Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023 30 mumkinki, korxonalarda moliyaviy ta’minot strategiyasi bir tomondan arzon kapital
jalb qilish masalasiga qaratilsa, ikkinchi tomondan moliyaviy ta’minot uzluksizligi
masalasini hal qilishni nazarda tutadi. Moliyadagi eng muhim tushunchalardan biri
bu risk va qaytim bo’lib, u uchinchi tamoyil - “Risk mukofot talab qiladi” ning
asosini tashkil qiladi. Investitsion riskning muqarrar va mavjudligini ko’rish uchun
sizdan, shunchaki, 2007 yildan 2012 yilgacha bo’lgan 5 yillik muddat davomida
fond birjalarida nimalar sodir bo’lganligiga bir nigoh tashlashingizning o’zi kifoya.
Misol uchun, siz 2007 yilda Standard & Poor’s 500 Indeksiga kiruvchi aksiyalardan
tashkil topgan portfelni sotib olib, uni 2009 yilning fevralida sotganingizda, siz o’z
investitsiyangiz qiymatining 54 foizini yo’qotgan bo’lar edingiz. Va aksincha, siz
aksiyalarni 2009 yilning fevralida sotib olib, ularni 2012 yilning martigacha ushlab
turganingizda, siz 105 foizlik foydaga ega chiqishingiz mumkin bo’lardi. Shu tariqa,
agar siz 2007-2012 yillarda, ya’ni to’liq 5 yil davomida aksiyalar portfelini ushlab
turganingizda, siz baribir investitsiyangizning 10 foizidan ayrilgan bo’lar
edingiz.[10] Keyingi yillarda risklar tadqiq etilgan qator ilmiy ishlarda ularni
minimallashtirishni amalga oshirish borasida ma’lum natijalarga erishish
ta’kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar
mavjudligini alohida qayd etish lozim. Xususan, bu jarayonda risklarning mohiyati,
ularning yuzaga kelish sabablari va o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, oqibatlarini
kamaytirishga qaratilgan faoliyat, ya’ni risk-menejment imkoniyatlarini tadqiq etish
iqtisodiy fanlarning dolzarb mavzularidan biri hisoblanishini qayd etish o‘rinlidir.
Mazkur tadqiqotlar jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari
birmuncha orttirib ko‘rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishiga bo‘lgan
talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar “moliyaviy risk”
tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu yo‘nalishda
tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta’kidlash lozim. Riskni baholash - bu riskni
tahlil qilish, uning yuzaga keladigan ta’sirlarini aniqlash, umumiy ko‘rsatkichlarini
o‘zgarish chegaralarini ishlab chiqishdan iboratdir. Risklarni iqtisodiyotning bir