Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
371
http://interscience.uz
- o’qitishning an’anaviy shakllarini bekor qilish (ma’ruzalar va
seminarlar);
- ta’lim jarayonida o’qituvchining rolini pasayishi;
- amaliyotga haddan tashqari e’tibor berish;
- fundamental bilimlarning mohiyati pasayishi.
- katta moddiy xarajatlarni talab qiladigan ta’lim sharoitlarining tez-tez
o’zgarishi.
Shunday qilib, kredit tizimini joriy qilish orqali O’zbekiston oliy ta’limi
qanday natijalarga erishishi mumkin? Uning kelajagi qanday?
Ma’lumki, ta’lim tizimi globallashuvning jadal o’sishi va axborotlashtirish
jarayoni rivojlanishining zamonaviy talablariga javob berishi kerak. Ta’lim
jarayoniga kredit tizimini joriy etish, bo‘lajak oliy malakali mutaxassislar
kerakli ma’lumotlarni topishi va qayta ishlashi, tahlil qilishi va kelgusi
ishlarida samarali foydalanishi ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari
kafolatlanadi.
O‘zbekistonda oliy ta’limga kredit tizimidan foydalanish, hozirgi beqaror
xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarimizni yuqori reytingini
ta’minlash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak:
Kredit tizimida eng avvlo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor
qaratiladi.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi.
Kredit ta’lim tizimida o‘quv ishlari hajmi o‘qitiladigan material hajmi
bo‘yicha aniqlanadi va kreditlarda o‘lchanadi.
Barcha turdagi amaliyotlar va diplom ishlari, qo‘shimcha fanlar ta’lim
dasturi doirasida amalga oshiriladi va umumiy kreditlar hisobiga kiritiladi.
Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv
rejasi yotadi. Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish
beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim.
Kredit ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z
talabalariga Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida
mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli
yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar
yaratishi lozim.
Oliy ta’lim tizimida ECTS uchta muammoni xal etadi: turli davlatlarning
oliy ta’lim tizimidagi o‘quv rejalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirish; talabalar
mobilligini ta’minlash; akademik darajalarni tan olinishi.
Kredit ta’lim tizimi yordamida yosh avlodimizni ijodkor, oliy malakali
mutaxassis, tashabbuskor va novator sifatida tarbiyalash, ta’lim sifatini yangi
bosqichga ko’tarish mumkin.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
372
Education and innovative research 2021 y. №5
Kredit ta’lim tizimini o‘rganish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
dunyoning turli davlatlarida u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga
qaramasdan, kredit ta’lim tizimining samarasi va maqsadga muvofiqligi
uning ko‘plab dunyo davlatlari ta’lim tizimlarida ko‘proq tarqalganligi
bilan asoslaniladi, chunki ta’lim dasturlarining talabalarda mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi ijodiy faollikni va bilim olishga
o‘zini safarbar qilishga, oxir-oqibat ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi 4947-sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni.
4. Gancherenok I.I., Gribovskaya E.L. Modeli magistrskoy podgotovki:
Shvetsiya, Velikobritaniya, Ispaniya. Minsk,2002, 96 s.
5. Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv
jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.:
«Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
6. Usmonov B.Sh, Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv
jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.:
«Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
7. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS
kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu
Bransvik Universiteti, 2020 y.
8. The European Higher Education Area. - Joint Declaration of the
Ministers of Education. - Bologna, 1999, 19 June.
Dostları ilə paylaş: |