Kredit-modul tizimini joriy etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi



Yüklə 485,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix27.10.2022
ölçüsü485,03 Kb.
#66559
1   2   3   4   5   6   7   8
395-Текст статьи-992-1-10-20220107

Образование и инновационные исследования (2021 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
371
http://interscience.uz
- o’qitishning an’anaviy shakllarini bekor qilish (ma’ruzalar va 
seminarlar);
- ta’lim jarayonida o’qituvchining rolini pasayishi;
- amaliyotga haddan tashqari e’tibor berish;
- fundamental bilimlarning mohiyati pasayishi. 
- katta moddiy xarajatlarni talab qiladigan ta’lim sharoitlarining tez-tez 
o’zgarishi.
Shunday qilib, kredit tizimini joriy qilish orqali O’zbekiston oliy ta’limi
qanday natijalarga erishishi mumkin? Uning kelajagi qanday? 
Ma’lumki, ta’lim tizimi globallashuvning jadal o’sishi va axborotlashtirish 
jarayoni rivojlanishining zamonaviy talablariga javob berishi kerak. Ta’lim
jarayoniga kredit tizimini joriy etish, bo‘lajak oliy malakali mutaxassislar
kerakli ma’lumotlarni topishi va qayta ishlashi, tahlil qilishi va kelgusi 
ishlarida samarali foydalanishi ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari 
kafolatlanadi.
O‘zbekistonda oliy ta’limga kredit tizimidan foydalanish, hozirgi beqaror 
xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarimizni yuqori reytingini 
ta’minlash imkoniyatini beradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak:
Kredit tizimida eng avvlo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor 
qaratiladi.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi.
Kredit ta’lim tizimida o‘quv ishlari hajmi o‘qitiladigan material hajmi 
bo‘yicha aniqlanadi va kreditlarda o‘lchanadi.
Barcha turdagi amaliyotlar va diplom ishlari, qo‘shimcha fanlar ta’lim 
dasturi doirasida amalga oshiriladi va umumiy kreditlar hisobiga kiritiladi.
Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv 
rejasi yotadi. Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish 
beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim.
Kredit ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z 
talabalariga Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida 
mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli 
yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar 
yaratishi lozim.
Oliy ta’lim tizimida ECTS uchta muammoni xal etadi: turli davlatlarning 
oliy ta’lim tizimidagi o‘quv rejalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirish; talabalar 
mobilligini ta’minlash; akademik darajalarni tan olinishi.
Kredit ta’lim tizimi yordamida yosh avlodimizni ijodkor, oliy malakali 
mutaxassis, tashabbuskor va novator sifatida tarbiyalash, ta’lim sifatini yangi 
bosqichga ko’tarish mumkin.


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №5)
ISSN 2181-1709 (P)
372
Education and innovative research 2021 y. №5
Kredit ta’lim tizimini o‘rganish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 
dunyoning turli davlatlarida u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga 
qaramasdan, kredit ta’lim tizimining samarasi va maqsadga muvofiqligi 
uning ko‘plab dunyo davlatlari ta’lim tizimlarida ko‘proq tarqalganligi 
bilan asoslaniladi, chunki ta’lim dasturlarining talabalarda mustaqil ishlash 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi ijodiy faollikni va bilim olishga 
o‘zini safarbar qilishga, oxir-oqibat ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi 4947-sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr 
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni.
4. Gancherenok I.I., Gribovskaya E.L. Modeli magistrskoy podgotovki: 
Shvetsiya, Velikobritaniya, Ispaniya. Minsk,2002, 96 s.
5. Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv 
jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: 
«Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
6. Usmonov B.Sh, Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv 
jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: 
«Tafakkur» nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
7. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS 
kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu 
Bransvik Universiteti, 2020 y.
8. The European Higher Education Area. - Joint Declaration of the 
Ministers of Education. - Bologna, 1999, 19 June.

Yüklə 485,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin