4. Ushbu matnga qanday sarlavha mos deb oʻylaysiz? Javobingizni izohlang. Oʻquvchilarga oʻzlari tanlagan sarlavhalarini izohlashlari aytiladi. Oʻqituvchi
ularni sinf taxtasiga qayd etib borib, suhbat soʻngida eng maʼqul sarlavhani aytishi
lozim. Shu oʻrinda oʻqituvchi sarlavha tanlash qoidalari haqida qoʻshimcha
maʼlumot berishi maqsadga muvofiq.
Qoida. Leksikologiya. Oʻquvchilarga ibora haqidagi nazariy maʼlumot misollar bilan tushuntirib
berilishi lozim.
Leksikologiya. Quyidagi tana aʼzolarimiz ishtirok etgan iboralardan topib, yozing. Ushbu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish, iboralar haqida
tushuncha hosil qilishlariga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan tana aʼzolari
qatnashgan iboralarga misol topib yozishlari lozim. Bu jarayonda lugʻatlardan
foydalanishlari mumkin. Asosiy eʼtibor iboraning maʼnosini izohlab berishlariga
qaratiladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarni yoʻnaltirish uchun, misollar bilan boshlab berishi
maqsadga muvofiq.
Masalan, bosh – boshiga yetmoq(halok qilmoq), ... burun – burnidan chiqdi(tatimadi, zoye boʻldi), ... ogʻiz – ogʻzi qulogʻida(juda xursand), ... Leksikologiya. Quyida koʻz bilan bogʻliq iboralar keltirilgan. Ularni izohlang, qanday vaziyatda qoʻllash mumkinligi haqida oʻylab koʻring. Ushbu topshiriq ibora maʼnosini tushunish hamda uni turli vaziyatlarda
qoʻllash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan iboralarni
oʻqib, uning maʼnosini hamda qanday vaziyatga qoʻllash mumkinligini tushuntirib
berishlari lozim.
Masalan, koʻz qorachigʻidek asramoq – qattiq avaylamoq, qadrlamoq. Biror yaqin insonimizning bizga bergan omonatini koʻz qorachigʻidek asrashimiz lozim.