Kurs ishi Bajardi: M. X. Ahmadaliyeva Ilmiy rahbar: A. Yuldashev Andijon 2023 mundarija kirish


Antotserotsimonlar ajdodi(sinfi) – Anthocerotopsida



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə8/9
tarix07.06.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#126480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ahmadaliyeva M.Botanika kurs ishi

2.3 Antotserotsimonlar ajdodi(sinfi) – Anthocerotopsida
300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik va mo‘tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda bu sinfga bitta Antoserotdoshlar - Antocerotoceae oilasi kiritiladi. Bu oilaning Antoseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan bo‘lib, 200ga yaqin turga ega. Antoserotsimonlarning tanasi yassi va tasmasimon, bo‘yi 2-3 sm, diametri 1-3 sm, tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Ayrim turlarida sporogoniyni uzunligi 13sm gacha yetadi. Tallomning ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Antoserotlaming ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan boradi.



10– rasm. Antotserotsimonlarning tuzilishi


Ajdod vakillarining ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz уо'llаr bilan boradi.
Ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar mavjud bo’lib, ular
yordamida vegetativ ko'payadi. Antoserotlaming ko‘payishi vegetativ, jinsiy va
jinssiz yo‘llar bilan boradi. Vegetativ ko‘payuvchi ko‘p yillik vakillari tallomining
ostki tomonida tugunchalar hosil bo‘lib, ular yordamida ko‘payadi. Ularda jinsiy
ko‘payish organlari (anteridiy, arxegoniy) endogen joylashgan. Anteridiylar
bittadan yoki guruh bo‘lib joylashadi. Yetilgan anteridiyning ustki qismi yorilib
ochiladi, natijada spermatazoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar
gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Yetilgan anteridiydan spermatozoidlar
tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi, undan tuxum hujayrasi otalanishidan so'ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo’ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema o’sadi, undan esa yangi yosh gametofit shakllanadi.
Uning tuxum hujayrasi urug’langandan keyin dastlab zigota hosil bo‘ladi. Undan sporagon hosil bo‘ladi. Sporagonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporafit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporafit uzunchoq ko‘sakchadan iborat, sporalar yetilgandan keyin ko‘sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema, undan esa yangi yosh gametofit taraqqiy etadi.
Yo‘sinsimonlar turlarining keng tarqalganligi, ulaming tabiiy o‘simliklar qoplamida muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi. Sovuq iqlim sharoitida qarag‘ay va qora qarag‘ay o‘rmonlarining semam joylarida, tundrada ko‘pincha keng gilamzorlar hosil qiladi. o‘rmon senozlarida ular suvni tutib turishda muhim ahamiyatga ega.
Yo’sintoifa o’simliklarning xojalikdagi ahamiyati. Yo’sinlar tabiatda keng tarqalgan bo’lsa ham xo’jalik nuqtai-nazaridan malum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yosinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o’suvchi kakku zig’iri bug’ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o’sadigan sfagnumlardan esa torf hosil boladi. 1 metr torf hosil bolishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo’sinlaridan yoqilgi sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi

11-rasm. Funariya yo’sining ko’payish sikli.


Xulosa
1. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Yo’sintoifa o’simliklar yuksak o’simliklar orasida turlarga boyligi jihatidan Yopiq urug’li o’simliklardan keyin ikkinchi o’rinda tursa ham lekin ko’pchilik turlari odamlar hayotida unchalik katta ahamiyatga ega bo’lmagan, Yuksak sporali o’simliklardan gametofit nasli ustun bo’lgan yagona bo’limdir. Ular hayot shakli ko’pincha ko’p yillik va bir yillik o’simliklardir. Ular zax va nam yerlarda ko’p uchraydigan o’simliklardir. Yo’sintoifa o’simliklarni klassifikatsiyasi bilan tanishish chog’imda ular 3ta ajdodga bo’linishi eng ko’p turga ega ajdodi bu poyabargli yo’sinlar va ular butun dunyo bo’ylab keng tarqalganligini o’rganib oldik.
2. Ularning mamlakatimiz uchraydigan eng ko’p vakillaridan biri funaria turkumi vakillari bo’lib ular ariq bo’ylarida va soya yerlarda asosan nam joylarda o’sadi. Yo’sintoifa o’simliklar asosan Sharqiy va Shimoliy yarimsharlarda hamda Janubiy yarimsharlarning nam mintaqalarida ham tarqalganligini ham o’rganib oldik. Bizning mamlakatimizda ham bu bo’lim vakillari uchraydi.
3. Kelib chiqishi ancha uzoq davrga borib taqalishi va suvo’tlardan kelib chiqishi haqida ham o’rganib oldik. Ular foydali jihatidan unchalik katta ahamiyatga ega bo’lmasa ham lekin bug’ular uchun ozuqa bo’ladigan turlari ham mavjud hamda fotosintez natijasida kislorod ishlab chiqarib atmosferani ham tozalashda alohida ahmiyatga ega.
4. Jigarsimon yo’sinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilinganligini o’rgandik. Botqoqda o’sadigan sfagnumlardan esa torf hosil bo’ladi. 1 metr torf hosil bo’lishi uchun 100 yil vaqt sarflanar ekan. Torf yo’sinlaridan yoqilg’I sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatgichlarda ishlatiladi. Qog’oz karton tayyorlanishlarini o’rganib chiqdik.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin