Yo’q. Javob: Xotini zimmasidagi hamma ishni Alomatdan(temir xotin) talab qiladi. Dalil keltirmoq: Ertalabdan kechgacha ishlatadi. Olimjonning kuyinib gapirishiga e’tibor bering: “Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tindirmadingiz-a! Bir minut dam olgani yo‘q, bechora! Yuv, tozala, tik, yama-supur! Bir chaqirim naridan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollaringiz bor: ertalabdan kechgacha o‘t ber, suv ber, yem ber! Xamir qoradi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi, o‘zi! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib, paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Shunaqayam qiynaydimi, Qo‘chqor aka?!”
Ha. Javob: Temir xotinni Qo’chqor akaning yashash tarzini bila turib shu yerga olib keldi. Dalil keltirmoq: Olmjonning gapiga e’tibor bering: “Xafa bo‘lmang-u, Qo‘chqor aka, lekin kennoyimga ham qiyin-da. Ahvolni qarang: haliyam o‘choq, haliyam tezak yoqiladi. Progress yo‘q”. Qishloq ayollari uyim-joyim, turmush o’rtog’im, bola-chaqam, “oltin paxtam” deb ertalabdan kechgacha tinim bilmaslikka o’rgangan. Ularning oddiy hayot tarziga aylanib ulgurgan muhitga texnika ham chidamaydi.
|
Yo’q. Javob: Olimjonga qarata javobiga e’tibor bering: ” Progress bor. Ilgari tezak yoqilardi, hozir tezakni solyarka bilan yoqayapmiz. Yaxshi yonayapti. To‘g‘ri ovqatdan sal-pal hidi keladi-yu, lekin o‘rganib ketar ekan odam. Hech kim mehnatdan o‘lmaydi”. Qo’chqor akaning mana bu tushunchasi Temir xotinni nobud qildi. Dalil keltirmoq: “Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, „qiynalib ketdim“ deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataveradimi axir! „Paq“ etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘q, yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka!” Olimjonning xunob bo’lganicha bor: Qo’chqor aka xotinining qiladigan yumushlarini odatiy hol deb biladi. U hech ham xatosini tushunmaydi. Chunki o’zi ham robotday buyruqni bajaruvchi bo’lgan.
|
|
Dostları ilə paylaş: |