Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 28 aniq printsiplarga asoslanishi lozim. Bunda strategik moliyaviy qarorlar mavjud
imkoniyatlar, ichki va tashqi muhit asosida qabul qilinishidan kelib chiqqan holda
asosiy printsiplar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1-rasm). Korxona
moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplarining har biriga to‘xtalib o‘tamiz:
1. Korxonani o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash printsipi.
Mazkur printsipni strategik moliyaviy rejalarni belgilash jarayonida xo‘jalik
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplari 2. Korxona operatsion
faoliyati bazaviy strategiyalarini hisobga olish 3. Moliyaviy faoliyatni strategik
boshqarishni tadbikorlik stiliga maqsadli yo‘naltirish 4. Strategik moliyaviy
rivojlanishning dominant sohalarini belgilash 5. Moliyaviy strategiyaning
moslashuvchanli -gini ta’minlash 6. Strategik moliyaviy tanlovlarning muqobilini
tanlash 7. Moliyaviy faoliyatda texnologik rivojlanish natijalaridan doimiy
foydalanishni ta’minlash 8. Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
moliyaviy risklar darajasini hisobga olish 9. Moliyaviy strategiyani amalga
oshirishni professional moliyaviy menejerlarga yo‘naltirish 10. Ishlab chiqilgan
11.moliyaviy strategiyaning tashkiliy tuzilmaga muvofiqligini ta’minlash 1.
Korxonani o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash sub’ektlari
tashqi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan keskin raqobat muhitida
faoliyat yuritishi bilan bog‘lashimiz mumkin bo‘ladi. Ya’ni bugungi kunda xo‘jalik
sub’ektlari ochiq tizim sifatida boshqa sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga
kirishishi talab etiladi. 2. Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalarini
hisobga olish printsipi esa o‘z navbatida xo‘jalik sub’ektlari o‘z moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatlarida ustuvorlik kasb etuvchi asosiy faoliyat sohalari yuzasidan belgilangan
moliyaviy strategiyalarga tayanish lozimligini o‘zida ifodalaydi. Shu boisdan
xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasi doirasida belgilangan aniq maqsadli
ko‘rsatkichlar va asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar
bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda belgilanishini taqozo etadi. Aynan bazaviy
moliyaviy strategiyalarga tayanish xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasining