Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 44,21 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü44,21 Kb.
#167837
  1   2   3   4   5   6   7
Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar-fayllar.org


Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar



KREDIT BO’YICHA FOIZ STAVKALAR VA UNGA TA’SIR QILUVCHI 

OMILLAR 
1. Kreditning bahosi tushunchasi. Nominal foiz stavkasi. Real foiz stavkasi. Oddiy 

foizlar va ularni hisoblash tartibi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash tartibi.


2. Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari. Qisqa muddatli pul bozorida 
kreditlar bahosining shakllanishi.
3. Kapital bozorida o’rta va o’zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi. 
4.Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar.
5. Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy bankning lombard stavkasi. 


Tayanch iboralar: foiz, baho, norma, qayta moliyalashtirish, nominal foiz, haqiqiy
foiz,bozor bahosi, kredit bahosi, 


1. Kreditning bahosi tushunchasi. Nominal foiz stavkasi. Real foiz stavkasi. 

Oddiy foizlar va ularni hisoblash tartibi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash tartibi. 
Korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni 
o’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu
bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z 
mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni
qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan 
mustasno).
Kreditning to’lovi nafaqat banklar xo’jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, 
korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi. 
Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi
o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. 
Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi
me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi. 
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini
shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir. 
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyidagilardan iborat:
1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz 
siyosatida anik belgilab kuyilgan bo’lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy
maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, 
boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda 
kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor
stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy
boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa 
ko’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish. 
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga
oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, 
demak, o’zining manfaatini xam amalga oshirgan bo’ladi. Banklar foiz siyosatini amalga
oshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizni ularning o’zlari takdim etadigan ssudalar 
uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning
summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. 

Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilar


e’tiborga olinadi: 
- ta’minlangan ssudalar bo’yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga
beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; 
- xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun
qo’shimcha to’lov. 
Foiz stavkasi- jalb qilgan mablag’lar bo’yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir.
Amalda mablag’larni jalb qilish turlari qancha ko’p bo’lsa ularni foiz stavkasi turlari ham 
ham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz
pul uchun mazkur zayom bo’yicha foiz stavkasi to’laydi, bu o’z navbatida qo’yilgan 
mablag’(nakd, mulk va boshqalar) bo’yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan
ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasi deyiladi. 
Foizlarni hisoblashda tartib bo’yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham
hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim hollar da har kunlik 
hisoblash qo’llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga
ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi. 
Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payish
quroli ko’rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag’larni bir egasidan boshqasiga 
oqib o’tish va ko’payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik
darajasini o’lchash uchun joriy etiladi. 
Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang’ich summasiga yoki avalgi davlar uchun
hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga 
qo’llaniladi. Shunga o’xshash hisob stavkalari ham qo’llaniladi. Mos holda, asosiy foiz
stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va 
murakkab hisob stavkalari.
Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari so’zib yuruvchi yoki o’zgaruvchan 
stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi
stavkani vaktlar bo’yicha o’zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan o’rnatilgan 
«LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qo’shimcha daromad-marja qo’shiladi. Shunday qilib,
umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o’zgarishi hisobiga o’zgarib 
turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo’yicha o’zgarishi orqali ko’rsatilishi
mumkin.1 
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aktsiya va xosilaviy
qimmatli qog’ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug’ullanuvchi 
davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli
majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va 
tijoratli avanslar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o’xshash aktivlar sotiladi. Qarzli
majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan 
summani to’lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog’ozlar deyiladi.
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga 
bo’linadi:
-qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul 
bozori deyiladi
-o’zoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aktsiya bozori-(qaytarish muddati 1 
yildan yuqori) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo’lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan 
foizli qimmatli qog’ozga o’xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta
1 Игошин Н.В. Инвестиции. Организация управления и финансирование: Учебник для вузов. - М.:
Финансы, ЮНИТИ, 2007. - 413 с 

korxonalarni tijorat vekseliga o’xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori


integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi 
uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajat liligi hamda oddiyligiga
bogliq holda aniqlanadi. 
Qo’shimcha bo’lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy
belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda 
o’zgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qo’shimchaning miqdori shartnoma shartlari va
tavakkalchilik darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz
stavkasi 
deganda
nominal

foiz
stavkasini 


pulning
qadrsizlanish 
darajasiga
muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb 
belgilansa:



Yüklə 44,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin