Kredit-modul tizimini joriy etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi



Yüklə 485,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.10.2022
ölçüsü485,03 Kb.
#66559
1   2   3   4   5   6   7   8
395-Текст статьи-992-1-10-20220107

Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
365
http://interscience.uz
Umumyevropa ta’lim makonini yaratish zarurati quyidagi masalalarni 
xal etish xolatlarni siqib chiqarmoqda: 
-Sharqiy Yevropa va AQShdan talabalar oqimini jalb qiladigan AQSh, 
Kanada, Avstraliya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi ta’lim 
maktablariga qarshi muvozanatni tashkil etish uchun Yevropa ta’limini qayta 
tiklashning dolzarb ehtiyoji; 
-yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga fundamental 
yondashuvlarni o’zgartirishni talab qilayotgan zamonaviy iqtisodiyotning 
globallashuvi. Ishning bosqichma-bosqich o’sishi kontseptsiyasi yo’qolib 
bormoqda: bitta korxonada uzok muddat ishlaydigan mutaxassislar soni 
kamayib bormoqda. Kasbiy vazifalarni shaxsiylashtirish shartlarning bir 
xilligini va xodimlarning almashinuvchanligi va h.
Ishchi kuchi qabul qilingan tor standart doirasidan chiqib bormoqda, 
ya’ni nostandartlashmoqda. An’anaviy mehnat turlari o’ziga xosligini 
yo’qotmoqda. Mutaxassislarni izolyatsiyasi yo’q qilinmoqda, bu esa 
mutaxassisliklarning o’zgaruvchan parametrlari shakllanishiga olib keladi.
Bir kasbni egallashga qaratilgan kasb-hunar dolzarbligini yo‘qotib 
bormoqda. Professionallikni baholashga yondashuvlarni bosqichma-bosqich 
tubdan o’zgarishi, diqqatni ta’lim jarayonining shakllari va mazmunidan 
natijalarga yo’naltirish uchun mo’ljallangan Boloniya tizimi bo’yicha 
ta’limni joriy etish zarurligiga olib keldi
Hozirga qadar deyarli barcha Yevropa davlatlari o’zlarining milliy oliy 
ta’lim tizimlarida islohotlar o’tkazdilar, ta’lim kreditlari asosida tizimlarni 
joriy etdilar. Biroq, ular bir-biridan juda katta farq qiladi, buning sababi
esa mamlakatlarning milliy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga 
yo’naltirilganligidadir. Har bir davlat o’ziga xos ta’lim tizimini, milliy tarixiy 
va madaniy an’analarini saqlab qolishga intiladi, buni bir qator Yevropa 
mamlakatlarining ta’lim tizimlari tahlili ko’rsatmoqda.
Shunday qilib, Yevropaning milliy ta’lim tizimlaridagi baholash ko’lamini 
umumevropa shabloniga aylanib ulgurgan ECTS tizimiga maksimal darajada 
muvofiqlashtirishi va tenglashuvi inkor etib bo‘lmaydigan zaruriyat edi. 
Evropa kreditiga keladigan bo‘lsak - bu tyutor va talaba o’rtasidagi aloqa 
soatlari hajmining ma’lum bir shartli birligi. O’rtacha har bir talaba bir o’quv 
yilida 60 evropa kreditini olishi kerak.
Yevropa kreditlarida doim talaba qancha vaqt auditoriyada shug‘ullanishi 
haqidagi masala ochiq qoladi, va bu raqam fan, o‘qituvchi yoki universitetga 
qarab o‘zgarishi mumkin. 2004 yilning aprelida Ednet ta’lim tarmog‘i 
tomonidan o‘tkazilgan «Ta’lim bozorini globallashtirish: Markaziy Osiyo 
universitetlari reformalari» mavzusidagi 4-Xalqaro anjumanda 1 ECTS krediti 
- auditoriya mashg‘ulotlari, kollokviumlar, anjumanlar, kutubxonalardagi 
bahs-munozaralar, tashqi tadbirlar va shu kabida qatnashishni, ya’ni 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
366
Education and innovative research 2021 y. №5
barcha turdagi kontakt mashg‘ulotlarini ham hisobga olgan holda 24-36 ish 
soatlariga teng degan xulosaga kelingan. ECTS tizimida taxminan 60 kredit – 
bir akademik yil, 30 kredit – bir semestr, 20 kredit –bir trimestrdagi ta’limga 
mos keladi. ECTS kredit – fanning o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirish uchun 
mehnat sarfini ifodalaydi, ish soatlari deganda esa – barcha turdagi kontakt 
soatlar tushuniladi, deb aytish mumkin. 
AQSh ta’lim tizimining tuzilishi: talabalar tomonidan sertifikatlar, 
diplomlar, ilmiy darajalar va boshqa malakalarni olish jarayonida amerika 
maktab o’qituvchilari va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari akademik 
yoki o’quv kreditlari miqdorlarni hisoblash va izohlash uchun turli xil 
formulalardan foydalanadilar. Ko’pgina hollarda, yig‘ilgan «kredit soatlari» 
yoki «kredit birliklari» atamasi bilan belgilanadi. AQSH da qabul qilingan 
USCS (US Credit System) tizimida kredit-soat – bu o‘qish vaqtiga asoslangan 
o‘lchovdir. Masalan, bakalavriatda 1 kredit-soat talabaning semestr davomida 
har haftadagi 1 akademik soat auditoriya ishiga teng. Bundan tashqari har bir 
auditoriya mashg‘ulotiga 2 soat (100 minut) mustaqil ish qo‘shib beriladi. 
Magistraturada, va ayniqsa doktoranturada bu mehnat hajmida mustaqil 
ishning hissasi ko‘payib borishi nazarda tutiladi. 
AQSH da bakalavr darajasini olish uchun 4 yilda kamida 120 kredit-soat, 
magistr uchun 1-2 yilda mos ravishda 30-60 kredit-soat, doktorlik dasturlarida 
esa 3-4 yilda mos ravishda 60-90 kredit-soat to‘plash talab etiladi. 
USCS tizimi Amerika talabalarining mobilligini oshiradi, chunki bir 
universitetda olingan kreditlar boshqalarida ham hisobga olinadi va talabalar 
o‘qishlarini bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga sinov birliklarini saqlagan 
holda ko‘chirishlari mumkin. Bunday amaliyot qoldirilgan o‘qish va o‘qishga 
tiklash jarayonlarini o‘zaro bog‘lash uchun ham qo‘llaniladi.
Yevropa, Amerika va Britaniya sinov birliklari tizimi bilan bir qatorda 
Osiyo-Tinch Okeani regioni uchun UCTS (University Credit Transfer System) 
universitet kreditlarini o‘tkazish tizimi ham mavjud. Bu tizimga regionning 
yirik davlatlari, masalan, Yaponiya va Xitoy umuman qo‘shilishmagan. 
UCTS tizimida esa evropa krediti kabi bir yilga 60 kredit xisoblanadi. UCTS 
tizimi talabalarni boshka oliy o’quv yurtiga o’tishdagi baxolarini xisoblash 
uchun qo’llaniladi, ta’lim tizimiga xech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Talaba 
xorijda o’qish dasturini o’zi mustaqil tuzib chiqadi. Faqatgina ushbu dastur 
mavjud bo’lsagina, talabani jo’natayotgan oliy ta’lim muassasi va qabul qilib 
olayotgan ta’lim muassasi o’rtasida qanday kredit asosida o’qishi haqida
bitim tuziladi.
Bu loyihaning tajriba loyixasi 5 yilga (1999-2004 yy.) mo‘ljallangan 
bo‘lib, uning maqsadi UMAP (Osiyo-Tinch okeani regionida universitetlar 
mobilligi) tashkiloti tomonidan regionda va UMAP faoliyat sohasiga kiruvchi 
hududlarda va dunyoning boshqa regionlaridagi davlatlar bilan birgalikda 


Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
367
http://interscience.uz
xorijiy oliy o‘quv yurtlaridagi olingan kreditlarni kafolatli tan olish orqali 
talabalar almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam ko‘rsatish edi.
Talabaning akademik muvaffaqiyati universitetda qo’llaniladigan bilimlarni 
baholash tizimidan foydalangan holda aniqlanadi, lekin ballarni majburiy 
ravishda milliy shkala va ECTS shkalasiga tushirish bilan belgilanadi.
Ushbu xolatga misol tariqasida, O‘zbekiston Respublikasida talabalar 
o‘zlashtirishining baholash tizimlari 1-jadvalda keltirilgan.
Oliy ta’limda talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimlari 
Asosiy baholash mezonlari:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil 
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) 
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi 
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) 
baho;

Yüklə 485,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin