Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
368
Education and innovative research 2021 y. №5
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning)
mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb
topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Kredit tizimiga quyidagi tamoyillar asos bo‘ladi:
1. «Rezonanslik» tamoyili, ya’ni oliy ta’lim
tizimi Boloniya
deklaratsiyasiga asosan ikki bosqichli tizim sifatida ko‘riladi, quyidagi oddiy
formula yordamida hisoblanadi
Bu erda
- kredit, ya’ni ma’lum kreditni yiqqan talaba,
kutilgan
akademik darajaga ega bo‘ladi. Shunisi qiziqki, mutaxassislarni ikki
bosqichli tizimda tayyorlash ta’lim jarayonini barqarorligini ta’minlaydi.
Boshqa
tomondan olganda, «rezonanslik» tamoyili ta’lim traektoriyasini
optimallashtirish imkoniyatini beradi, uning asosiy g‘oyasi bilim va malakalar
juda ko‘p bo‘lishi kerak emas, talab etilayotgan resurslarni optimallashtirish
uchun ularning miqdori qatiy belgilangan bo‘lishi zarur.
2. Ta’lim jarayonining nosinxronlik tamoyili ya’ni kredit olishning
(bilimlarni egallashda)
xamma uchun qatiy, oldindan belgilangan bir xil
tizimining ehtiyojning yo‘qligi.
3. Me’yorlar o‘zgarishi tamoyili, ya’ni Y=f(T) (sovet modeli) dan
Y=f(K) modeliga o‘tish. Y- akademik daraja, T-vaqt, K-kredit. Boshqacha
aytadigan bo‘lsak, qatiy vaqt va aynan o‘qish muasssasiga bolig‘qlik o‘z
kuchini yo‘qotadi.
4. «O‘z-o‘ziga rejisser» tamoyili, ya’ni har bir talaba o‘zining shaxsiy
ta’lim traektoriyasini tanlaydi:
=
+…=
5.
Texnologiyalashtirish tamoyili, ya’ni oliy ta’limni ommalashuviga
yo‘naltirish.
6. Moslashuvchanlik (konvertatsiyalash) tamoyili, turli oliy ta’lim
muassalarida to‘plangan kreditlar va baholar o‘zaro tan olinishi.
Bunda
quyidagi formuladan foydalaniladi:
1 amerika kredit-soat = 1 xitoy krediti = 1 yapon zachet birligi = 2
evropa krediti = 2 osiyo-okeaniya krediti = 4 britaniya krediti.
ECTS talablariga javob beradigan kreditlarning asosiy elementlari va
maqsadlarining funktsionalligi nuqtai nazardan kredit tizimi quyidagilar
uchun asos bo’lib xizmat qiladi.