Shahrisabz "Don –xalq rizqi " OAJdaustav kapitali auditinio’tkazish tartibi
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga xam to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy xuquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, “nou-xau” va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi xamda summasini, ustav kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis xujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki xujjatlar, xisob registrlari va xisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ta’sis xujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
ta’sis xujjatlari mazmunining amaldagi konunchilak va me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiqligi;
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga tuliq va o’z vaqtida
qo’shilishi;
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini tekshirish;
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
ustav kapitali hajmining ta’sis xujjatlari va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy xisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatdan ham qo’shilganligini aniqlash;
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi va ustav hamda ta’sis shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu xolda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun xujjatlari va yuriqnomalari;
ta’sis xujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli xisobotlar;
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki xujjatlar, analitik va sintetik xisob registrlari;
Me’yoriy xujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriyhujjatlarto’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan;
haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi;
O’zbekiston Respublikasining “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tug’risida”gi Qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy xisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hokimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis xujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda ta’sisshartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sisshartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis xujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash xamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish o’ug’risidagi qaror qabul kilingan vaqtdan boshlab emas,balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, davlatro’yxatidano’tganlikto’g’risidagiguvoxnomaning mavjudligini, agar ta’sis
xujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor ta’sisshartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish);
faoliyatda ishtirok etish;
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
OAJ ta’sis shartnomasida yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
ta’sischilar ulushlarining tarkibi, xajmi va topshirish muddatlari;
ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar ko’rsatilganligini aniqlaydi:
korxonaning o’ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan nomi;
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga taqsimlanishi;
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul qilish tartibi;
dividendlar taqsimlash tartibi;
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis xujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar xar xil bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha aktsiyalari bir aktsiyador tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan xisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu xoldagi ma’lumotlar aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida xam jahon bozoridagi baxoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valyuta kursi bo’yicha sumga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jaxon bozori baxosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.