Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya va uslublarining o’rni Nurmuxamedova Dildor Uralovna


o‘quvchilarning kreativ fikrlay oladigan chegaralarini tahlil qiladi va tasniflaydi



Yüklə 144 Kb.
səhifə2/10
tarix19.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#100473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kreativ fikrlashni shakllantirishda hamkorlik ta’lim texnologiya

o‘quvchilarning kreativ fikrlay oladigan chegaralarini tahlil qiladi va tasniflaydi.

Ijodiy jamoa(guruh)lar, ko’pincha, muhokama va tahlil darslarida faoliyat ko’rsatadi. Muhokama darslari mavzu o’tib bo’lingandan so’ng tashkil etiladi. Bundan tashqari, o’tilgan mavzu yoki yangi mavzuni mustahkamlashda ham muhokamaga vaqt berilsa, jarayon davomida o’quvchi faolligi oshib boraveradi. Dastlab sinfda ijodiy jamoalarni shakllantirib olamiz.
Ijodiy jamoa qanday shakllantiriladi?
Agar guruh a’zolari shunchaki o’quvchi sonidan yoki tartib raqam asosida biriktirilsa, ularning birdamlikda ishlash ehtimoli oz bo’ladi. Guruh a’zolari hamfikr, hamjihatlikda ishlashi ijodiy jamoaning eng asosiy talablardan biridir. Umumiy yechimini topishga erishish yoki o’rganishda o’quvchilarning bir-birlariga ko’mak berishi talab etilishini hisobga olib, dunyoqarashi, ijodiy fikrlash doirasi bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchilarni bitta guruh tarkibiga kiritamiz.
Buni qanday aniqlaymiz?
Bunda, biz “Bahslashuv” hamkorlik ta’lim texnologiyasidan foydalanamiz:
Texnologiyaning maqsadi - o’quvchilarning bir-birlariga tezlik bilan ko’nikishlari yoki o’zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishini ta’minlash.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Tanlanadigan mavzu o’quvchilarni bahsga chorlovchi, muammoli bo’lish bilan bir qatorda qiziqarli bo’lishi kerak, aks holda, bahs davomida o’quvchilar o’z fikrlarini davomli bayon eta olmaydilar. Texnologiya - to’g’ri sharhlashga, o’z fikrini himoya qilishgan, erkin muloqot qilishga, dadil bahslashishga, nutqiy madaniyatga ega bo’lishga o’rgatadi. Bahsga tayyorgarlik:
• bahs mavzusini tanlash va tarbiyaviy vazifasini aniqlash;
• bahsni o’tkazish uchun mas’ul va boshlovchilarni tayinlash;
Bahs qatnashchilari qoidalari:
• fikrini bayon etishdan avval yaxshilab o’ylab olishi va aniq, soda, mantiqan hamda ketma-ketlik bilan bayon qilishi ;
• kimningdir fikriga qo’shilmasa, xatosini aytmay haqgo’ylik bilan bahslashish;
• bahslashuv vaqtida muloqot madaniyatiga rioya qilish: ovozni balandlatmaslik, bahslashayotgan suhbatdoshini hurmat qilish.

Aytaylik, 6-sinf adabiyot darsida X. To’xtaboyevning darslikda(2017-yil) berilgan “Sariq devni minib” asaridan parchalar o’rganilgach, o’quvchilarga «Bilimsizlik pand beradi» mavzusida tahlil darsi tashkil etiladi. (Darslikda mavzu yakunlangach «Bilimsizlik pand beradi» mavzusida insho yozish topshirig’i bor. 81-bet) Buning uchun mavzu g’oyasini belgilovchi o’quvchi kutmagan parchalar jamoada tahlil qilinadi, so’ngra barcha fikrlar saralanadi.


Bahslashuv uchun matn:


……..Ishqilib, ana shu narsalarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim-u, ertalab nonushtadan so‘ng to‘ppa-to‘g‘ri folbin xolamning uyiga qarab yo‘l oldim. Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Qalpoqni kiyib sekin ichkari kirdim. Folbin xolam qorong‘i uyda o‘tirib olib rom ochyapti, qarshisida bola qo‘ltiqlagan mening oyimga o‘xshagan cho‘ziq yuzli bir ayol o‘tiribdi……
Savol: 1. Nega folbin xolaning uyi odamlar bilan gavjum?
2. …… yettita xotin, beshta chol, uchta bola… Nima anglashildi?
3…… rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Bunda-chi?
4. Folbinning qorong’u uyda rom ochishini qanday tushundingiz?

Ko’rinib turganidek, o’quvchi asarda bilimsizlikning pand berishi faqat Hoshimjonning emas, kichik matnda tasvirlangan kishilarning xatti-harakatlarida ham yaqqol sezilishini anglaydi.



Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin