Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish Mundarija Kirish



Yüklə 261,05 Kb.
səhifə8/12
tarix21.12.2023
ölçüsü261,05 Kb.
#188818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish

Birinchidan, u “yuqori / past” va “kuchli / kuchsiz” tushuchalari o‘rtasida oraliq qiymtlarini joriy qiladi.
Ikkinchidan, u o‘zgaruvchan strategik qiymatlarni yanada keng to‘plamda foydalaniladi. BKG matritsasi faqatgina 2 ta ko‘rsatgichga asoslanadi: tarmoq o‘sish sur’atiga va bozorni nisbiy ulushiga to‘qqiz katakli GE matritsasi xo‘jalik bo‘linmasi raqobatdagi o‘rni / kuchlari va tarmoqni uzoq mudatli jozibadorligini baholashda ko‘pgina omillarni hisobga oladi.
Uchinchidan, to‘qqiz katakli matritsada shu narsa eng muhimki, u biznes turlari bo‘yicha korparatsiya resurslarini harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bu esa konkret afzallikka erishish va hammadan yaxshiroq harakat qilish uchun asos yaratadi.
Lekin BKG matritsasi kabi GE matritsasi o‘ziga xos strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha real tavsiyalarni ta’minlamaydi; maksimum matritsa jozibadorlik raqobatdagi o‘rni matritsasi qaysi strategiyaga yo‘naltirish kerak degan savolga javob beradi: agressiv kengaytirish, ximoya va mudofaa yoki hosilni yig‘ishtirish qisqartirish. Bunday ko‘rsatma kelajakda kompaniya portfelini boshqarish uchun qimmatli hisoblanib shu bilan birga turli faoliyat turlari o‘rtasida strategik muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi masalani e’tiborga olmaslik, mensimaslik, hamda qanday strategik yondashuvlardan va xo‘jalik bo‘linmasi darajasida qanday strategik harakatlarni amalga oshirish masalalarini e’tiborga olmaydi.
Mazkur matritsani boshqa kamchiligi bo‘lib, g‘alabaga erishishga tayyor biznes turlarni aniqlash mumkin emas, chunki ularning tarmog‘i tez o‘sish bosqichining boshlang‘ich fazasiga o‘tadi.


4. Korxonalarda raqobat ustunligiga erishish va uni saqlab qolish omillari.
Mehmonxonaning raqobat strategiyani ishlab chiqish taxlilga asoslangan ish
bo‘lib, taxlil 2 yo‘nalishda olib boriladi:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Korxona o‘zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo‘lishi mumkin.Xar bir tarmoq uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar xajmi ham xar xil bo‘ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo‘ladi. Talab xam o‘sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo‘ladi.
«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:
1. Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat.
2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.
3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
4 .Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
5. Xaridorlarni o‘z shartlarini o ‘tkazishga urinishlari.
Bu taxlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo‘lgan qulay
imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (4-rasm). U ushbu
modelni asoslab berar ekan, bu ko‘rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori
bo‘lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati
shunchalik kam bulishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o‘z
strategiyasini o‘zgartirib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘z foydasiga o‘zgartirishi mumkin.



Kompaniyalarning vaziyat taxlili.
Taxlil pog‘onalari.

Zamonaviy strategiyaning yaroqlik


darajasini baxolash.

SWOT taxlili o‘tkazish. Firmaning nisbiy raqobat mavqeini baxolash.


Kompaniyaning nisbiy baxo mavqei va baxo raqobatbardoshligini baxolash. Kompaniya echishi lozim bulgan strategik yondashuvlar va muammolarni identifikatsiya qilish.





Tarmoq va raqobat taxlili.
Taxlil pog‘onalari.
Tarmoq atrofining asosiy iqtisodiy tarifini aniqlash.

Xarakatlantiruvchi kuchlarni identifikatsiya qilish. Raqobat darajasini baxolash. Kompaniyaning tarmoqdagi raqobat mavqeini baxolash. Bundan keyin raqobatda kim bir xil xarakat qilishini prognozlash. Muvoffaqiyatning kalit omillarini aniqlash. Tarmoqning kompleks jozibadorligi xaqida xulosa.


TTarmoq





Identifikatsiya / Kompaniyaning strategik ko‘rishini baxolash.
Kalit davrlar:
Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash,
strategiyani tubdan o‘zgartirish)
Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo‘li qanday?





Strategiyani shakllantirish
Yechim mezonlari
Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi xisobga oladi?
Qanchalik raqobat ustunligiga erishishga yordam beradi?
Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradimi?


Yüklə 261,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin