Korxona iqtisodiyoti


II bob. KORXONA-MUSTAQIL XO`JALIK YURITUVCHI



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə9/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
II bob. KORXONA-MUSTAQIL XO`JALIK YURITUVCHI
BOZOR SUB’EKTI


Reja:

2.1. Korxona - bozor iqtisodiyotining xo`jalik sub’ekti,


uning maqsadi va vazifalari.
2.2. Korxona tushunchasi, belgilari, shakllari va turlari.
2.3. Korxonalar faoliyatini litsenziyalash.
2.4. Davlat korxonalarini isloh qilish.
2.5. Korxona faoliyatini iste’molchilar
talabiga yo`naltirish.



  1. Korxona - bozor iqtisodiyotining xo`jalik sub’ekti,

uning maqsadi va vazifalari

Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan bog‘liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo`l o`rmasa, o`z maqsadiga erishish yo`lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi.


Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o`zining birlamchi ehtiyojini (oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o`rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug‘ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug‘ullangan. Ushbular bilan bir qatorda insonning ijtimoiy, ma’naviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va ma’naviy resurslarga duch keladi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o`z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o`z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.



Shunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo`g‘inidir.

Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.


Ijtimoiy ishlab chiqarish1 ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo`linadi. Masalan: og‘ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko`rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o`z ichiga oladi.
Milliy iqtisodiyotni ishlab chiqarish tarkibini quyidagi (2.1.1-chizmada) chizmada ifoda qilish mumkin.
2.1.1. chizma.




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin