Kredit turlari


Uzoq muddatli kredit 1 yildan oshiq muddatgacha beriladigan ssudadir



Yüklə 25,84 Kb.
səhifə4/9
tarix02.06.2023
ölçüsü25,84 Kb.
#123400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kredit turlari

Uzoq muddatli kredit 1 yildan oshiq muddatgacha beriladigan ssudadir, lekin ssuda muddati ssudaning qoplanish (biznes rejada ko’rsatilgan) muddatidan oshmasligi kerak.
A.2.1.Uzoq muddatli kreditlar yuridik shaxslarga quyidagi maqsadlarga beriladi:
1. ishlab chiqarish quvvatlari va vositalarining qurilishi uchun;
2. bino va inshootlarni qurilishi uchun;
3. qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish infrastrukturasini qurish va qayta qurish hamda rivojlantirish uchun;
4. ishlab chiqarishga mo’ljallangan obyektlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik ta’minoti uchun;
5. asosiy fondlarni, texnika va texnologiya, trasport vositalari va jihozlar sotib olish uchun;
6. chorva mollari va urug’chilik mahsulotlarini sotib olish uchun;
7. yangi yerlarni o’zlashtirish uchun;
8. uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish yoki sotib olish uchun;
9. daraxt va ko’chat mahsulotlarini o’tqazish uchun;
10. yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan kichik biznes subyektlarini boshlang’ich sarmoyasini shakllantirish uchun;
11. yuridik shaxslar tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarning aksiyalarini sotib olish uchun;
12. boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan faoliyat turlari uchun kreditlar.
A.2.2. Jismoniy shaxslar uzoq muddatli kreditlar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
- xo’jalik iste’mol mollarini sotib olish uchun;
-uy-joyni sotib olish va qurish uchun;
-uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun;
-ta’lim kreditlari uchun;
-obyektlarni sotib olish uchun (savdo do’konlari, maishiy xizmat uylari, oshxona, choyxona va boshqa obyektlar);
- qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa yo’nalishlar uchun kreditlar.
B. Qaytarish muddatlari bo’yicha muddatli, muddati o’tgan va muddati uzaytirilgan kredit turlari mavjud.
Muddatli kredit - kredit shartnomasiga ko’ra to’lov muddati hali yetib kelmagan ssudadir.

Yüklə 25,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin