Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya va uslublarining o’rni Nurmuxamedova Dildor Uralovna


Ha. Javob: Olimjon yetti yillab ilmini, kuchini, vaqtini sarflab yaratgan kashfiyotini asray olmadi



Yüklə 144 Kb.
səhifə9/10
tarix19.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#100473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya

Ha. Javob: Olimjon yetti yillab ilmini, kuchini, vaqtini sarflab yaratgan kashfiyotini asray olmadi. Yakuniy fikr: Asrash kerak edi. U temir, matoh. Ko’p ishlasa qizib ketadi. Ishdan chiqqanda yaxshilab qaralmasa foydasiz buyumga aylanadi. Aslida inson ham shunday: me’yordan ortiq harakat, dam olmaslik oqibatida sog’ligini yo’qotadi. Shuning uchun borini qadrlash va asrash kerak.

Yo’q. Javob: Qo‘chqorning: „Iye, unda chindan ham odamga o‘xshar ekan. Mana, biz ham „paxta terimiga“ degan gapni eshitishimiz bilan hamma ishimizni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiqib ketamiz. Bolalarimiz o‘qishini tashlaydi, xotinlarimiz emizikli bolasini...“so‘zlari uning dunyoqarashini ko’rsatadi Yakuniy fikr: “Bu odam emas-ku, Qo‘chqor aka, temir-ku, nega tushunmaysiz?! Ichi to‘la sim, plastmassa, yarimo‘tkazgichlar! Bu — mashina. Ertaga sinovdan o‘tolmasa-yu, buzib tashlasam nima bo‘ladi? Bir uyum temir qoladi.” Haqiqatdan ham o’z qarichi bilan ish tutgan Qo’chqor aka oldida bir uyum temir qoldi.

Yuqorida berilgan debat qisqartirilgan shakli, ya’ni faqat robotning kuyib ketishiga sabab biryoqlama izlandi. Bu yog’iga asarda yoritilgan har bir sahna ko’rinish va qahramonlar so’zi baholanadi: Xotini to‘g‘risida Qo‘chqorning: „Mastligimda urib, mayib-payib ham qilib qo‘ymagan ekanman — jimgina uyda o‘tirardi“,„Qumri bilan desangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda“,„ Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yorilib ketgan bo‘lsayam, bir nimasi bor edi-da... O‘sha nima ekan-a? Bo‘lmasam, barmoqlarini ko‘sak tilib, g‘adir-budur qilib tashlagan. Qo‘lidan doim kir sovun aralash tappi hidi kelib turadi. Lekin nimasidir bor edi...“ kabi fikrlarini mag’zini chaqish orqali asar g’oyasini o’rganiladi. Bu uslub o’quvchilarga tengdoshlari bilan bigalikda shu oila jamoatchilik fikrini to’lqinlantirayotgan mavzularda muloqotlar rejalashtirish imkonini beradi.



Didaktik tahlilning sifatli amalga oshishida ”Munosabat” texnologiyasining afzalliklarini 10-sinf adabiyot darsligida(2017-yil) berilgan “Tunyuquq bitiktoshi” mavzusi misolida ko’ramiz:

Muammo

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni hal qilish sabablari

Sizning xulosangiz

Turkiylarning o’z erkini qo’ldan boy berib qo’yishi oqibatida turk xoqonligining tanazzulga uchrashi

Turk xalqi boshboshdoqlikka, o’zbo’larchilikka, beparvolikka yo’l qo’yadi. Xoni bilan birga bo’lmaydi

1.Mustamlaka azobi, o’zga xalq tahqirlari xalqni biiktiradi. 2. Daxlsizlik uchun tinimsiz kurash olib boradi. 3. Xalqni donoli bilan boshqarish 4. “Tomog’ini to’q” qilish

Xalqning xotirjam yashashi uchun nafaqat sarkarda, dono maslahatchi, vatanparvar shaxs – Tunyuquqning xoqon bilan birga ish tutishi davlatning yana oyoqqa turishida, madaniyati, ma’naviyati rivojlanishida o’z aksini topadi. Har bir kishi o’z taqdirini Vatan taqdiri deb bilishi lozimligini uqtiradi.

SAN” texnologiyasi(uchlik - samarali, axloqiy, nazokatli) - o’quvchilarda yakka, jamoaviy ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga mas’uliyat bilan yondashuvni, bezash ishlari ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Mashg’ulotda o’quvchilar uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi va quyidagi rollarga ajratiladi: rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner(bezakchi). Guruh vakili o’qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan tarqatmalardan birini tanlaydi. Topshiriqlar turli bo’ladi: masalan, devoriy gazeta, bayram yoki tadbirga chorlovchi afishaning eskizini chizish va tayyorlash. Guruhlarning taqdimot qilishlari uchun tayyorgarlik ishlariga 30 daqiqa beriladi. Barcha guruhlarning taqdimoti tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida tayyorlangan ishlarga tegishlli talablar aniqlanadi va bildirilgan fikrlar qayd etib boriladi.
Adabiyot fanini estetik fanlar bilan uzviy bog’lagan holda tashkil etish o’quvchining tasavvur dunyosini kengayishida, asardagi detallargacha yorqin qiyofa aks ettira oladigan ko’nikmani shakllantirishida, milliy tarbiyaning singdirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda “SAN” texnologiyasi orqali jarayon vujudga keladi. 11-sinf adabiyot darsligida(2018-yil)da berilgan shoir Sirojiddin Sayyidning “Vatan” she’ri(99-bet) misolida texnologiyaning afzalliklarini ko’rib o’tsak:

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin