Rasm -3. Raqbotda tutgan holati va jozibadorligini tahlil qilish uchun General Electric matritsasi7
Bozorni nisbiy ulushi
Nisbuy raqobatchilar foyda chegarasi
Narx va sifat bo‘yicha raqobat qilish qobiliyati
Bozor va iste’molchilarni bilish
Raqib kuchlar va salbiy tomonlar
Texnik imkoniyatlar darajasi
Bozor o‘lchami va o‘sish sur’ati
Tarmoq foydalilik chegarasi
Raqobat intensivligi
Mavsumiylik
Davriylik (цикличност)
Kapital qo‘yilmalarga va texnologiyaga qo‘yiladigan talablar
Atrof--muhit, sotsial, huquqiy vа demografik omillar
Mavjud imkoniyatlar va tahdidlar
Tarmoqqa kirish va chiqish to‘siqlari
Yuqori
Tarmoqning uzoq muddatli jozibadorligi
kuchsiz
o‘rta
kuchli
1-jadval
Jozibadorligini tahlil qilish
Tarmoq jozibadorligi ko‘rsatkichi
Vazni
Ulush
Tarmoqni aniq baholash
Bozor xajmi va taxminiy o‘sish
0,15
5
0,75
Mavsumiy va siklik tebranish
0,10
8
0,80
Texnologik holat
0,10
1
0,10
Raqobat intensivligi
0,25
4
1,00
Kutulajak imkoniyatlar va tahdidlar
0,15
1
0,15
Kapitalga bo‘lgan ehtiyoj
0,05
2
0,10
Tarmoq daromadliligi
0,10
3
0,30
Sotsial va siyosiy omillar, davlat tomonidan boshqariladigan atrof muhit omillar
0,10
7
0,70
Tarmoq jozibadorligini baholash
1,00
-
3,90
Jozibadorlikni baholash korparatsiya portfelida aks ettirilgan har bir tarmoq uchun alohida hisoblanadi. Tarmoq jozibadorligi darajasi matritsadagi vertikal bo‘yicha uning holatini aks ettiradi.
Har bir xo‘jalik bo‘linmasini “kuchlari/raqobatdagi o‘rni” ko‘rsatkichini miqdoriy baholash uchun, tarmoq jozibadorligini baholashda foydalanilganga o‘xshash yondashuvdan foydalaniladi.
Kuchlar/raqobat o‘rnini baholash uchun foydalaniladigan omillarga quyidagilar kiradi:
• bozorning nisbiy ulushi;
• tovar sifati bo‘yicha raqibga aylanish imkoniyati;
• bozorlar va iste’molchilarni bilish;
• nou-xou texnologiyasi muqobil;
• istalgan bosh hususiyatlarning ustunliklari ;
• menejdment darajasi va nisbiy raqobatchilarning foyda darajasi.
Analitik tahlilchiga quyidagilarni tanlash zarur bo‘ladi:
Har bir xo‘jalik bo‘linmasini yoki bir xil omillar asosida baholash (bu esa tarmoqlararo taqqoslash asosini kuchaytiradi) yoki uning tarmog‘i uchun yanada ahamiyatli omillar asosida (bu esa raqib o‘rinlari to‘g‘risida ob’ektiv xulosa qilishga imkoniyat beradi) baholashni o‘tkazishni talab etadi.
Har bir bo‘linma raqobatida kuchlar/o‘rnini baholash matritsa gorizantali bo‘yicha uning holatini aniqlaydi: aynan, u kuchli, o‘rtacha yoki kuchsiz pozitsiyaga erishganini aks ettiradi.
Tarmoq jozibadorligini va biznes kuchini baholash matritsa to‘qqiz katagidan birida joylashganini aniqlaydi. General Electric matritsasida aylanchalalar maydoni tarmoq o‘lchamiga proporsionallikni, aylanchalalar ichidagi sektor esa mazkur xo‘jalik bo‘linmasining bozor ulushini aks ettiradi.
Korporativ strategiyani ishlab chiqish uchun matritsa tahlil natijalaridan foydalaniladi.
Jozibadorlik/raqobatdagi o‘rni matritsasi tahlilini eng muhim strategik natijalari kompaniya biznesini har bir turi uchun investitsion ustunliklarni baholashga tegishli bo‘ladi. Matritsaning yuqori chap qismidagi 3 ta kataklar tamoqning uzoq muddatli jozibadorligi va biznesning raqobat o‘rni/kuchlari ijobiy bo‘lgan vaziyatdagi biznes turlari investitsiyalash uchun ustuvordir
Mazkur 3 ta katakka tushib qoluvchi xo‘jalik bo‘linmalari uchun strategik maqsad bo‘lib “o‘sish va qurish”, bunda “yuqori-kuchli” (matritsaning yuqoridagi chap burchagi) katakka tushuvchi biznes investitsiya miqdorini eng yuqori talablarini taqdim etadi.
Undan keyin ustunlik bo‘yicha matritsani o‘ng yuqori burchagida diagonal bo‘yicha chapda joylashgan 3 ta yacheykada o‘rin olgan biznes turlari turadi. Mazkur biznes turlari odatda o‘rtacha afzallikka ega bo‘ladi. Ular tarmoqda o‘z o‘rnini himoya qilish va saqlash uchun barqaror qayta investitsiyalashga loyiqdir. Lekin, shu 3 ta yacheykadan biridagi biznes noodatiy jozibadorlik imkoniyatiga ega bo‘lsa, u yanada yuqori investitsion afzallikka ega bo‘ladi va yanada agressiv stratigek yondashuvdan foydalanish uchun signal oladi.
Matritsaning o‘ng tomonidagi past burchagidagi 3 ta katakda joylashgan past burchagidagi 3 ta katakda joylashgan xo‘jalik bo‘linmaslari uchun tavsiya etiladigan strategiyalar bu odatda hosilni yig‘ish yoki o‘rinni qayta tiklash uchun yaxshi potensial imkoniyat mavjud bo‘lgan o‘ta o‘ziga xos vaziyatlarda qisqartirish, bu “qayta o‘ylab ko‘rish va qayta ko‘rish”, “inqiroz”ni ba’zi strategiyasi turlaridan foydalanish bo‘shlishi mumkin. 8 Jozibadorlik/raqobatdagi o‘rni to‘qqiz katakli matritsani 3 ta afzallik tomoni mavjud:
Mazkur matritsa “o‘sish / ulush” matritsasiga qaraganda kuchli konseptual asosga ega.