Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish


OTLI SOʻZ BIRIKMALARI: MOSLASHUVLI BIRIKMALAR



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə13/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

OTLI SOʻZ BIRIKMALARI: MOSLASHUVLI BIRIKMALAR
Turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida ham, nopredikativ munosabatga kirishgan so‘zlarning o‘zaro moslashuv yo‘li bilan birikuvi boshqa tillardagiga (masalan, rus tilidagiga) nisbatan boshqadir. Rus tilida moslashuv grammatik hodisa sifatida so‘zning butun morfologik strukturasini qamrab olgan va so‘zlarning predikativ munosabatidagina emas, balki, umuman aniqlovchilik sistemasida juda kuchlidir; buning ustiga birikmalardagi tobe muchaning ham hokim bo‘lakka bo‘ysunib rodda, kelishik, sonda ham moslashib kelishini keltirib qo‘shsak, ikki gruppa til (slavyan va turkiy tillar)dagi ayirmaning naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Shu ma’noda ega bilan kesim va qaratqich bilan qaralmish (har ikkala turi) o‘rtasidagi bog‘lanishda moslik mavjud deb e’tirof qiladilar. Ega bilan kesim mosligi masalasi bevosita bu ishga aloqador emas, shuning uchun uni yoritish hozircha bizning vazifamizga kirmaydi. Shundan kelib chiqadiki, biz bu yerda qaratqich bilan qaralmish o‘rtasidagi moslik haqida gap yuritamiz. Ikki otning hech qanday qo‘shimcha olmay birikuvi hodisasi so‘zlar bog‘lanishning bitishuv turiga kiradi va moslashuv kategoriyasiga aloqasi yo‘q. Demak, qaratqich-qaralmish tipidagi bog‘lanishning ikkinchi va uchinchi (izofaN, izofa III deb atalgan) turlari qoladi.
Ikkinchi tip bog‘lanish ikki otning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvi natijasida hosil bo‘ladi, bu tipdagi bog‘lanishning bitishuvli bog‘lanishdan farqi shundaki, bitishuvda ikki ot ham kelishik qo‘shimchasini olmay birikadi: deraza parda, qoya tosh, taxta ko‘prik, namangan olma kabi. Ikkinchi tip bog‘lanishda esa birikmaning birinchi (tobe) muchasi qo‘shimcha olmagan bo‘ladi (odatda uni asosiy kelishik formasi deb talqin qiladilar), ikkinchi mucha (hokim so‘z) esa III shaxs egalik qo‘shimchasini oladi: shahar ko‘chasi, yoz quyoshi, kuz oftobi, do‘stlik tuyg‘usi, paxta terimi. Bu tipdagi bog‘lanish I va II shaxs ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarni (masalan, kishilik olmoshlaridan men, sen, biz, siz) qaratuvchilik birikmaning III tipida uchragani uchun ularni bu tipga kirgizib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, kishilik olmoshlari haratqich formasida albatta -ning affiksini olishi kerak: mening kitobim, sizning suhbatingiz kabi. Endi bu tipdagi bog‘lanishda moslashuvning xususiyati nimadan iborat? Qaratuvchi uchinchi shaxsni ifoda etgani uchun (I va II shaxs olmoshlaridan tashqarida borliqdagi hamma narsa. shaxsga kiradi) ham qaralmish uchinchi shaxs egalik qo‘shimchasini oladi: shahar bog‘cha-si, yoz quyosh-i kabi. Leksik-grammatik deb atash mumkin bo‘lgan bu moslik odatdagi grammatik moslikka o‘xshamaydi, chunki birinchi komponentda moslikni ko‘rsatib beradigan biror belgi yo‘q, biz uni ob’ektiv ravishda III shaxsga aloqador dedik, binobarin, ikkinchi o‘rindagi so‘z (bosh mucha) III shaxs egalik affiksini olgan. Bosh so‘zning qo‘shimchasi (egalik qo‘shimchasi) mavhumlashish qonuniga muvofiq doim tushib qolishga moyil bo‘ladi va bunday birikmalarda ad’ektivlik (sifatga yaqinlik) ma’nosi kuchli bo‘lganligi uchui ham, uiing tushib qolishi birikma ma’nosiga uncha halal bermaydi: paxta zavodi — paxta zavod; Marg‘ilon atlasi — Marg‘ilon atlas kabi. Shunday qilib, bu tipdagi bog‘lanishning ikkinchi turida shaxsda moslashuv nisbiy, sonda uchraydigan moslik esa umuman bu tipdagi birikmalarda deyarli hech qanday rol o‘ynamaydi.
Misollardan ko‘rinadiki, birikmani tashkil qilgan ikkala mucha ham bir-biri bilan III shaxsda (birlik va ko‘plikda) son jihatdan moslashmaydi, biror komponent uchun ko‘plik olish zaruriyati tug‘ilib qolgudek bo‘lsa, biri ikkinchisidan mustasno, -lar qo‘shimchasini olaveradi va bu holat komponentlarning shakliy tomoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Birinchi va II shaxs olmoshlari ishtirok qilgan birikmalarda bo‘laklar o‘rtasidagi moslikka rioya qilinadi, faqat I shaxs ko‘plik uchun bu talabning kuchi ancha zaif (bizning qshiloq, bizning o‘g‘il kabi).
Epizodik tarzda ko‘makchilar bilan qo‘llangan (predmetmas!) mening, sening, bizning, sizning o‘rnida biz yoqda, siz yoqda, biz tomonda kabi konstruksiyalar mavjud, shuningdek, biz tomonimizda, bizning tomonda, bizning tomonimizda kabi turli variantlarni uchratish mumkin.
Shunday qilib, belgisiz qaratqich deb atalgan konstruksiyada birinchi mucha (tobe so‘z) o‘zgarmaydi, hech qanday qo‘shimcha olmaydi, ikkinchi (bosh mucha)si esa egalik qo‘shimchasini va ko‘plik affiksini olib qo‘llanishi mumkin. Qaratqich-qaralmishning bu turi umumiy xoslikni, noaniq xoslikni bildiradi va aniqlanmish (qaralmish) predmetlarning qaysi gruppasiga yoki qaysi kategoriyasiga taalluqli ekanligiga ishora qiladi (N. K. Dmitriyev) ko‘cha eshigi, shahar bog‘i, kolxoz klubi, brigada majlisi, komsomollar yig‘ilishi, paxtakorlar surultoyi, rayon gazetasi kabi. Ikkinchi tip birikmaning qo‘llanishi birinchi navbatda semantik sharoitga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
1. Umumiy kategorial tur tushunchasini ifodalaydi: ko‘cha eshigi, anhor ko‘prigi;
2. Ikkinchi tip birikma predmetlar o‘rtasidagi konkret munosabatni bildiradi: Lenin maqbarasi, Shestakov muzikasi, Toshkent obodonligi, Gorkiy maydoni, Shastri ko‘chasi kabi.
3. Ikki mucha o‘rtasidagi munosabat ob’ektli munosabat ekanligini ko‘rsatadi: paxta terimi, televidenie ko‘rsatuvi kabi.
Ikkinchi tip birikmalar kengaytirilgan nom sifatida idora va muassasa nomlarida, rasmiy hujjatlarda, gazeta tilida tez-tez uchraydi: «Sovet Uzbekistoni» gazetasi, Pushkin ko‘chasi, Tolstoy maydoni, Ministrlar Soveti, «Oktyabr» kolxozi. Saylov oldi maJlisi kabi. Nihoyat, birikmaning birinchi muchasi aniqlanmish qaysi turga, xilga aloqador, millatga mansub ekanligini, belgisini ifodalay oladi: o‘zbek tili, tojik operasi kabi.
Ikkinchi va uchinchi tip birikmalar (izofa II, izofa Sh )ning ma’no o‘xshashliklari va farqlari haqida qanday fikrlar aytilgan bo‘lmasin, har holda «belgili qaratqich aniqlikni bildiradi, belgisiz qaratqich noaniqlikni bildiradi» degan hukm faktlar analiziga ko‘ra hamma vaqt ham tasdiqlanavermaydi.
Haqiqatan ham ota yurti, ona mehri kabi birikmada (II tip) .umumiylik semantikasi, ma’noning mavhum ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi, lekin mana shu so‘zlardan birinchisiga egalik qo‘shilib kelganda ham (otam yurti, onang mehri kabi) belgisiz qaratqichni ishlatish mumkin emas, degan xulosani ham chiqarib bo‘lmaydi, onaning mehri misolida har holda konkret ona tushunchasi, otaning yurti iborasida konkret ota tushunchasi mavjud ekanligini uqib olish qiyin emas. Quyidagi misollarni qiyoslang: Ikki kundan keyin bo‘lgan yopiq partiya majlis i byuroning qarorini bir og‘izdan tasdiqladi (A. Qahhor ). Paxtakorlar qurultoyida qulog‘imga kirganday bo‘lgan edi (A. Qahhor). Shahar bog‘lari elas-elas ko‘zga chalinadi (O. Yoqubov) .
Birikmani tashkil qilgan ikki muchaning orasida so‘z yoki birikma qistirilmagan bo‘lsa, ko‘proq qaratqich qo‘shimchasini tushirish qoida tusiga kirib bormoqda, agar biror so‘z qistirilgan bo‘lsa, boshqacha qilib aytganda, qaratqich bilan qaralmish o‘rtasi uzoqlasha borgan sari-ning qo‘shimchasini so‘zsiz ishlatish ehtiyoji juda seziladi. Achchiq kuz sovug‘i (Oybek) misolidagi so‘zlar tartibini o‘zgartirib ko‘raylik: kuz(ning) achchiq sovug‘i, kuzning erta tushgan sovug‘i birikmalaridan -ning qo‘shimchasini tushirish ma’noga halal beradi; Oynisaning yoshdan xira tortgan ko‘zlari; ...bobo pulni po‘stiniyaing ich cho‘ntagiga... joylab qo‘ydi (H. G‘ulom) kabi misollarda ham birikma sostavidan “ich” so‘zini olsakkina, po‘stin cho‘ntagiga (po‘stinning cho‘ntagiga) tarzida ishlatish mumkin, lekin ikki mucha orasiga «ich» so‘zining qistirilishi bunga imkoniyat bermaydi; po‘stini ich cho‘ntagiga tarzida qo‘llash qoida chegarasidan chiqadi.
Ketma-ket aniqlash sistemasida ham qaratqichning III tipi (qaratqich formasi) bolalar bog‘chasi, shahar bog‘i, shahar bog‘ining mudiri, shahar bog‘i mudirining o‘rinbosari tarzida -ning qo‘shimchasi oxirgi birikmaning birinchi muchasiga ko‘chaveradi.
Uchinchi tip qaratqichli birikmaning struktura xususiyati shundan iboratki, uni tashkil qilgan ikkala mucha ham shakllangan bo‘ladi, birinchi so‘z (tobe) -ning qo‘shimchasini olgan, ikkinchisi esa egalik affiksini qabul qilgan bo‘ladi: Xorazmning qovuni, Bobirning avlodi, so‘zning ma’nosi, ko‘zning nuri kabi. Kishilik olmoshlari birinchi komponent bo‘lib kelganda, (men, sen, u, biz siz, ular, ko‘rsatish, so‘roq va belgilash-jamlash olmoshlari) belgili qaratqich formasining qo‘llanishi shart: mening otam, sizning kitobingiz, ularning hovlisi, hammaning istagi, butunning yarmisi kabi; belgilash olmoshlari+ot tipida ham shunday: otlashgan so‘zlarda. O‘qiganning tili uzun; Qo‘li qimirlaganning og‘zi qimirlar (Maqol).
Umuman, qaratqichli birikmaning -ning olgan turi ma’no jihatdan individuallikni, binobarin, konkretlikni ifodalaydi, ayrim hollarda ikkinchi tip bilan almashtirish mumkin bo‘lgan hollar bu umumiy qoidani o‘zgartira olmaydi. Qaratqichli birikmaning III turi ko‘proq kategorial xoslikni ifoda etganligi uchun ham unda egalik, qarashlilik ma’nosi kuchli. Unda predmetga, shaxsga tegishli.ekanlik ma’nosi ochiq seziladi.

XULOSA
Shunday qilib, so‘z birikmasi kamida ikkita mustaqil so‘zning grammatik jihatdan birikuvi orqali yuzaga keladi. Uning eng xarakterli xususiyati (boshqa hodisalardan ayirmasi) ikkita mustaqil so‘zning tobelanish yo‘li bilan bog‘lanishidir. Ikkinchi xususiyati shuki, so‘z birikmasi so‘z va gap oralig‘idagi hodisadir, bir tomondan, so‘z birikmasi tilning nominativ vositalaridandir, u bir butun, lekin kengaytirilgan nomni yuzaga keltiradi. Ammo sintaktik hodisa sifatida so‘z birikmasi gap uchun potensial material vazifasini o‘taydi. U faqat gap orqali uning sostavida tilning kommunikativ vosita sistemasiga kiradi.
So‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlar biror markaziy so‘z atrofiga uyushadi, so‘zga o‘xshab so‘z o‘zgarishi sistemasi bilan bog‘liq... bosh so‘zning o‘zgarishi (masalan qaratqich-qaralmish tipidagi bog‘lanishda) ergash so‘zga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi; ya’ni mening otam birikmasida bosh so‘z ota – egalik shaklidagi so‘z I shaxs kishilik olmoshining qaratqich formasida kelishini talab qilayotir (mening), lekin rus tilidagi singari ergash so‘z bosh so‘z bilan kelishik, sonda moslashmaydi, balki bosh so‘z qanday formaga kirmasin (otamdan, otamni, otamdagi va sh. k .), ergash so‘z o‘z formasida o‘zgarishsiz qolaveradi;
So‘z birikmasi, xuddi ayrim so‘z singari, gap vositasida, uning sostavidagina kommunikativ funksiya sistemasiga kiradi, dedik. Alohida olingan so‘z birikmasi gapning asosiy belgilaridan (ob’ektiv modallik, zamon, shaxs kategoriyalari, darak intonatsiyasi) mahrumdir. Binobarin, so‘z birikmasi gap bilan doim bog‘lanishda bo‘lsa ham, sifat jihatdan ular o‘zaro farqlidir.
So‘z birikmalari sintaksisining asosini so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish formalari – sintaktik priyomlar – bitishuv, boshqaruv va moslashuv tashkil qiladi. Grammatik bog‘lanishning eng keng tarqalgan turi bitishuv yo‘li bilan yuzaga kelgan birikuvdir. Forma jihatdan boy va murakkabi esa boshqarish yo‘li bilan aloqaga kirishgan bog‘lanishdir. Moslashuv yo‘li bilan yuzaga kelgan birikuv esa tarqalish e’tibori bilan bir qadar cheklangandir.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bir otning ikkinchi bir ot bilan qo‘shimchasiz birikuvida so‘z yasashning qanday- ,dir elementi saqlanadi. Buning sababi “sostavli” otlarni tashkil qilgan so‘zlarning o‘zaro munosabati barcha turkiy tillar uchun xos bo‘lgan struktur xususiyatdan kelib chiqadi. Birinchidan, birikmaning komponentlari xuddi odatdagi sifat+ot tipidagi qo‘shilmaga o‘xshaydi, biroq birinchi muchaning ma’nosidagi o‘zgarish uni otdan ancha uzoqlashtirgan va belgini ifodalovchi sifat turkumidagi so‘zlarga yaqin qilib qo‘ygan, binobarin, “...birinchi komponentning ot ekanligi haqida faqat tarixan gapirish mumkin” (A. Q. Borovkov). Ikkinchidan, bunday birikmalarda potensial qo‘shma so‘z yasash imkoniyati mavjud bo‘lganligi uchun ham ikkala komponent orasidagi ot+otlik munosabati yoki sifatlashgan ot + ot munosabati ancha zaiflashgan bo‘ladi, natijada juda ko‘p holatlarda birikmaning qo‘shma so‘zga aylanganligi ochiq sezilib turadi, ayrimlarida esa o‘tkinchilik davri hamon davom etayotgandek tuyuladi. Ayniqsa birinchi holatda “aniqlovchi” bo‘lak yo asosiy kompoientning maYanosipi umumlashtiradi, yoki ma’noni cheklaydi, qo‘shilmapi tashkil qilgan ikkala mucha ham o‘z ma’nolarini o‘zgartirib yuborishlari mumkip: itog‘iz, tuyatovon, oyboldoq, oybolta kabi misollarda buni juda ochiq ko‘rish mumkin. Sh u jihatdan qaraganda sifat+ot va keltirilgan misollardagi ot+ot birikmasining umumiy ma’nosidagi farq deyarli yo‘qolgan, dutor bo‘yin (ot), qorako‘z (bola) qo‘shilmalarida komponentlar o‘rtasidagi semantiq farq juda zaiflashib qolganga o‘xshaydi, ya’ni yanti ma’noni aniqlash vazifasini sifat ham, ot ham babbarobar o‘tab kelayotir. Bunday hollarda sifat ma’nosidagi xossaning umumlashtirilgan ma’nosi torayadi va yangi ma’noni ifodalashga moslashadi (sarig‘yog‘, qorako‘z misollarini bilaguzuk, oybolta so‘zlari bilan qiyoslab ko‘ring). Bunga ma’noning o‘zgarishi va urg‘uning birlashib ketishini keltirib qo‘shsak (oqsoqol, echkiemar, toshbaqa, oshqovoq, oqqush, qoraqurt misollaridagi urg‘uni esga olaylik), bu tipdagi birikmalarda qo‘shma so‘z yasash imkoniyatlari ancha keng ekanligiga ishonch hosil qilamiz.


Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin