Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə67/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
0,46%+1,6%=2,06%

4. Mahsulot tannarxining pasayishi natijasida erishilgan tejam:


400,0 x 2,06
E= ———————=8,24 mln.rub.
100

  1. Mehnatga haq to‘lashning qoidalari, shartlari va

korxonada ish haqini tartibga solish

Ishchilarga ish haqi to‘lash - bu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan mehnat resurslarining narxidir. U sarflangan mehnat miqdori va sifati bilan belgilanadi, lekin unga talab va taklif, mavjud kon’yunktura, xududiy jihatlar, qonuniy hujjatlar kabi sof bozor omillari ham ta’sir qiladi. Masalan, AQShda minimal ish haqi, hamda vaqtbay stavkalar qonun bilan tartibga solinadi.


Bozor iqtisodiyotida ish kuchi bozori mavjud bo‘ladi. Unda mehnat resurslari hudud bo‘yicha siljiydi, talab bor joyda mehnat to‘planadi, taklif ko‘p bo‘lgan joylardan esa mehnat boshqa joylarga siljiydi. Bu omillar majmuasi muayyan ish haqi shakllanadi. Bozor sharoitida ish haqi to‘lash masalalari boshqa tushunchalariga asoslangan.
Sotsialistik jamiyatda mehnat qilish va dam olish huquqi davlat tomonidan kafolatlanar edi. Hozir esa bozor bu jarayonni natijalarini tan olsa ham, u susaytirilgan. Jamoa ham, alohida ishchi ham shaxsiy iste’mol uchun ular yaratgan va bozorda sotadigan ijtimoiy mahsulotning bir qismini olish imkoniyatiga ega.
Demak, iste’molchi tomonidan tan olinishi va bozor kon’yunkturasi holati - jamoa va alohida ishchining daromad darajasini aniqlaydigan ikki omil hisoblanadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchilarning keng aholi qatlamlariga bog‘liqligini oshiradi, bu bilan birgalikda yaratilgan mahsulot natijalari uchun ma’suliyatni, sifat va narx darajasini oshiradi.
Mehnat bo‘yicha taqsimlashga yondashuv o‘zgaradi. Teng ish uchun teng ish haqi asosida harajatlar, ya’ni ish vaqti soatlari soni va malaka darajasi emas, balki mehnat natijalari - bozorda mehnat mahsulotining tovar sifatida tan olinishi yotadi. Tovar sotishdan olingan mablag‘lar tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining miqdori va sifatini baholash uchun yuqori mezonga va shaxsiy daromadlarning asosiy manbaiga aylanadi.
Bozor sharoitida ish kuchi harakati kuchayadi. U bir qator omillarga bog‘liq. Bozorda tovar nomenklaturasi va sifatiga yangi talablar paydo bo‘lishi sababli korxonalar faoliyati o‘zgaradi; bir xillari yo‘qoladi, boshqalari paydo bo‘ladi. Muhim omil - migratsiya jarayonlaridir. Xodimning bitta jamoada va bitta ish joyida barqarorligi o‘tmishda qolmoqda: bozor sharoitida ishchi o‘z qobliyatlarini to‘liqroq namoyon qilish imkoniyati mavjud ish joyini izlaydi. Ammo salbiy jihatlar ham paydo bo‘ladi, ya’ni - ishonchsizlik va xavotirlanish hissi va nihoyat, eng muhimi ishsizlik imkoniyati.
Tadbirkor o‘z faoliyatida ishlab chiqarishga jalb etiladigan har bir omilni haqqini to‘laydi. U asbob, mashina, uskunalar, xom ashyoni harid qiladi va ishlab chiqarishni boshlash uchun, ish kuchini yollaydi. Mehnat uchun to‘lov - ish haqi hisoblanadi. Bir tomondan, ish haqi ishchining jismoniy va aqliy kuchlarini qoplashi lozim, boshqa tomondan - ishchi o‘z ish haqini boshqa shunga o‘xshash korxonada shunday mehnat to‘lovi bilan solishtirganda o‘zini zarar ko‘rgan deb his qilmasligi lozim. Lekin tadbirkorni tashqi xususiyatini bir qator omillar cheklaydi, ya’ni;
- davlat tomonidan belgilangn minimal ish haqi darajasi;
- tadbirkor va ishchilar jamoasi o‘rtasidagi shartnoma shartlari;
- kasaba uyushmalari talablari.
Ish haqi to‘lovini tashkil etishda tadbirkor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
- ishchilarga ish haqi to‘lash shakli va tizimini aniqlash;
- ishchilar, mutaxassislar, boshqaruvi xodimlari uchun lavozim okladlari tizimini ishlab chiqish;
- ishchilar va boshqaruv xodimlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorlarini aniqlash va mezonlarni ishlab chiqish.
Tadbirkorlar u yoki bu ish haqi shakli yoki tizimini tanlash borasida keng imkoniyatlarga ega, mukofot va rag‘batlarni aniqlashda esa ular yanada kengayadi. Lekin rahbar san’ati mavjud vositalardan muayyan korxona, bu korxonada ishlaydigan xodimlarga mos keladiganlarini tanlab olishdan iborat.
2. Ish haqi to‘lash shakllari va tizimlari turli mulk shaklidagi korxonalarda ish haqi to‘lovining ikki shakli keng tarqalgan: ishbay - har bir mahsulot birligi yoki bajarilgan ish hajmi uchun to‘lov; va vaqtbay - ishlagan vaqti uchun to‘lov, bu vaqt tarif setkasida ko‘zda tutilgan normativ bo‘yicha aniqlanadi.
Ham ishbay, ham vaqtbay ish haqini tizimi 9.4.1-chizmada ifodalangan.
Ishbay ish haqini qo‘llash quyidagilarga olib kelsa, uni qo‘llash tavsiya etilmaydi:
- mahsulot sifatining yomonlashishiga;
- texnologik rejim buzilishiga;
- uskunalarga xizmat ko‘rsatishning yomonlashishiga;
- texnika xavfsizligi talablarining buzilishiga;
- xom-ashyo va materiallarning haddan tashqari ko‘p sarflanishiga.
Vaqtbay ish haqini qo‘llash shart-sharoitlari:
- mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatining yo‘qligi;
- ishlab chiqarish jarayoni qat’iy reglamentlashtirilgan;
- ishchining vazifasi texnologik jarayonni nazorat qilishdan iborat;
- ishlab chiqarishni ko‘paytirish mahsulot sifatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Har bir korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyati, u yoki bu texnologik jarayonlar mavjudligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasiga bog‘liq hamda u yoki bu ish haqi shakli qo‘llaniladi. Masalan, agar faqat ishbay mukofotlash yoki ishbay-progressiv bo‘lishi mumkin, lekin agar akkordli tizimni qo‘llasa, samaradorlik oshadi. Bitta korxonada sexlar bo‘yicha muayyan mahsulot turini ishlab chiqarishga bog‘liq holda qo‘llaniladigan ish haqi variantlari turlicha bo‘lishi mumkin.
9.4.1-chizma

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin