Korxonalar raqobati. Raqobatchilar kuchli va zaif


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#146790
1   2   3
77-81

INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June 3, 2022 Boston, USA 
80 
T= Threat ya’ni xavf – xatar , korxona uchun xavf tug’diradigan barcha xatti- 
harakatlar shular qatoriga kiradi. Bular S.W.O.T tahlil tizimining ma’nosini tashkil 
etadi. Endi esa ushbu tizimni vazifalari nimalardan iborat ekanligini ko’rib 
chiqamiz: 
• Tovarlar patentbardoshligi; 
• Tovarlar narxi; 
• Texnologiyaning progressivligi; 
• Kadrlar malakasi; 
• Resurslar narxi; 
• Asosiy fondlar yoshi (yangi, eskiligi); 
• Firmaning geografik joylashuvi; 
• Infrastruktura; 
• Marketing va menejment tizimi; 
• Tizimga kirish va chikishda raqobat kuchi darajasi kabilardan iborat. Bundan 
tashqari bu tahlil tizim korxonaning kuchli va zaif tomonlarini ham chuqur 
o’rganadi. Ishlab chiqarilayotgan 
tovarlarning raqobatbardoshligi barcha bozorlar bo’yicha o’rganiladi.Aniq tovarlar 
raqobatbardoshligining kompleks ko’rsatkichlari,foydali effekt (integral sifat 
ko’rsatkichi), jami xarajatlar, tovardanfoydalanish shartlari, firmaning raqobat 
ustunligi bo’yicha yuqorida aytib o’tilgan turlarini aniqlanadi. 
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari va uning qay darajada raqobat qila 
olishining omillari ham mavjud. Bular : 
1.
Ichki omillar 
2.
Tashqi omillar 
3.
Bevosita ta’sir etuvchi omillar
4.
Bilvosita ta’sir etuvchi omillar. 
Ishlab chiqaruvchi korxona yoki firmalarning ushbu omillar bilan bog’liqligini 
ko’radigan bo’lsak. Agar korxona ichkarisida ichki omillar yaxshi rivojlanmagan 
bo’lsa ya’ni hodimlar bir-birlari bilan o’zaro xurmatsiz, qasdma-qasd ish olib borsa, 


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June 3, 2022 Boston, USA 
81 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda yaxshi texnika-texnologiyalar va 
uskunalar bilan ta’minlanmagan bo’lsa va qisqa qilib aytganda ichki muhit normal 
holatda bo’lmasa, bunday omillar ish faoliyatga salbiy ta’sir o’tqazadi. Va aksincha 
bo’lishi ham mumkin yuqorida aytganlarimizni teskarisi bo’lsa bu yana ham 
ildamlab ketishga sababchi bo’ladigan omillardan biri bo’lib qoladi. 
Korxonaga tashqi tarafdan ham ba’zi ta’sirlar o’z ta’sirini o’tqazib turadi. 
Atrofdagi raqobatchilarning o’zaro hasad qilib raqobat olib borishi. Qo’shimchasiga 
raqibi haqida yolg’on ma’lumot va xabarlar tarqatishi. Bunday hollarda korxona 
o’zini tiklab, shunday sinovlarga bardosh bersa, unchalik ko’p zarar ko’rmay davom 
ettiradi. Keyingi faoliyatida ham katta o’zgarish sodir bo’lmaydi. 
Bevosita ta’sir qiladigan omillar ham mavjud. Bularga korxonaning ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha vositalar, ya’ni texnika va uskunalar, 
ish faoliyati bilan qatnashadigan ishchilar kirishi mumkin. Aynan shu omil korxona 
uchun katta ro’l o’ynovchi harakatlardan bo’ladi. Aytib o’tgandek ishchilar bu 
yo’lda bevosita qatnashadi.
Lekin hamma narsa ham korxona ish faoliyatida to’g’ridan – to’g’ri 
qatnashmaydi. Hisobchilar , korxona rahbari, xorijiy hamkorlar, investitsiya kiritgan 
investorlar va boshqa masofadan turib yordam beradigan inson va boshqa narsalar 
kirishi mumkin. Ular bevosita ish faoliyatida qatnashmaydilar, aksincha korxonani 
moliyaviy, aqliy-intelektual va boshqara olishlik qobiliyati bilan boshqarishga o’z 
hissasini qo’shadilar. 
Foydalanilgan adabiyotgan ro’yxati 
1.
O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 2004-yil nashri
 
2.
Korxonalar raqobatdoshligini baholash. O’quv qo’llanma. Samarqand Iqtisoodiyot 
instituti. 2021-yil
 
3.
Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. A.O’lmasov, A.Vahobov. Toshkent Davlat 
Iqtisodiyot Universiteti. 2014-yil
 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin