Kriptografik usullar



Yüklə 11,99 Mb.
səhifə5/30
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Kriptografik usullar

Установить пароль… tugmasini tanlash orqali arxivga olinadigan fayl va papkalarni parol yordamida ochish holati(24-rasm) o’rnatiladi.

24-rasm
Введите пароль sohasiga parol kiritiladi va OK tugmasi tanlanadi.
Yuqorida keltirilgan usullarda fayl va papkalar ro’yxati ko’rinib turadi. Bu esa, uni o’chirib tashlash imkoniyatini oshiradi. Shuning uchun fayl va papkalarni ro’yxatdan yashirish yordamida uni xavfsizligini ta’minlash eng samarali usul hisoblanadi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz. Bunday dasturlar internet tarmog’ida juda ko’p.
Fayl va papkalarni ro’yxatda ko’rinmas holatga keltirish uchun Anvide Seal Folder 4.0.exe dasturidan foydalanamiz. Dastur o’rnatilgach, uning oynasi(25-rasm) quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

25-rasm
Dasturdan foydalanishni parol orqali himoya qilish mumkin. Buning uchun dastur oynasidagi tugmasini tanlaymiz(e’tibor bering qulf ochiq). Dasturni ishga tushirish uchun parol tanlashni so’rovchi muloqot oynasi(26-rasm) paydo bo’ldi.

26-rasm
Parol kiritib Ok tugmasi tanlansa, dastur foydalanish imkoniyatini beruvchi oyna paydo bo’ladi. Bundan keyin dasturni ishga tushirish uchun doim parol kiritishni so’raydi. Dastur oynasidagi rasmda qulf berk holatga o’tadi. Bu esa dasturni ishga tushirish parol yordamida himoyalanganligini bildiradi.
Dasturdan foydalanish uchun tugmasi tanlash(27-rasm) orqali kerakli papkani yashirish amalini bajaramiz.

27-rasm
Bu tugma tanlangach ekranda muloqot oynasi(28-rasm) paydo bo’ladi.

28-rasm
Kerakli papka manzilini(29-rasm) topamiz, tanlaymiz va tugmasini bosamis.

29-rasm
Natijada ishchi sohada tanlangan papkamiz manzili(30-rasm) paydo bo’ladi. Papka manzili piktogrammasiga e’tibor beramiz. Papkaga hali himoya qo’yilmagan.

30-rasm
Papkaga himoya qo’yish uchun ishchi sohadagi papka manzilini,so’ngra (31-rasm) tugmasini tanlaymiz.
.
31-rasm
Natijada papkani yashirish uchun parolni va parolni tasdiqlashni so’rovchi MOsi(32-rasm) paydo bo’ladi.

32-rasm
Parol kiritilgach tugmasi bosiladi. Parol yodimizdan chiqsa, uni tiklash imkoniyatini beruvchi MOsi (33-rasm) paydo bo’ladi.

33-rasm
Нет tugmasini tanlaymiz va ishchi sohadagi(34-rasm) papka parol bilan himoya qilingani(papka manzili piktogrammsada yopiq qulf rasmi paydo bo’ladi), u fayl va papkalar ro’yxatida ko’rinmasligini bildiradi. (dastur oynasini yopib fayl va papkalar ro’yxatini ko’rsak, parol yordamida himoya qilingan papka yo’qolganini ko’rish mumkin.)

34-rasm
Ro’yxatda ko’rinmas holatga o’tkazilgan papkani, ko’rinish holatiga keltirish uchun, Anvide Seal Folder 4.0 dasturini ishga tushiramiz, ishchi sohadagi kerakli papkani, so’ngra tugmani tanlaymiz. Natijada MOsi (35-rasm)paydo bo’ladi. Parolni kiritamiz va kerakli tugmani bosamiz.

35-rasm
Natijada papka himoyasi bekor qilinadi.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin