Korxona iqtisodiyoti


-rasm. Tovarning hayotiylik davri egri chiziqlari turlari



Yüklə 446,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix16.12.2023
ölçüsü446,71 Kb.
#182155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxona iqt 5-mavzu Ma\'ruza matni

5.4-rasm. Tovarning hayotiylik davri egri chiziqlari turlari. 
Fan-texnika 
taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar, 
iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab chiqarayotgan 
tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi doimo yangi va 
takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi firma bu 
talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor 
kuchini safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish 
bo‘yicha o‘z dasturiga ega bo‘lishi kerak.
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biridir. U 
oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali 
amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning 
iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari boʻyicha 


taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. 
Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining 
yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi 
iqtisodiy dastak. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidagi ayrim qarashlarda narxni 
qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning 
puldagi ifodasi deb qaralgan. XXI asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning 
miqdoriy nazariyasi asosida izohlab, narxga xarajatlar, tovarning nafliligi va 
raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir 
qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga 
boʻlgan talab va taklifga bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, 
shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa 
olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, narx 
qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi 
boʻlib, tovarning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir 
koʻrsatadi. Narx miqdori xarajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda
raqobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. 
Korxonalarda shakllanayotgan muvozanatli narxlar xo‘jalik nuqtai nazaridan 
quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
-
korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash; 
-
korxonaning davr va moliyaviy xarajatlarini hamda tasodifiy zararlarini 
qoplash; 
-
korxonaning kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan miqdorda foyda 
keltirish. 
Korxonalarda shakllangan narxlar yuqorida keltirilgan xarajatlarni qoplash 
imkonini bermasa, oxir-oqibat korxonaning faoliyatida salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Shu sababli xarajatlarni tejash orqali tannarxni pasaytirish, mahsulot sifatini 
yaxshilash orqali narxning yuqoriroq shakllanishiga erishish natijasida olinadigan 
yuqoriroq daromad olishni ta’minlash lozim. 
Bozor munosabatlari sharoitida narx quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• hisob-kitob va oʻlchov vositasi funksiyasi – narx vositasida qilingan xarajatlar, 
olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Xarajatlar mahsulot uchun 
ishlatilgan resurslar miqorini uning narxiga koʻpaytirish orqali hisoblanadi;
• ragʻbatlantirish funksiyasi – narxning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini 
oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab 
ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan 
takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va 
isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;
• raqobat vositasi vazifasi – narx raqobatchini bozordan si-qib chiqarish va 
bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni 


oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. 
Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
• iqtisodiyotni tartiblash funksiyasi – narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy 
dastak hisoblanadi. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish 
kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab ishlab 
chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab 
chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Bu esa 
resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, eski soha qisqarib, yangi 
sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali 
iqtisodiyotni tartiblaydi.
• daromadlarni taqsimlash funksiyasi – xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan 
daromadlar ular sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga 
bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va 
xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatadi. Biror mahsulotga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan 
darajada), ularning narxi, demak, ularni ishlab chiqaruvchilarning daromadlari ham 
ortadi.
Narxlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning orasida 
birinchi o‘rinda korxonaning o‘z faoliyati bilan bog‘liq omillar turadi. Korxona 
uchun narx uning daromadi, foydasi manbasi hisoblanadi, u korxonaning savdo 
hajmi va uning bozordagi ulushiga, imijiga ta’sir o‘tkazadi. Korxonalar o‘z 
tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur 
tahlil qilishlari zarur. Korxonalarda narxning shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi: 
• mahsulotning bir birligi uchun qilingan xarajatlar. Narx belgilashda tadbirkorlar 
ushbu mahsulotning bir birligi (kg, dona, litr, m
2
, metr va hokazo) uchun qilingan 
barcha xarajatlarni inobatga oladi. Tadbirkor o‘z mahsuloti narxini quyidagi 
formula orqali aniqlaydi: 
Narx = To‘liq tannarx + Ustama foyda 
Qaysi tadbirkor o‘z mahsuloti tannarxini pasaytirishga erishsa, u raqobatchilariga 
nisbatan ko‘proq ustama foydaga ega bo‘ladi yoki raqobatchilariga nisbatan 
pastroq narx belgilash orqali bozorning ko‘proq qismini egallash imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Shu orqali korxonaning raqobatbardoshligi ortadi. 
Narxning darajasi bozor munosabatlari sharoitida samarali, maqsadga 
muvofiq xarajatlarga asoslanadi, ya’ni ular narxning iqtisodiy asosini tashkil etadi. 
Har qanday xarajatlar ham samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun ma’lum bir 
miqdorgacha bo‘lgan, ya’ni maqsadga muvofiq sarflangan xarajatlargina e’tiborga 
olinadi. Narx shakllanishida ushbu maqsadga muvofiq xarajatlarga asoslaniladi, 
undan yuqori xarajatlarni bozor tan olmaydi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi o‘z 


mahsulotining tannarxi yuqoriroq bo‘lganligi uchun uni bozorda shakllangan 
narxga nisbatan yuqoriroq narxda sota olmaydi.
Xaridorlar biror mahsulotni xarid qilayotganda sifati bir xil bo’lgan holatda 
eng past narxdagisini tanlaydi, ya’ni qaysi korxona mahsulotining tannarxini eng 
past darajaga tushira olsa, uning belgilagan narxini tan oladi. Shuning uchun 
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga e’tibor berish muhim ahamiyatga 
ega. 
• bozor konyunkturasi. 
Bozor konyunkturasi 

muayyan davrdagi bozor 
holati; bozorda talab va taklif o’rtasida muvozanatning mavjudligi yoki 
buzilganligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, bozordagi raqobat darajasi ham 
bozor konyunkturasini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Shunga koʻra bozor 
konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor 
konyunkturasi talabning oshishi bilan xarakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki 
u tovarini qimmatga sotib, qoʻshimcha daromad koʻradi. Agar bozorda taklif oshib 
ketsa, konyunktura xaridor uchun qulay boʻladi 

tovarni arzonga olib, naf koʻradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat ham 
narx shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Talab qonuniga 
ko‘ra, bozorda taklif o‘zgarmagan holda mahsulotga bo‘lgan talab ortsa, 
mahsulotning narxi oshadi (5.5-rasm). 
a) b)

Yüklə 446,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin