Iqtisodiy fanlar tizimi
Иqтисодий назария
(Барча иqтисодий фанларнинг назарий ва методологик асоси)
Tarmoqlar iqtisodi
|
|
Umumiqtisodiy fanlar
|
|
Maxsus iqtisodiy fanlar
|
Sanoat iqtisodi
|
|
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
|
|
Moliya
|
|
|
|
|
|
Qishloq xo`jalik iqtisodi
|
|
Statistika
|
|
Marketing
|
|
|
|
|
|
Transport iqtisodi
|
|
Iqtisodiy geografiya
|
|
Menejment
|
|
|
|
|
|
Aloqa iqtisodi
|
|
Iqtisodiy tahlil
|
|
Makroiqtisod
|
|
|
|
|
|
Savdo iqtisodi
|
|
Jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
|
|
Mikroiqtisod
|
|
|
|
|
|
Ta’lim iqtisodi
|
|
Milliy iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish
|
|
Pul muomalasi, kredit va moliya
|
|
|
|
|
|
Sayyohlik iqtisodi
|
|
|
|
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
|
|
|
|
|
|
Ijtimoiy sohalar iqtisodi
|
|
|
|
Soliq va soliqqa tortish
|
|
|
|
|
|
Agrosanoat iqtisodi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-
Korxona iqtisodiyoti fani o`rganadigan mavzulari, muammolari bo`yicha va o`z tarkibi bilan iqtisodiy fanlar ichida alohida o`rin tutadi. Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki, bu fan barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Umumiqtisodiy, tarmoqlar iqtisodi va maxsus iqtisodiy fanlar o`rganadigan muammolar korxona iqtisodiyoti fanida mujassamlashgan. Birinchidan, har bir tarmoq, soha korxonalardan iborat, ikkinchi tomondan korxona faoliyatida umumiqtisodiy va maxsus fanlar o`rganadigan kategoriyalar korxonada mujassamlashgan. Bu masala korxonaning iqtisodiyotda tutgan o`rni va korxona iqtisodiyoti fanini tarkibini ko`rib chiqilsa yanada chuqurroq ayon bo`ladi. 1.1.2 va 1.1.3 chizmalarga qaralsin.
1.1.2-chizma.
Korxonaning jamiyatdagi tutgan o`rni
Иqтисодиёт
(Давлат, жамият)
Таъминотчилар
Тармоqлар, соќалар
Корхона
Истеъмолчилар
Korxona faoliyatida jamiyatning rivojlanish iqtisodiy qonunlarini ko`rinish shakllari o`z aksini topadi. Shunday ekan korxonani boshqarish asosida iqtisodiy qonunlarni talablarini sub’ektiv holda ko`ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur bo`ladi. Masalan: iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan tezroq o`sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa pul muomalasini muvozanati buzilishiga olib kelishi, ortiqcha pul vujudga kelishi, tovarlar defitsiti paydo bo`lishi kabi noo`rin hodisalar vujudga kelishi muqarrardir.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo`jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun unga mos xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko`rsatkichlar, usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normalashtirish kabilar) xo`jalik yurituvchilar o`z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.
1.1.3-chizma.
Korxona iqtisodiyoti fani o`rganadigan
masalalar tarkibi
-
Молия
бюджет
Т а ъ м и н о т
ч и
Ресурслар (моддий, меќнат, молиявий)
Корхона иqтисоди
Банк кредит солиq суђирта
Бухгалтерия ќисо-би, статистика аудит
Маркетинг ва
Логистика
ИСТЕЪМОЛЧИ
Korxona iqtisodiyoti fani yuqorida keltirilganlarni mazmuni va mohiyatini ochib beradi, ularni xo`jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o`rgatadi.
Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o`z faoliyatini muvofiqlashtirish, situatsiyalarni, jarayonlarni o`z manfaati va maqsadiga yo`naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo`llarini bilish talablarini qo`yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. Bu borada bo`lajak rahbarlar, mutaxassislar, tadbirkorlarga korxona iqtisodiyoti fanidan olgan bilimlari asqotadi degan umiddamiz.
Kursning ob’ekti, predmeti va vazifalari
Ob’ekt lotincha «objectum» co`zidan olingan bo`lib o`zbekcha narsa, buyum mazmunini bildiradi. Falsafada esa ob’ekt so`zi bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo`lmagan holda mavjud bo`lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot mazmunida hamda kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, predmet yoki shaxs ma’nosida ham ishlatiladi.
Oddiy hayotda ob’ekt korxona, tashkilot, muassasa yoki biron bir faoliyat o`tkaziladigan joy ma’nosida tushuniladi.
Har qanday fanning o`rganadigan, uning maqsadi qaratilgan ob’ekti mavjud.
Korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti iqtisodchi olimlar tomonidan har xil ta’riflanadi va ular bir-biridan mazmunan farq qiladi. V.Ya.Xripach, G.Z.Susha, G.K.Onopriyenko va boshqalar korxona iqtisodiyoti fanini ob’ektini «korxona»1 deb hisoblaydi. K.A.Raitskiy korxona iqtisodiyoti fanining ob’ektiga quyidagicha tarif beradi: «alohida xo`jalik sub’ektlarida ro`y berayotgan barcha jarayonlar va ulardan kelib chiqadiganlar»2.
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.Shvaytseralar3 madaniyat korxona iqtisodiyotining ob’ekti deb hisoblaydilar. Ularning fikricha doimiy o`zgarib turuvchi iqtisodiy reallik haqiqatda olganda boshqa hodisalar (diniy, huquqiy, badiiy, texnikaviy, tibbiy harakterdagi) bilan tig‘iz bog‘liq bo`lib, ular majmuasi (yig‘indisi) korxona iqtisodini tajribaviy asosini tashkil qiladi. Bu asosini ular milliy madaniyat deb hisoblash mumkin deydilar. Nemis olimlarining fikricha iqtisodiy muammolar va iqtisodiy atti-harakatlar madaniyat sohasi bilan to`la integratsiyalashadi. «Sanoat, korxonasi, hunarmandlik korxonasi, savdo korxonasi, bank, sug‘urta tashkiloti, davlat organi, teatr, oliy maktab, muzey yoki machitmi farqi yo`q. Bularning hammasi korxona iqtisodining ob’ekti bo`lib hisoblanadi va ular bilan bog‘liq bo`lgan iqtisodiy masalalar tadqiqot predmeti bo`lishi mumkin» deb ta’kidlaydilar.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti olimlari E.X.Maxmudov, Sh.M.Yuldoshev, S.G.Kalendarevalar korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti deb barcha mulk shakllariga mansub «Korxona to`g‘risidagi» qonun asosida faoliyat yuritayotgan kichik, o`rta va yirik korxonalar tushuniladi deb ta’kidlashadi.
Yuqorida keltirilgan korxona iqtisodiyoti fanining ob’ektiga berilgan ta’riflarga chuqur nazar solsak ularning har biri biz keltirgan «Ob’ekt» so`zini mazmuniga qandaydir yaqinligi bor. Lekin korxona iqtisodiyoti fanining ob’ektiga tarif berganda bir fikrga kelish uchun, korxona (kichik, o`rta, yirik) deganda biz ko`z oldimizga nimani keltiramiz, madaniyat degandachi, xo`jalik sub’ektidagi ro`y berayotgan jarayonlar va ulardan kelib chiqadiganlarga nimalar kiradi degan savollarni yechimini topish zarur.
Korxona, firma, muassasa deganda qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanadigan joy, bino ko`z oldimizga keladi. Binoni joylashtirilishi, qurilishi, arxitekturasi va boshqa jihatlarini ob’ekt sifatida o`rganadigan fanlar mavjud. Korxona iqtisodiyoti fanining metodologiyasi, uning maqsadi, diqqat-e’tibori korxona ichida uning faoliyatida sodir bo`layotgan iqtisodiy reallikga qaratiladi.
Madaniyat - ijtimoiy-tarixiy amaliyotda inson tomonidan ijod etilgan yoki yaratilgan (yaratilayotgan) moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasi bo`lib, ularni har xil jihatlarini o`rganadigan, unga mos fanlar mavjud (falsafa, madaniyatshunoslik, estetika, arxitektura va hokazolar).
Nemis olimlari aytgan iqtisodiy muammolar, iqtisodiy hatti-harakatlar madaniyat sohasi bilan integratsiyalashganini inkor qilib bo`lmaydi. Lekin bu hol madaniyat - korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti deb ta’kidlashga ham asos bo`la olmaydi.
Korxona iqtisodiyoti fani sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarishni texnologik jarayonini yoki teatrdagi p’esani, kinoteatrdagi filmni jihatlarini o`rganmaydi, aksincha, u korxona faoliyatini iqtisodiy jihatlarini, ishlab chiqarish hajmi, tannarx, daromad, foyda, ishchilar soni, ish haqi, harajatlari va hokazolarni o`rganadi va bular korxona iqtisodi fanining predmetidan joy oladi.
Bu xulosalar K.A.Raitskiy bergan ta’rifga ham taalluqli, chunki u bergan ta’rif («...alohida xo`jalik sub’ektlarida ro`y berayotgan barcha jarayonlar...») bo`yicha korxona fani ob’ektiga barcha jarayonlar kiritilayapti.
Haqiqatdan olganda korxona iqtisodi tajribaga asoslangan amaliy fanlar tarkibiga kirib, u har kunlik korxona faoliyatida ro`y berayotgan iqtisodiyotga oid makoniy va zamoniy dalillarni, hodisalarni va muammolarni o`rganish, tahlil qilish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini o`rganadi.
Korxona iqtisodi o`rganadigan iqtisodiy reallik inson va uning faoliyatiga bog‘liq bo`lib, u inson tamonidan vujudga keltiriladi va takomillashtiriladi. Shu sababli iqtisodiy reallik o`z tabiati bo`yicha doimiy o`zgaruvchidir.
Shunday qilib korxona iqtisodi fanining ob’ekti shundoq-shunaqa ko`rinishdagi korxona, korxonada ro`y berayotgan jarayon va madaniyat bilan chegaralanib, yoki o`z chegarasidan chiqib ketmasligi zarur. Bizning fikrimizcha uning ob’ekti - korxona faoliyatida ro`y berayotgan iqtisodiy reallikdir.
Bu yerda korxona mulk shaklidan, tarmoq va sohalaridan, katta kichikligidan qat’iy nazar ko`rilmoqda. Korxonada iqtisodiy reallikdan tashqari texnik-texnalogik, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va ma’rifiy jarayonlar, hodisalar ham ro`y beradi. Korxona iqtisodiyoti fani ularni korxonani iqtisodiy faoliyatiga ta’sir qiluvchi omil sifatida o`rganadi.
Lekin ular korxona iqtisodiyoti fanining to`g‘ridan-to`g‘ri predmetiga kirmaydi. Bu hodisalar va jarayonlar boshqa fanlarni predmetiga kiradi.
-
Dostları ilə paylaş: |