Morfologiya
Gaplar tarkibida qoʻllanishi lozim boʻlgan olmoshlarni aniqlang va ularni oʻz
oʻrnida qoʻllab, gaplarni koʻchiring.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarga olmosh va uning nutqda qoʻllashdan
koʻzlangan asosiy maqsadni tushuntirishga qaratilgan.
Berilgan gaplar ifodali oʻqiladi, ajratib koʻrsatilgan
birliklarni qanday
olmoshlar bilan almashtirish mumkinligi haqida soʻraladi. Ushbu jarayonning
qanday ahamiyati borligi haqidagi xulosalarni chiqarish uchun qoʻshimcha savollar
bilan murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Sintaksis.
Matndan olingan quyidagi parcha tarkibidagi kesimlarni aniqlang, ularni
namunadagidek tahlil qilib, koʻchiring.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni lingvistik tahlil qilish koʻnikmasini
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan matnni oʻqib,
ushbu matn
tarkibidan kesimlarni aniqlab, namuna asosida tahlil qilib yozishlari lozim.
Dastlab oʻquvchilar bilan kesimning gapdagi vazifasi va uning ifodalanishi
haqida savol-javob oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Uyga vazifa.
Dostları ilə paylaş: