1.3 Kreditning turlari va shakllari Kredit qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan berilishi va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, bir necha tur va shakllarga bo’linadi.
A. Kreditning berilish muddatlariga qarab qo’yidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda: 1. Qisqa muddatli kreditlash;
2. Uzoq muddatli kreditlash (investision loyihalarni moliyalashtirish).
Shuni ham aytish joizki, qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo’lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kredit berishning chegarasi bo’lib xizmat qiladi.
1.1.Tijorat banklari yuridik shaxslarga qisqa muddatli kreditlarni qo’yidagi maqsadlar uchun ajratadi:
1) xom-ashyo va materiallarni sotib olish;
2) yuqori likvidli tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish;
3) ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq tayyorlov mahsulotlari uchun;
4) ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotlarni joriy qilish bilan bog’liq xarajatlar va bu maqsadlarga aylanma mablag’larning xarajatlari uchun;
5) ishlab chiqarish texnologik jarayonlari sifati, tovar-moddiy boyliklarni hajmini oshirish, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, mahsulotlari sifati va ishonchliligiga hamda uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash maqsadida;
6) aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish uchun;
7) qonunchilikda ta’qiqlanmagan tijorat faoliyatlari uchun;
8) import qilinadigan va mahalliy texnologik jihozlarni sotib olish;
9) eksport va import amaliyotlarini o’tkazish uchun;
10) korxona va tashkilotlarning ish haqqiga;
11) yuqori likvidli tovarlar savdosi uchun;
12) boshqa qonunchilik ta’qiqlanmagan faoliyat turlari uchun.
1.2. Jismoniy shaxslarga ajratiladigan qisqa muddatli kreditlar:
-xalq iste’moli tovarlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlari;
-ta’lim kreditlari;
-aholiga ko’rsatiladigan tibbiyot (sihatgohlarda davolanish) xizmatlari va aviachiptalar sotib olish uchun;
- qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa yo’nalishlar uchun kreditlar.
Uzoq muddatlikredit turlariga kelganda esa, u ham kredit munosabatlari tarkibida alohida o’rin egallaydi.
Uzoq muddatli kreditlar - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir harajatlarni sarmoya (investisiya) bilan ta’minlash, yangi turdagi mahsulot va yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, shuningdek boshqa investision maqsadlar uchun va ishlab chiqarishni qayta tiklash va yangilash bilan bog’liq tez qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi tadbirlar uchun beriladi.