Kredit-modul tizimini joriy etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi



Yüklə 485,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix27.10.2022
ölçüsü485,03 Kb.
#66559
1   2   3   4   5   6   7   8
395-Текст статьи-992-1-10-20220107

Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
369
http://interscience.uz
- o’quv jarayonini tashkil etishda shaxsga yo’naltiriladi, bu talabalarga
individual o’quv dasturlarini tuzish, fanlarni o’zlashtirish ketma-ketligini 
erkin belgilash va o’quv mashg’ulotlarining shaxsiy semestr jadvallarini 
mustaqil ravishda tuzish imkoniyatini beradi;
-o‘quv rejalari, dasturlari va ta’lim mazmuni standartlarini doimiy 
rivojlanishini shakllantiradi;
- professor-o‘qituvchilarga xatto o‘qitish metodikalarini ham tanlash 
erkinligini beruvchiakademik mustaqillik beradi;
- o’qitish to’lovlari va o’qituvchilarning ish haqi miqdorining iqtisodiy 
hisob-kitoblari optimallashtirish;
-universitetning tarkibiy o’quv bo’limlari daromadlari va xarajatlari 
byudjetlarini shakllantirish va h.
O’quv jarayonini tashkil etishda talaba shaxsiga yo‘naltirilganlik va 
va ta’lim faoliyatini baholashning rag’batlantiruvchi ball-reyting tizimini
pedagogik menejmentning rivojlanib boruvchi tamoyillari bilan mutanosibligi
kredit tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. 
Pedagogik menejmentning asosiy tamoyillari:
- ta’limning aniq belgilangan mukammal natijalari va maqsadlari;
- ta’lim jarayonining pedagogik loyixalash;
- foydali maslahat;
- me’yorlash;
- tezkor, ishonchli (ob’ektiv), to’liq, aniq va doimiy hisobga olish;
- talabalarga nisbatan ob’ektiv munosabat;
- talabalar va pedagoglarning o’zaro intizomi;
- topshiriqlarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini baholash (ta’lim 
olishga rag‘batlantiruvchi motivatsiyasini rag’batlantiradigan vositalar yoki 
ballar hisobida).
- o’qituvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan standart yo’riqnomalar 
mavjudligi va ularga qat’iy rioya qilish, bu ta’lim oluvchilarning o’qish sifatini 
oshirishga, o’qituvchilar va talabalarning o’zaro nazoratining ob’ektivligi va 
talabalar baholarining bashorat qilinishiga yordam beradi.
Kredit tizimining joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarini rivojlantirish, 
shuningdek xalqaro integratsiya jarayonlarida ishtirokini kengaytirish 
talablari bilan bog’liq.
Ta’kidlab o‘tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va 
elementlari qisman O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga tatbiq qilingan. SHunday 
ekan, biz bu erda kredit-modul tizimining faqat biz uchun yangi bo‘lgan 
va amaldagi ta’lim tizimida mavjud bo‘lmagan bir necha muammoli jihati 
va afzalliklari haqida fikr yuritamiz va zarur joylarda amalga oshirishning 
imkoni bo‘lgan takliflarimizni keltirib o‘tamiz.


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
370
Education and innovative research 2021 y. №5
- Oliy ta’limning samaradorligi. Amaldagi ta’lim tizimida talabalar 
1-kursdan boshlab yo‘nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo‘yicha ajratilib 
ixtisoslik fanlarini o‘qishni boshlashadi. YA’ni, biz talabani hali abiturientlik 
paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib qo‘yamiz. Kredit-
modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari 
semestrdan semestrga oshib boradi.
- Talabaning mustaqil ish turlari. Ochig‘ini tan olishimiz kerak, biz asosan 
«talabani qanday o‘qitishimiz kerak?», degan muammo ustida bosh qotiramiz. 
Kredit-modul tizimida esa «talaba qanday o‘qishi kerak?» degan muammo 
ko‘ndalang qo‘yiladi. Yа’ni, kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishga keyslar, topshiriqlar, intervyu, 
krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, 
kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan to‘garaklarida qatnashish,
vodkastlar, o‘rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar va h.k.larni misol qilib 
keltirish mumkin. Bunda eng asosiy masala – har bir fan bo‘yicha o‘ziga xos 
mustaqil ish turlarini ishlab chiqishdir.
- Ta’lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta’lim mazmuni «ta’lim 
natijalari» asosida rejalashtiriladi. Yаnada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 
talabalarga o‘qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy 
faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi.
- Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni 
hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish amaliyoti qo‘llaniladi. Ya’ni, talabaga 
o‘z shaxsiy traektoriyasini tuzish va har semestrda boshqa akademik guruhda 
o‘qish imkoni beriladi. Shuningdek, talabalarni differensial o‘qitishga jiddiy 
e’tibor qaratiladi, bunda ilg‘or talabalarni alohida o‘qitish orqali ta’lim 
samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin.
- Baholash tizimining shaffofligi. Kredit-modul tizimida o‘qituvchi 
asosan o‘qitish bilan shug‘ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga 
oshiradi. YA’ni, pedagoglar «lektor» va «tyutor» larga ajratiladi. Lektor – 
nazariy bilim beradi, tyutor – nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni imtihonga 
tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ-3775-
sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat 
jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning o‘zlashtirish darajasi 
– professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib 
belgilandi. Yа’ni, endilikda «o‘qituvchining o‘zi o‘qitib - o‘zi baholash» 
usuli kun tartibidan olib tashlanadi.
Kredit-modul tizimining oliy ta’limni modernizatsiya qilishda boshqa 
ta’lim tizimlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘layotgan afzalliklari bilan 
birga, ayrim kamchiliklari ham mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:



Yüklə 485,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin