3. Admin foydalanuvchisini yaratish va uni himoyasini ta’minlash. Yuqorida bayon etilganidek, Admin foydalanuvchisi imkoniyati cheklanmagan. Operatsion sistema o’rnatilish jarayonida Admin foydalanuvchisi yaratiladi. Uni sozlash oddiy foydalanuvchini sozlash kabi bajariladi. Oddiy foydalanuvchilar Admindan foydalanmasligi uchun, unga kirish parol bilan himoya qilinishi kerak.
Shunday holatlar bo’ladiki, Admin foydalanuvchisi bo’lgan xodim ishga kelmay qolishi, yoki ishdan bo’shab ketishi mumkin. Hodim Admin foydalanuvchi parolini aytmay ketsa, ikki yo’l orqali kompyuterdan foydalanishni tiklash mumkin. Birinchi holatda operatsion sistema qayta o’rnatiladi. Bu eng oxirgi holatda bajarilgani ma’qul. Chunki, foydalanish uchun zarur bo’lgan boshqa o’nlab dasturlarni o’rnatish, tarmoqni va qo’shimcha qurilmalarni sozlash kabi qo’shimcha ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.
Ikkinchi holatda Admin foydalanuvchi parolini buzish orqali kompyuterdan foydalanishni tiklash mumkin. Parolni buzish bir necha usullari mavjud. Biz fleshka yordamida parolni ochish variantini ko’rib chiqamiz. Buning uchun ko’plab dasturlar mavjud bo’lib, biz lsrmphdsetup.exe dasturidan foydalanamiz.
Bu dasturni o’rnatish oddiy dasturlarni o’rnatish kabi amalga oshiriladi. Dastur o’rnatilgach, uni ishga tushiramiz. Dastur oynasida (2.7-rasm) Burn Bootable CD/USB Disk Now!( yuklash CD/USB disklarini tayyorlash)tugmasi tanlanadi.
2.7-rasm
Yangi paydo bo’lgan oynada (2.8-rasm) o’rnatilgan Windows OS versiyasi tanlanadi.
2.8-rasm
Agar Windows 8.1 64 bit versiyasi tanlansa, Windows OSsini barcha versilariga tadbiq etsa bo’ladi. Next tugmasini tanlab keying oynaga o’tamiz.
Keyingi oynada(2.9-rasm) disklar ro’yxati paydo bo’ladi. Biz fleshkada yaratmoqchi bo’lganimiz uchun fleshkani kompyuterga joylashtiramiz va USB Flashni, so’ngra Start tugmasini tanlaymiz.
2.9-rasm
Keyingi qadamda(2.10-rasm) dastur Microsoft saytiga murojaat qiladi va kerakli komponentalarni yuklab oladi. Buning uchun kompyuter internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak.
2.10-rasm
Bu jarayon yakunlangach keyingi qadamda“Hozir fleshkani format qilsh kerak?” degan mazmundagi muloqot oynasi(2.11-rasm) paydo bo’ladi.
2.11-rasm
Yes tugmasi tanlaymiz va fleshka formatlanadi. So’ngra fleshkani tayyorlash jarayoni(2.12-rasm) boshlanadi.
2.12-rasm
Jarayon yakunlach quyidagi oyna(2.13-rasm) chiqadi. Finish tugmasini tanlanmiz va parolni ochishga mo’ljallangan fleshka tayyor.
2.13-rasm
Endi, fleshkani parolini ochish kerak bo’lgan kompyuterga joylashtiramiz. Kompyuterni fleshka orqali ishga tushirish holatiga sozlaymiz.
Kompyuterni oddiy holda ishga tushirish vinchester orqali amalga oshiriladi. Fleshka yoki CD orqali ishga tushirish holatiga o’tkazish uchun BIOSga murojaat qilinadi.
BIOSni ishga tushirish uchun kompyuterni Power(ishga tushirish) tugmasi bosilishi bilan klaviaturani ma’lum bir tugmasini bir necha bor(5-10 sekund davomida) BIOS oynasi chiqmaguncha bosib turilishi kerak. BIOS oynasi chiqishi uchun kompyuter turiga mos ravishda klaviatura tugmasi biriktiriladi. Ko’p hollarda, Delete, F2, Fn+F2, ayrim hollarda Esc, F1,F6 yoki boshqa tugma biriktirilgan bo’lishi mumkin. Biz kompyuter ishga tushirilishi bilan BIOS ga biriktirilgan tugma haqida yordamchi ma’lumotga ortiqcha e’tibor bermaymiz.
Kompyuterlarda BIOS interfeysi(2.14-2.16 rasmlar) turli xil ko’rinishda bo’lishi mumkin.
2.14-rasm
2.15-rasm
2.16-rasm
BIOS interfeysi qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar kompyuterni ishga tushirish fleshka orqali amalga oshirilishini sozlashimiz kerak. Buning uchun BIOSni Boot(yuklash) bo’limi topishimiz va unga o’tishimiz kerak.
Boot bo’limida kompyuterni yuklash uchun disklar ro’yxati shakllangan bo’ladi. Ro’yxatda fleshka o’z nomi(masalan, Transcend) yoki USB-HDD nomda bo’lishi mumkin. Kursor yo’nalishini boshqarish tugmalari, yoki (+,-), (F5,F6) tugmalari yordamida fleshka nomini ro’yxat 1-satriga chiqariladi. Exit bo’limiga o’tib Save and Exit buyrug’I tanlanadi va paydo bo’lgan muloqot oynasida Yes tugmasini tanlab BIOSdan chiqiladi.
Barchasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa, kompyuter OTni yuklashi uchun biz tayyorlagan fleshkaga murojaat qiladi. Bir necha sekund vaqt o’tgach ekranda quyidagi oyna(2.17 rasm) paydo bo’ladi va unda Lazesoft Live CDni tanlab Entertugmasini bosamiz.
2.17-rasm
Yuklash jarayoni(2.18-rasm) boshlanadi.
2.18-rasm
Keyingi oynada(2.19-rasm) Reset Windows Password (“Windowsga kirish parolini o’chirish”) punktini tanlab Next tugmasini bosamiz.
2.19-rasm
Keyingi qadamda dasturni tijorat maqsadlarida foydalanmaslikni tavsiya etuvchi oyna(2.20-rasm) chiqadi. Avval Yes, so’ngra Next tugmasini bosamiz.
2.20-rasm
Keyingi oynada(2.21-rasm) fleshka tayyorlangan OT versiyasini tanlab, so’ngra Next tugmasini bosamiz.
2.21-rasm
Keyingi qadamda foydalanuvchilar ro’yxati paydo(2.22-rasm) bo’ladi va parolini bo’zish kerak bo’lgan foydalanuvchini tanlab, so’ngra Next tugmasini bosamiz.
2.22-rasm
Paydo bo’lgan oynada(2.23-rasm) RESET/UNLOCK tugmasini tanlaymiz.
2.23-rasm
Parol o’chirilgani bildiruvchi oyna(2.24-rasm) paydo bo’ladi. Avval Ok, so’ngra Finish tugmasini bosamiz. Parol muvaffaqiyatli o’chirildi.
2.24-rasm
Endi “Пуск” ni tanlab bosh menyuga(2.25-rasm) kiramiz. E’tibor bersangiz Windows OTi bosh menyusidan farq qiladi.
2.25-rasm
Bosh menyudagi ro’yxatdan Reboot Computer (“Kompyuterni qayta yuklash”) buyrug’ini tanlaymiz va paydo bo’lgan MOsida(2.26-rasm) OK tugmasini bosamiz.
2.26-rasm
Kompyuter qayta yuklanadi,bir oz vaqtdan so’ng foydalanuvchilar ro’yxati paydo bo’ladi.