Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadi


Yozma nutq. Matn yaratish



Yüklə 234,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix16.12.2023
ölçüsü234,49 Kb.
#182868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6. Ko\'z nurini asraylik OʻK

Yozma nutq. Matn yaratish. 
Internet manbalari asosida koʻz nurini asrashga oid maʼlumotlarni tavsiya 
koʻrinishida yozib keling.
 
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning maʼlumot toʻplash, maʼlumotlarni saralash 
hamda keraklilarini ajratib, tavsiya yozish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Oʻquvchilarga maʼlumot izlash uchun ijtimoiy sahifalar, kitob, jurnal, gazeta 
nomlari aytilib, tavsiya qanday yozilishi haqida koʻrsatma berish maqsadga 
muvofiq. 
3-soat 
Dars jarayoni 
 
Kirish. 
 
Qilgan ishingizdan koʻnglingiz toʻlmagan vaqtlar boʻlganmi? Qanday 
holatga tushgansiz? 
Asosiy qism.
 
Oʻqib tushunish. 
Matnni oʻqing va savollarga javob bering. 
 
Oʻquvchilar dialog matnini oʻqib boʻlganlaridan soʻng matn ostidagi savollar 
bilan suhbat boshlanadi.
1. Koʻzga koʻringan deganda nimani tushundingiz? 
 
Bu savol oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan. 
Oʻquvchilardan “koʻzga koʻringan” birligi haqidagi tushunchalarini aytishlari 
mumkin. Ularning fikri tinglangach ushbu birlik izohlab berilishi lozim.
Koʻzga koʻringan – maʼlum va mashhur; taniqli, nomdor (dongdor). 


2. Rassomning oʻzi chizgan suratdan hech qanday ayb topa olmasligi yaxshimi? 
Siz bu holatga qanday munosabat bildirasiz? 
Bu savol oʻquvchilarning vaziyatni baholash koʻnikmasini shakllantirishga 
qaratilgan. Oʻquvchilar vaziyatga “yaxshi” yoki “yaxshi emas” degan javoblari 
qabul qilinadi. Asosiy eʼtibor ushbu fikrni izohlab berishlariga qaratiladi.
3. Nima uchun rassom shunday xulosaga keldi? 
Bu dialog matnining xulosa chiqarishga qaratilgan. Oʻquvchilarga 
rassomning xulosasi yordamida har bir kasbni mukammal oʻrganish, doimiy tarzda 
oʻz ustida ishlash lozimligi tushuntirilishi lozim. 

Yüklə 234,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin