Korxona iqtisodiyoti


Korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti - korxona



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə4/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti - korxona
faoliyatida ro`y berayotgan iqtisodiy reallikdir.



Korxona iqtisodiyoti fani o`z ob’ektida ro`y berayotgan real iqtisodiy hodisalarni o`rganib, ularning ahamiyatini, holatini va kelajagini yoritib, ma’lumot berishni o`rgatishi zarur.


Shu sababli fanning ob’ekti doirasida, uning predmetini aniqlab olish, fanni o`qitishda, talabalar tamonidan uni o`zlashtirishda chuqur nazariy va amaliy ahamiyat egallaydi.
Chunki korxona iqtisodiyoti fanining ob’ekti bo`lmish iqtisodiy reallik qanday, qachon va nimada namoyon bo`ladi, hozirgi holati va kelajakda qanaqa natija beradi degan savollarga javob berish, korxona iqtisodiyoti fanining predmetini, uni o`rganadigan usullarini, maqsad va vazifalarini nazariy jihatdan asosli aniqlab berishga bog‘liqdir.
Korxona faoliyatida shakllanadigan iqtisodiy reallik (hodisalar, jarayonlar) qanday vositalar orqali vujudga keladiQ
Birinchi vosita bu inson omili, uning mehnati.
Ikkinchidan mehnat vositalari, ya’ni kapital.
Uchinchi - tabiiy resurslar, yer.
To`rtinchi omil - tadbirkorlik.
Keltirilgan to`rt omil orqali jamiyatda inson ehtiyojini qondirish uchun zarur bo`lgan moddiy va ma’naviy boyliklar yaratiladi. Bu omillar korxonada birlashtirilib, tovar va xizmat ishlab chiqarilishiga yunaltiriladi.
1.2.1-chizmada ishlab chiqarish omillarini korxonada birlashtirilishi ifoda etilgan.
B u jarayonda yer - mehnat - kapital tadbirkorlik orqali birlashtiriladi.
Ishlab chiqarish omillarini birlashishi texnik-texnologik, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va ma’rifiy jarayonlar qatori iqtisodiy jarayonlar va hodisalar ro`y beradi. Bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalar korxonaning xo`jalik mexanizmida o`z aksini topadi.
1.2.1-chizma.

Тадбиркорлик



К
а


п
и
т
а
л

Е
р


Корхона



Меќнат

Xo`jalik mexanizmi deganda takror ishlab chiqarish jarayonini (iqtisodiyotdagi barcha sohalarni) tartibga solish uchun ishlatadigan tashkiliy, iqtisodiy shakl va usullar yig‘indisini (majmuasini) tushunamiz.
Xo`jalik mexanizmining mohiyatini tushunish uchun uning tarkibiy tuzilishi va elementlarini aniqlab olish zarur.
Xo`jalik mexanizmi iyeorarxik tarkibiy tuzilish bo`yicha jamiyat, hududiy tarmoqlar va sohalar, boshqarmalar va korxona xo`jalik mexanizmlaridan tarkib topadi. 1.2.2-chizmada xo`jalik mexanizmini iyeorarxik tarkibiy tuzilishi keltirilgan.

1.2.2-chizma




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin