Kriptografik usullar



Yüklə 11,99 Mb.
səhifə2/30
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Kriptografik usullar

Fayl piktogrammasi – fayl haqidagi to’liq ma’lumot piktogramma bilan boshlanadi va fayl ichida saqlanyapgan ma’lumot turini yoki qaysi dasturda yaratilganligini bildiradi. Masalan, 1-rasmda 1-fayl Pascal ABC dasturida yaratilganligini, 2-4-5-fayllar Microsoft Office Word dasturida yaratilgan matnli fayl ekanligini, 3-fayl Microsoft Office Excel dasturida yaratilgan elektron jadval ekanligini, 6-7-fayllar PDF formatidagi fayllar ekanligini bildiradi. Faylga piktogramma va kengaytmani dastur qo’yadi.

1-rasm
Fayl nomi – boshqa fayllardan farqlash uchun ishlatiladi. Fayl nomi harf yoki raqamdan boshlanishi va uzunligi 256 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin. Faylga nom berishda ichida saqlayapgan ma’lumot mazmuniga e’tibor berish kerak. Bir xil darajali papkada bir xil nomli va kengaytmali fayl bo’lmaydi. 1-rasmda 80_masala, Assalomu aleykum, Guruh_ruyxat-AU-19… fayllar nomi hisoblanadi. Faylga nomni foydalanuvchi qo’yadi.
Fayl kengaytmasi – fayl formatini aniqlaydi, yani uning ichida saqlanyapgan ma’lumot turini yoki qaysi dasturda yaratilganligini bildiradi. Masalan, 2-rasmda 1-fayl .pas Pascal ABC dasturida yaratilganligini, 2-5-fayllar .docx va 4-fayl .doc Microsoft Office Word dasturida yaratilgan matnli fayl ekanligini, 3-fayl .xlsx Microsoft Office Excel dasturida yaratilgan elektron jadval ekanligini, 6-7-fayllar .pdf formatidagi fayllar ekanligini bildiradi. Fayl kengaytmasi nuqta belgisidan boshlanadi va lotin alifbosi harflari va arab raqamlaridan iborat bo’lishi mumkin.

2-rasm
Fayl o’lchami – diskdan qancha joy band qilganligini bildiradi. 3-rasmda 1-fayl 310 bayt, 2-fayl 23552 bayt, 3-fayl 16061 bayt joy band etganligini bidiriladi.

3-rasm
Fayl xotiraga olingan sanasi – fayl qachon xotiraga olingani yoki oxirgi marta o’zgartirilgan sanasi haqidagi ma’lumot.
Papka – diskdagi nomlangan joy bo’lib unda papkada saqlanyapgan fayllar va ichki papkalar haqida ma’lumotlar joylahsadi. Papka - fayl va papkalarni tartibli saqlash imkoniyatini beradi. Papka haqida to’liq ma’lumot deganda darajasi, piktogramma, nomi, o’lchami, xotiraga olingan sanasi va vaqti tushuniladi.
Papka darajasi – ichma ich joylashga papkalar o’rnini bildiradi. Bevosita diskda saqlangan papkalar 1-darajali, 1-darajali papkada ichidagi papkalar 2-darajali, ..va h.k deyiladi. Bir xil darajali papkalarda bir xil nomli papka bo’lmaydi.
Asosiy tushunchalardan yani biri Dasturdir. Dasturga klassik ko’rinishdagi ta’rif beramiz: Kompyuter o’qiy oladigan, tushunadigan va bajara oladigan chekli sondagi buyruq va ko’rsatmalar ketma ketligiga dastur deyiladi. Hozir kunda zamonaviy dasturlar kompyuterga o’rnatilishi kerak. Ilova dasturlar – biror dastur o’rnatilishi natijasida qo’shimcha sifatida avtomatik ravishda o’rnatiladigan dasturlarga aytiladi. Masalan, Windows OSi o’rnatilgach, Paint, Bloknot, Kalkulyator ilova dasturlari avtomatik ravishda paydo bo’ladi.
Har qanday fayl yoki papka disklarda saqlanadi. Disklarda fayllar, papkalar va dasturlar saqlanadi. Disklar – vinchester(qattiq disk), CD, DVD, chip va fleshka ko’rinishda bo’lishi mumkin. Qattiq disk – asosiy disk bo’lib, u asosiy xotira hisoblanadi. Qolgan disklar tashqi xotira hisoblanadi. Qattiq disk bir nechta mantiqiy disklarga bo’linishi shart. Masalan: c:, d:, e: va hokazo. Chunki, ko’p hollarda OS va boshqa dasturlar c: diskka o’rnatiladi. Foydalanuvchi o’ziga tegishli fayl va papkalarni d: diskda saqlanagi ma’qul. Chunki, kompyuterga yangi sistema o’rnatilganda c: disk to’liq formatlanadi(tozalanadi). d: diskda fayl va papkalar o’zgarishsiz qoladi.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin