.);
- ishlanmagan vaqt uchun to‘lov (foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash, harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar uchun mehnat haqi to‘lash va h.k.);
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Korxonlarning ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari - bu ijtimoi fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.
Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa harajatlariga quyidagilar tegishli:
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish harajatlari (ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash harajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash harajatlari; yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish harajatlari; ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq harajatlar; tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash harajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar);
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha harajatlar;
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta qilish harajatlari;
- brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish harajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish harajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to‘lanadigan nafaqalar;
- umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xrajatlar.


Davr harajatlari

Davr harajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlar va sarflar tushniladi: boshqaruv harajatlari, mahsulotni sotish harajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.


Korxonalarning sotish harajatlariga quyidagilar kiradi:
- tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish harajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari harajatlari (mehnatga haq to‘lash harajatlari; ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; savdo reklamasi harajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni navlarga ajratish harajatlari; tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi; o‘rash-joylash materiallari harajatlari; mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish harajatlari va boshqalar);
- sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha harajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan harajatlar);
- yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa harajatlar.


Boshqaruv (ma’muriy) harajatlar

Korxonalarda boshqaruv harajatlariga quyidagilar kiradi:


- boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavbusini saqlash, yollash va ijaraga olish harajatlari;
- korxonani va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish harajatlari;
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish harajatlari;
- ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa);
- shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to‘lash;
- ma’muriy - boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash;
- ma’muriy faoliyatga ega bo‘lgan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) harajatlari;
- yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar harajatlariga ajratmalar;
- xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish;
- boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yia belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha harajatlar;
- belgilangan normalar doirasida va undan ortiqa miqdordagi harajatlar;
- umumiy ovqtlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash harajatlari;
- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy harajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar.


Umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa
operatsiya harajatlari

Korxonalarning boshqa operatsiya harajatlari quyidagilardan iborat:


- kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash harajatlari (yangi tashkil etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish harajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidgi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqgan taftish harajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa harajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur harajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi;
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkazalidagan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash;
- o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan zararlar;
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish harajatlari;
- kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar (vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq va boshqalar);
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va harajatlar (qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha harajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar; xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam);
- sog‘liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va harajatlarni ham qo‘shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq harajatlar;
- vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash harajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan harajatlardan tashqari);
- bank va depozitariy xizmatlariga to‘lovlar;
- ekologiya, sog‘lomlashtrish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar;
- byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lanadign va korxona harajatlariga qo‘shiladigan maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar;
- zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolishi normalari doirasidagi va normalardan ko‘proq, bevostita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar; sud harajatlari; to‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zahiraga ajratmalar va boshqalar);
- boshqa operatsiya harajatlari.


Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar

Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq harajatlarga quyidagilar kiradi:


- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash harajatlari;
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
- o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq harajatlar;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Favqulodda zararlar

Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari harajatlar moddalaridir. Bunga davr harajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.


U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilshi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
- korxonaning odatdagi xo‘jali faoliyatiga xos bo‘lmasligi kerak;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi lozim;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlarga kiritish yoki kiritilmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda korxona faoliyat yuritayotgan sharoit ham hisobga olinadi. Masalan, korxona alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa va uning shu iqlim sharoitiga bog‘liq holda ishlamay turib qolishlari favqulodda holat deb baholanmaydi. Chunki ushbu holat “bir necha yil mobanida takrorlanmasligi kerak” degan mezonga javob bermaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi sharoitda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishi biln bog‘liq harajatlari o‘sish tendensiyasiga ega. Bunga xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya va uskunalarning qimmatlashishi, kreditdan foydalanish uchun foizlr stavkasining o‘sishi, transport xizmatlari tariflarining ko‘tarilishi, reklama harajatlarining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin