Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 27 Mazkur jihatlar korporativ moliya strategiyasiga ham bevosita daxldordir.
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya
korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar
o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish,
ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish
yo‘lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha
asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi. Xo‘jalik
sub’ektlari miqyosida korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirish va amalga
oshirish ham mikrodarajada, ham makrodarajada iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini samarali tashki etish orqali yuqori moliyaviy natijaga erishishda
korporativ moliyaviy strategiyaning ahamiyatli jihatlari sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin: 1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi keskin
raqobat muhitida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
tashqi omillarni hisobga olinadi. 2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy
strategiyasi ichki imkoniyatlar, xususan resurslar ta’minoti, jumladan, moliyaviy
resurslar uzluksizligi, investitsion faoliyat samaradorligi va qaytimi, moliyaviy
risklarni boshqarish imkoniyatlari, kadrlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarga
asoslanadi. 3. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi, avvalo,
makroiqtisodiy rivojlanish holati va shart-sharoitlariga, kutilayotgan istiqbolli
prognozlarga mos holda belgilanadi. 1-rasm. Korxona moliyaviy strategiyasini
ishlab chiqish printsiplari [6] 4. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy
strategiyasi asosida aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan davr nuqtai
nazaridan joriy va tezkor moliyaviy rejalashtirish strategik moliyaviy
rejalashtirishga o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi. 5. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ
moliyaviy strategiyasi aniq ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanishi lozim. Xo‘jalik
sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish