Kredit turlari


Bk - Okz - Ik ….. Vr ….. Qk - Fks



Yüklə 25,84 Kb.
səhifə2/9
tarix02.06.2023
ölçüsü25,84 Kb.
#123400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kredit turlari

Bk - Okz - Ik ….. Vr ….. Qk - Fks
Bk - Kreditning berilishi;
Okz – Kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi;
Ik – Kreditning ishlatilishi;
Vr – Qarz oluvchi xo’jaligida olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishidan chiqarilishi;
Qk – Kreditni qaytarish;
Fks – Kreditning qaytib kelishi, foiz bilan.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy vaaylanma fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov summasini olish obyektiv va subyektiv sabablar tufayli kechiktirilgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, keredit berish uning zarurligi bilan kifoyalanib qolmasdan, uning maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi.
SHunday qilib, kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati
Ma’lumki, kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj ishlab chiqarishning nafaqat mavsumiy, shuningdek boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda, kreditdan foydalanish asosiy va aylanma fondlarning uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.
Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarishni va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iktisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Kreditning umumiy maqsadi – bu ijtimoiy ishlab chiqarishning dinamik va proporsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasining oshishini ta’minlashdan iborat.
Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Kredit davlatning iqtisodiy vositalaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kreditning iqtisodiyotga va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri korxonalarning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlashdagi rolini oshiradi.
Xo’jalik hisobiga qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik subyektlarining mustaqilligiga ta’siri qo’yidagicha amalga oshiriladi:
- Qarz maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi;
- Qarz qaytarib berishlilik va muayyan to’lov majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlikka ega bo’lmagan zahiralar va
Xarajatlar kreditlar bermasliklari, kreditini muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’llanilishni hisobga olish zarur.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida hamm kreditning ahamiyati ortib bormoqda
Hozirgi bozor iqtisodiyoti o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida kirib bormoqda va bunda kredit muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorlikni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning o’rini yanada muhimroq bo’lib ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga oid qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar orqali ko’rishimiz mumkin. Respublikamizning «Korxonalar to’g’risida»gi qonunida, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi, «Ipoteka to’g’risida»gi, «Iste’mol kreditlari to’g’risida»gi va boshqa bir qator qonunlariga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berish va shunga oid xizmatlar ko’rsatish, davlatimiz olib borayotgan pul-kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Yüklə 25,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin