O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN
“KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI
Bilim sohasi:
200000
-
Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000
- Iqtisod va biznes
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Termiz – 2023
5-MAVZU:
KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH.
Reja:
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
2. Korxonalarning marketing konsepsiyasi.
3. Korxonalarda tovar va narx siyosati hamda ularning marketing tizimidagi o’rni.
Tayanch iboralar:
marketing,
bozor, bozor konyunkturasi, marketing strategiyasi,
tovar,
tovar siyosati, narx, narx siyosati, narx vazifalari, narx turlari,
bozor
muvozanati, talab qonuni, taklif qonuni, bozor konyunkturasi,
korxonalarda
qo‘llaniladigan narxlar.
1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq
faoliyat ma’nosini anglatadi. Marketing – bu bozor talabini o’rganish va
korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
Ishlab
chiqarish
va
kapitalning
yuksak
darajada
toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro
bozorda
keskin
raqobatning
vujudga
kelishi mahsulot sotish
muammosini obyektiv tarzda
birinchi
oʻringa
chiqardi.
Marketing
nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asrning
boshlarida AQShda o’sha vaqtdagi yirik kompaniyalarning o’zlari ishlab chiqargan
mahsulotlarini sotish davomida paydo bo’lgan muammolarni hal qilish yo’lida olib
borgan amaliy tadqiqotlari shaklida vujudga kelgan. 1902-yildan
boshlab
AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani
kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qitila boshlandi. 1908-yilda
AQShda
marketing
muammolarini
oʻrganadigan
birinchi
ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik
kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni
ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama,
xaridorlarga xizmat
koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan Marketing
boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-
yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi.
Marketingga berilgan ko’plab ta’ruflar mavjud. Amerika Marketing
Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunga
qadar olimlar tomonidan
marketing tushunchasiga berilgan 2000 dan ortiq ta’riflar uning ko‘p qirrali
faoliyatini to‘la-to‘kis ochib bergan. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz:
1. “Marketing – tovar, xizmat, tashkilot, hudud va g’oyalarga bo’lgan talabni
oldindan bilish, boshqarish va qondirishdir”.
Joel Evans, Barry Berman, AQSh,
1987
2. “Marketing – bu iste’molchilarning ehtiyoj va istaklarini aniqlash, bashorat
qilish va yaratish. Kompaniyaning barcha resurslarini kompaniya va iste’molchi
uchun katta foyda bilan qondirish uchun tashkil etish jarayonidir”. Berni Gudrich,
AQSh, 1960
3. “Marketing – bu takliflarni yaratish va tovarlarni (g’oyalar,
xizmatlar va
boshqalar) almashish orqali ham jismoniy shaxslar, ham guruhlarning ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan ijtimoiy boshqaruv jarayoni”. Filipp Kotler, AQSh
4.
“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida
shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga
yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Ingliz marketing instituti, 1965.