Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
363
http://interscience.uz
deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat
yurita boshlashidan darak beradi.
Kredit-modul tizimi nimani nazarda tutadi, kelib chiqish tarixi qanday,
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga
joriy etishning maqsadi
nimada? Ta’lim jarayonini tashkil qilishning kredit-modulli tizimi - bu
modulli o’qitish texnologiyalari va kredit yoki kredit ta’limi bo’linmalarining
kombinatsiyasiga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etish modeli. Ta’lim
jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko’p qirrali va murakkab harakatlar
va o’zaro ta’sir tizimidir.
Kredit-modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan:
- talabalarning mustaqil ishiga;
- o’quv jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimini va talabalarning
ta’lim yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlashga.
Ilk bor kredit-soat tizimi, AQShda paydo bo’lgan va rivojlangan. 1869
yilda Amerika ta’limining
taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti
Charlz Eliot tomonidan «kredit soati» tushunchasini kiritildi va 1870-80
yillarda kredit soatlarida o’lchangan akademik ish xajmi miqdori joriy etildi.
1892 yildan «kredit-soat» tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga start
berildi. AQSh Milliy ta’lim qo’mitasi tomonidan «kollej-maktab» aloqasini
yaxshilash, o’quv dasturlarini standartlashtirish maqsadida umumta’lim
maktablarida nafaqat kollejlarda, balki o’rta maktablarda ham «kredit»
tushunchasi joriy etildi. Maktablar, bakalavr, magistratura va doktorantura
ta’lim dasturlari mazmuni hajmini baholash uchun kredit tizimiga o‘tildi.
XX asrning so’nggi o’n yilliklarida Yevropada o’quv
dasturlarini
xalqarolashtirish oliy ta’limning ustuvor tendentsiyalardan biriga aylandi.
Xalqaro o’quv dasturlarida universitetlarning ishtirok etishi dolzarb
masalalardan biriga aylandi. 1987 yil Yevropa Ittifoqida tashkil etilgan
ERASMUS talabalar almashinuvi bo’yicha ta’lim dasturi (Universitet
talabalarining harakatchanligi bo’yicha Evropa hamjamiyati harakatlari
sxemasi) qabul qilindi. Dastlab ERASMUS dasturi Yevropaning 12
mamlakatida eng yaxshi deb tan olindi va keng tarqaldi. To’plangan tajriba
qayta ishlab chiqilib 31 mamlakatda faoliyat
yuritadigan barcha yosh
guruhlari va darajalardagi ixtisoslashgan SOCRATES ta’lim dasturi uchun
asos sifatida qabul qilindi. Bundan tashqari, talabalar almashinuvi bo’yicha
Yevropaning ilm-fan o‘chogi va universitetlar imidjini mustahkamlashga
qaratilgan Leonardo Da Vinchi va Tempus Tacis o’quv dasturlari ham faoliyat
yuritadi.
Ushbu dasturlarni tadbiq etar ekan Yevropa ta’lim tizimlarining o‘ziga
xosliklari bilan bog‘lik bo‘lgan ya’ni, xilma-xill va ba’zi holatlarda bir-biri
bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajadagi turli xil ta’lim tizimlar kabi o‘ziga
xos muammolarga duch keldi.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
364
Education and innovative research 2021 y. №5
Haqiqatan ham shunday vosita ishlab chiqish kerak ediki, milliy ta’lim
tizimlarini shaffofligini ta’minlab, bir-biri bilan solishtirishni engillashtirish
lozim edi. ERASMUS dasturining sinov loyixasi sifatida shakllangan va 6
yil davomida Yevropaning 145 ta oliy ta’lim muassasalarida tajribadan utgan
– ECTS (European Credit Transfer System) tizimi ushbu vazifani bajara
olishini ko‘rsatdi.
Bolonya ta’lim tizimi - bu 1998 yilda etakchi Yevropa mamlakatlari
Germaniya, Italiya, Angliya, Fransiya ta’lim
vazirlari tashabbusi bilan
tuzilgan umumiy ta’lim maydoni. Ushbu tashabbusni boshqa davlatlarning
rasmiylari qo’llab-quvvatladilar va 1999 yilda Yevropaning 29ta davlati
ECTSga aloxida ahamiyat qaratilgan va diplom ilovalariga umumevropa
maqomini beruvchi Bolonya deklaratsiyasini imzoladi. Shu bilan birga,
ECTSning vazifalari oliy ta’limning
yagona tizimini yaratish emas, balki
ta’lim siyosati sohasida mamlakatlar va universitetlarning avtonomiyalariga
saqlagan holda xalqaro shaffoflik va mavjud ta’lim tizimlari va malakalarining
muvofiqligiga erishishdir.
Bolonya tizmining ochiqligi boshqa mamlakatlarni bosqichma-bosqich
qo’shilishini ta’minlamoqda. Bugungi kunda Bolonya tizimi 48 mamlakatni
birlashtirgan xolda, yangi a’zolarni birlashtirish davom etmoqda. Bugungi
kunga kelib, Yevropadagi deyarli barcha davlatlar milliy oliy ta’lim tizimida
ta’lim kreditlariga asoslangan isloxotlarni amalga oshirganligini ko‘rish
mumkin. Har bir mamlakat ta’lim
tizimidagi milliylikni, o‘ziga xoslikni
saqlab qolgan holda, hamkorlar tomonidan to’plangan tajribadan eng
yaxshi va eng ilg’oridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish barobarida,
oliy ta’lim tizimlari - talabalar mobilligi; boshqaruvdagi
moslashuvchanlik;
Yevropa universitetlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatiga erishildi.
Bularning barchasi Yevropaning jahon ta’limi bozorida yanada jozibador
bo’lib borayotganiga hissa qo’shadi.
Bolonya ta’lim jarayonining maqsadi:
- Yevropa yagona ta’lim zonasidagi tizimning asosiy yo‘nalishi sifatida,
fuqarolar mobilligini doimiy ravishda rivojlantirgan xolatda, o‘qishni
tugatgach ish bilan ta’minlashning haqiqiy imkoniyatini yaratish.
- Intellektual, ilmiy, ijtimoiy va madaniy salohiyatni takomillashtirish va
barqarorlashtirish.
-Yevropa universitetlari tizimining jozibadorligini oshirish, ya‘ni
Yevropa universitetlari va institutlarining mablag, ta’sir va talabalarni jalb
qilishdagi global musobaqada raqobatbardoshligini ta’minlash.
-Milliy oliy ta’lim tizimlarining muvofiqligi va universalligiga erishish.
-Ta’lim sifatini oshirish. Oliy o’quv
yurtlarining umumiy madaniy
qadriyatlarni rivojlantirishdagi rolini oshirish, universitetlarga xalqaro ong
tashuvchisi maqomini berish.