Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 26 qilib qo‘ymoqda. Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda
jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy
strategiyaning to‘g‘ri belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z
vaqtida to‘liq amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda
moliyaviy-iqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash,
makrodarajada
moliyaviy
ko‘rsatkichlar prognozlarini oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini
ta’minlash, soliq yukini pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy qism Moliyaviy rejalashtirishning nazariy va tashkiliy jihatlarini o‘rganish
natijalari ko‘rsatishicha, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ strategiyasini
shakllantirish va amalga oshirish istiqbolli moliyaviy rejalashtirishning asosi bo‘lib
xizmat qiladi. Bunda xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliyaviy strategiyani
shakllantirish uchun avvalo moliya strategiyasining iqtisodiy mohiyati, amal qilish
lozim bo‘lgan printsiplar, ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari hamda bu
borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganib chiqishni shart qilib
qo‘yadi. Shundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliya
strategiyasini ishlab chiqish va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga to‘xtalib o‘tamiz.
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada
izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya
“Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy
ta’sir etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real imkoniyatlarini
boshqarib borish vositasi sifatida izohlaydi” [3]. Yana bir iqtisodchi olim
N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya tushunchasi kengaytirilgan
ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan. Ya’ni, bunda qat’iy
yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy natijaga erishish
uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari tizimini
o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa moliyaviy
strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion, marketing,
ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan izohlanadi [4].