Жамият (давлат) хo`жалик
механизми (Х.М.)
-
Viloyatlar x.m.
|
|
Tarmoqlar, sohalar
x.m.
|
Shahar x.m.
|
|
Tuman x.m.
|
|
Turli xildagi jamiyatlar, boshqarmalar, konserinlar, korporatsiyalar va hokazolar x.m.
|
-
-
Xo`jalik mexanizmi iyeorarxik tuzilishidan qat’iy nazar uning elementlari shakl nuqtai nazardan bir xil ko`rinishda namoyon bo`lib, lekin mazmunan bir-biridan farq qiladi. Bizlarning maqsadimiz korxona xo`jalik mexanizmini mazmunini va elementlarini yoritib berish bo`lganligi uchun faqat xo`jalik mexanizmini korxona faoliyati doirasida ko`rib chiqamiz. Bizlarning fikrimizcha korxona xo`jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi.
Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, kooperativlashishi, konsentratsiyalanishi va hokazolar.
Ikkinchidan, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o`z ichiga oladi.
Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’ektlari bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo`jalik aloqalari.
To`rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag‘batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi).
Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari, ko`rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar.
Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi sotsial-psixologik omillar1.
Yettinchidan, Davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida O‘zbekiston Respublikasi davlatining iqtisodiy siyosatining asosiy negizini Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan nazariy asoslangan beshta ustuvor yo`nalishlari tashkil qiladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilarda o`z ifodasini topadi.
Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi.
Davlat bosh islohotchi.
Qonun va Konstitutsiyaning ustuvorligi.
Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish.
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o`z ifodalarini topadi va korxonaning faoliyatini yo`naltiradi.
Sakkizinchidan, konkurensiya, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari.
Korxonaning xo`jalik mexanizmi murakkab va ko`p qirrali tushunchadir. Xo`jalik mexnizmini o`rganish orqali korxona faoliyatida ro`y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo`llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Xulosa qilib aytganda korxona iqtisodiyoti fani korxonaning xo`jalik mexanizmini o`rganish orqali o`z maqsadiga erishadi. Chunki uning asosiy maqsadi:
-
Korxonada ro`y berayotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni holatiga baho berish, ularni takomillashtirish yo`llarini aniqlash va kelajagini belgilash usullarini talabalarga o`rgatishdan iboratdir.
|
Yuqoridagilardan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti fanining predmetiga ta’rif berish mumkin.
Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti - korxonada ro`y berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy, iqtisodiy shakl va usullar yig‘indisi, ya’ni korxonaning xo`jalik mexanizmidir.
-
Dostları ilə paylaş: |