6. TEST O‘TKAZISH Yechim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling.
Test o‘tkazish – yaratilgan prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi. Ideal test o‘tkazish bu – foydalanuvchining o‘zi nima va qanday tashkil qilinganini yaxshi bilishi bo‘lib, bu kamdan-kam hollarda uchraydi. Odatda kirish suhbati o‘tkazish kerak bo‘ladi. Agar gap tajriba haqida ketadigan bo‘lsa, real vaziyat atrofida rivojlanadigan senariy yaratish lozim. Agar real vaziyatning imkoni bo‘lmasa, shu vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan holatni yaratish kerak.
Test o‘tkazishda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi:
vazifa qo‘yish: biror-bir maqsadli harakatni amalga oshirish, masalan, dastur yordamida biznesni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Test o‘tkazishning vazifasi – muammoni eshitish va uning yuzaga kelish sababini tushunish hisoblanadi. Agar muammo paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning yolg‘iz emasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Asosiysi shuni esdan chiqarmangki, ishlab chiqarish bu – doimiy jarayon. Butun jarayon ham, uning alohida bosqichlari ham takrorlanishi mumkin. Mahsulotni barcha bir xil yoqadigan tarzda chiqarishning imkoni yo‘q. Foydalanuvchi, atrof-muhit, iqtisodiy va siyosiy vaziyat o‘zgaradi. Mahsulot rivojlanishi va yashashi lozim. Buning uchun ham ichki, ham tashqi sabablar mavjud.
Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga ega bo‘lishni talab etadi. “General Electric” kompaniyasining sobiq Bosh direktori Djek Uelch shunday fikr bildiradi: “99,9 foiz xizmatchilar doimo bir joyda qotib qoladilar, chunki ular fikrlashni bilmaydilar. Insonlarni fikrlashga majburlab bo‘lmaydi, faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit yaratib berish lozim. Shu jihatdan ta'lim muassasalarida tinglovchilarga nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.