AMALIY MASHG‘ULOTLARI UCHUN USLUBIY KO’RSATMA 2023/2024 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 3-kurslar uchun Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130 000 – Matematika
Ta’lim yo‘nalishi: 5130200 – Amaliy matematika
NAMANGAN – 2023
Ushbu uslubiy ko’rsatma 2023 yil Namangan davlat universiteti tomonidan 2023 yil _____________dagi buyrug`i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar: S.Inomiddinov - NamDU, o`qituvchi
Sh.Fozilov-NamDU, o’qituvchi
Taqrizchilar: N.Otaxanov, NamDU, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Sh.Boltibayev, NamDU, PhD
O`quv uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashining 2023 yil 6-iyuldagi 12-son yig`ilishida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Amaliy mashg’ulot №1. Mavzu. Elektron ko’rinishdagi axborotlarni himoya qilish usullari
Reja:
1. Fayl, papka, dastur va disk haqida tushuncha
2.“Provodnik” dasturida ishlash. Fayl, papka va disklar ustida bajariladigan amallar.
3. Fayllarni arxivlash.
4. Fayl va papkalarni himoya qilish usullari.
5. Mantiqiy disklarni himoya qilish usullari.
1. Fayl, papka va disk haqida tushuncha.Axborot(electron ko’rinishdagi) xafvsizligini ta’minlash masalasini o’rganishni avvalo, axborot nima, uning qanday turlari mavjud degan savollarga javob qidirishdan boshlaymiz.
Kompyuterda har qanday axborot fayl ko’rinishda saqlanaladi. Fayl – diskdagi nomlangan joy bo’lib, unda matnli, grafikli va ovozli ma’lumotlar saqlanadi. Fayl haqida to’liq ma’lumot deganda- fayl piktogrammasi(rasmchasi), nomi, kengaytmasi, o’lchami, xotiraga olingan sanasi, vaqti va atributlari haqidagi ma’lumotlar tushuniladi.