Korxonalarda marketing faoliyatini tashkil qilishning nazariy asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/11
tarix14.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BMI Xayriddin Xusniddinov

2-rasm. Marketingning vazifalari3.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo`libgina qolmay, balki talabga ta‘sir ham qilishdir. Xo`sh, bu ta‘sir qanday bo`lishi kerak, boshqa maxsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo`lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi.
Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini aloxida ajratib ko`rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz.

  1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko`pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida boladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir.

  2. Mavjud bo`lmagan talab. Iste‘molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e‘tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uygotishdir.

  3. Yashirin talab. Ko‘pgina iste‘molchilar bozorda mavjud bulgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu xolda marketingning vazifasi - potetsial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.

  4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyunkturaning pasayish sabablarin taxlil kilish lozim va yangi yangi maqsadli bozorlar topish yuli bilan, tovar xususiyatlarini uzgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar etkazib berishni ragbatlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin