Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish Mundarija Kirish


Firma va korxona raqobatga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 261,05 Kb.
səhifə10/12
tarix21.12.2023
ölçüsü261,05 Kb.
#188818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish

5. Firma va korxona raqobatga ta’sir etuvchi omillar.
Firma va mehmondo‘stlikda raqobat kuchiga ko‘plab omillar v sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning eng muhimlari quyidagilar:

  • Raqobatning ortishi, raqobat teng xuquqli bo‘lgani uchun, hajmi va imkoniyatlari jihatidan taqqoslanadigan firmalar sonining ortishi bilan bo‘ladi;

  • Firma bizneslari bozor ulushi uchun qattiq kurasha boshlagach, mahsulotga bo‘lgan talab sekin o‘sganda raqobat kuchayadi;

  • Тurizm biznesining mavsu,iy;il omili firma korxonalari o‘rtasidagi raqobatni oshiradi, ayniqsa narx raqobat sektorida ularni mijozlarga chegirmalar, imtiyozlar va imtiyozlar tizimidan foydalanishga majbur qiladi;

  • Аgar firma va mehmonxona mahsulotlari differentsiallashmagan va bozorda sust joylashtirilgan bo‘lsa raqobat ortadi;

  • Sohadan ketish raqobatni davom ettirishdan ko‘ra qimmatga tushganda, kurash kuchayish tendensiyasiga ega;

  • Raqobat muvaffaqiyatli strategik harakatlar va dasturlar ta’siri hajmiga muvofiq ortadi. Natija raqobatchilarning firma yoki korxonaning strategik tashabbuslariga munosabat tezligiga bog‘liq bo‘ladi;

  • Firmalar o‘rtasidagi tafovut o‘z strategiyasi, kadrlari, ustuvorliklari va resurslari jihatidan oshib borsa raqobat keskin va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib.

Turistik xizmatlar bozoridagi shu kabi tarkibiy o‘zgarishlar, ya’ni raqobat sharoitlari va iste’molchilar hatti harakatlaridagi o‘zgarishlar turistik tashkilotlar tomonidan yangi marketing usullarni izlashga majbur etmoqda. Bunday sharoitlarda marketing o‘z funksiyalarini kengaytirib, iste’molchilar bilan aloqalarga tobora ko‘proq e’tibor berib bormoqda. Iste’molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar yangi mijozlarni izlash, ularning turistik tashkilot hizmatlariga qiziqtirish uchun ketadigan harajatlardan ancha arzon turadi.

6 – rasm. Raqobatchilar haqida ma’lumot11
Turistik mahsulotning o‘ziga xos alomatlari firma dagi marketingga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Marketingning yagona tushunchasi yo‘q bo‘lganidek, firma
marketingining ham yagona qoidasi yo‘q. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)
tomonidan qabul qilingan «turist» tushunchasini hisobga olgan holda, fransuz
mutaxassislari R.Lankar va R.Olle fikricha turistik marketingi – «berilgan vazifalarni o‘rganish, tahlil qilish va yechish uchun yaratilgan asosiy usullar majmuasidir.
Asosan, bu usullar quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak: ruhiy va ijtimoiy
omillar nuqtai nazaridan kishilar ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish
imkoniyatlarini aniqlash hamda moliyaviy hisobotdan eng oqilona usullarni topib,
turistik tashkilotlar (korxona, byuro yoki assotsiatsiyalar)ning turistik xizmatlarda
aniq yoki yashirin ehtiyojlarni hisobga olish imkonini beradi. Bu turdagi ehtiyojlar
dam olish yo‘nalishlari (vaqtichog‘lik, ta’til, sog‘liq, o‘qish, din va sport) bilan yoki boshqa tadbirkor guruhlari, oila, xilma-xil tashriflar va ittifoqlarda tez-tez
uchraydigan yo‘nalishlar bilan aniqlanadi», deb tushuncha berganlar.
Biror - bir joyda qaysidir sabab bilan yomonlashib qoladigan bo‘lsa, turistlar
darhol o‘zlariga mos kеluvchi boshqa joyni topib olishadi. Bu holat turistni jalb etishi mumkin bo‘lgan manzillar orasidagi raqobatni yanada kеskinlashtirib yuboradi. Shu sababli, turistik manzillar rahbarlari turli – tuman markеting vositalaridan kеng foydalanadilar. Firma turli manzil chеgaralarini kеsib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgani, hamda turistlar talabining xilma – xilligi tufayli turistik markеting xalqaro tus oladi. Potеntsial turistlarni aniqlash va ularni turistik manzilga jalb etish maqsadida jaxon tajribasiga asoslangan Xalqaro firma markеtingi dasturlarini amaliyotga tatbiq etish zarur.


Yüklə 261,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin