Kurs ishi Bajardi: M. X. Ahmadaliyeva Ilmiy rahbar: A. Yuldashev Andijon 2023 mundarija kirish


Yuksak o’simliklarning umumiy tasnifi



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə3/9
tarix07.06.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#126480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ahmadaliyeva M.Botanika kurs ishi

Yuksak o’simliklarning umumiy tasnifi

Yuksak o’simliklar hozirgi vaqtda yer yuzida eng ko’p tarqalgan o’simliklar bo’lib, asosan avtotrof oziqlanadi.Yuksak o’simliklar o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan gametofitlarning gallanib kelishi bilan o’zinning qadimgi ajdodlari suvo’tlarga o’xshaydi. Yuksak o’simliklarning urg’ochilik jinsiy organi ularning rivojlanish jarayonida vujudga kelgan arxegoniy va urg’ochidan iborat. Urg’ochi jinsiy organi – arxegoniy ko’p hujayrali bo’lib, uning ichida tuxum hujayra juda yaxshi saqlanadi va himoyalanadi. Moxlardan tortib ochiqn urug’lilarning hammasida ham arxegoniy bo’ladi, urg’ochi esa faqat gulli o’simliklardagina uchraydi. Yuksak o’simliklarga yo’sinlar, plaunlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlar, ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklar kiradi. Evolutsion taraqqiyot davomida yuksak o’simliklarda alohida organlar – ildiz, poya, barg paydo bo’lgan. Barg yuzasida ortib borgan, fotosintez qiluvchi apparati takomillashib, quyosh nuridan foyfalanish jadallashgan. Barg yuzasining ortishi, o’z navbatida ildiz sistemasining takomillashuviga, poyaning shoxlanishi hamda o’tkazuvchi to’qimalarning rivojlanishiga sabab bo’lgan, lekin qaysi suvo’tlardan kelib chiqanligi tasdiqlanmagan. Yuksak o’simliklarning tanasi poya, barg, ildiz kabi organlardan iborat bo’lib, bu organlar qoplovchi, o’tkazuvchi, g’amlovchi, mexanik va boshqa to’qimalardan xosil bo’lgan. Ularning rivojlanish siklida ikki nasli gametofit va sporofit navbatlashib turadi. Gametofit jinsiy bo’g’in bo’lib, unda urg’ochilik jinsiy organi – arxegoniy va erkaklik jinsiy organi – anteridiy joylashgan. Ularda tuxum va urug’ hujayralar hosil bo’ladi. Gametalar qo’shilib zigotaga aylanadi. Zigotadan jinssiz bo’g’in - sporofit rivojlanadi. Sporofitda jinssiz ko’payish organi - sporongiylar joylashgan. Sporongiylarda sporalar yetiladi. Sporalardan yana jinsiz bo’g’in hosil bo’ladi. Gametofit gaploid, sporofit esa diploid bo’ladi. Olimlarning fikricha yuksak o’simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish xususiyatlari ularni yashil o’simliklardan kelib chiqqan deb fikr yuritishga asos bo’lgan.
Yuksak o’simliklar quyidagi bo’limlarga bo’linadi:

  1. Riniyatoifa – Rhyniophita.Yuksak o’simliklarning eng soda tuzilishga ega bo’lgan qadimgi vakillari qazilma o’simliklardir.

  2. Mox(yo’sin) toifa – Bryophyta. Rivojlanish jarayonida gametofit ustun, sporofit reduksiyaga uchragan o’simliklar.

  3. Psilofittoifa – Psilotophyta. Sporofit ustunlik qiladi, gametofit yer ostida bo’ladi.

  4. Plauntoifa – Lycopodiophyta. Sporofit ustun turadi, mikrofiliya ildizlari bor. Gomospora va geterosporali.

  5. Qirqbo’g’imtoifa – Equisetophyta. Sporofit ustun turadi. Gomo va geterosporali, barg va shoxlari poya bo’g’inlarida mutovka (top-top) bo’lib turadi.

  6. Qirquloqtoifa (paparotniktoifa) – sporofit ustun turadi.

  7. Ochiq urug’li yoki qarag’aytoifa – Gymnospermae yoki Pinophyta. Sporofit ustun turadi. Makrofilli va mikrofilli, shakli o’zgargan makrosporali urug’ kurtaklaridan yuzaga keladigan urug’lar bilan ko’payadi.

  8. Yopiq urug’li yoki Magnoliyatoifa – Angiospermae yoki Magnoliophyta. Sporofit ustun turadi. Urug’lari onalik tugunchasining ichida taraqqiy etgan. 1-6 gacha yuksak sporali o’simliklar.


Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin